|
Qo‘shma terminlarning yasalishiBog'liq H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)Qo‘shma terminlarning yasalishi. Hozirgi o‘zbek
terminologiyasi sistemasida fan va texnikaning turfa sohalarida
voqelanayotgan qator qo‘shma terminlar ikki tushunchani
ifodalash uchun xizmat qilmoqda. Moziydan o‘zbek tili lug‘at
fondida faol qo‘llanib kelayotgan tub (asl) hamda arab va fors-tojik
so‘zlaridan yasalgan kompozitalar o‘zbek terminologiyasida
muayyan salmoqqa ega.
Internet va globallashuv davrida xorjiy tillarning o‘zbek
tili so‘z boyligiga sezilarli ta’siri oqibatida terminlar sistemasi
yangi tip va modellardagi qo‘shma terminlar hisobiga yanada
kengaydi.
Qo‘shma terminlar tarkibining genetik nuqtai nazardan
tavsifi ularning ikki, ya’ni muayyan tildagi qatlamga oid so‘z
birikmalaridan yasalgan qo‘shma terminlar hamda turli tillarga
taalluqli so‘z birikmalaridan yuzaga chiqqan qo‘shma terminlarga
guruhlanishidan guvohlik beradi.
Tarkib (komponent)lari muayyan (bir) leksik qatlamga
tegishli so‘zlardan tashkil topgan qo‘shma terminlar o‘z navbatida
ikki guruhga taqsimlanadi: 1) o‘zbek tilida qadimdan qo‘llanishda
bo‘lgan asl o‘zbekcha, arabcha va forscha-tojikcha leksemalarning
birikishidan voqelangan qo‘shma terminlar: 2) tarkiblari ruscha-
baynalmilal termin yoxud termin-elementlardan tashkil topgan,
ya’ni o‘zlashtirilgan qo‘shma terminlar (Madvaliyev 2017.60-66).
Birinchi tip terminlar struktur jihatdan tubandagi
modellarga ega:
a) ot+ ot - texnika, zoologiya, botanika, tibbiyot singari
sohalar terminologiyasida faol qo‘llanadi: tuyaqush, boyo‘g‘li,
baqaterak, shohparda, shamolparrak, ohaktosh, g‘ozpanja,
tishcharxlagich, eshakem, qo‘ltiqtayoq, tirnoqgul, g‘ovqoziq
(harb.), qorovulboshi, tutunparda, safarxalta (harb.), suvto‘siq
(harb.) va h.k.;
b) sifat+ot – aksariyat zoologiya, tibbiy, ilm-fan va
texnikaviy terminlar yasashda faol ishlatiladi: ko‘richak, panajoy
77
(harb.),
qizilo‘ngach,
qorajigar,
sariqsuv,
achchiqtosh,
sassiqpopishak, qizilishton va h.k.;
v) son+ot - deyarli barcha terminologik sistemalarda
aksini topadi: uchburchak, mingoyoq, uchhad, oltiqirralik,
beshyulduz, Yetti ayiq , o‘n ikki burj va h.k.;
g) ot+fe’l (-ar shaklli sifatdosh): echkiemar, izquvar,
muzyorar, toshkesar, suvsepar, go‘ngsochar, yong‘into‘sar,
tankborar va h.k.;
d ) ot+fe’l+-gich (-g‘ich, -qich-kich) affiksi- asosan
texnika, harbiy san’at va fizika sohalarida keng ishlatiladi:
muzlatgich,tovushtutgich, tutunchiqargich, bombaqidirgich,
minaqo‘ygich, minaqidirgich, ko‘prikqo‘ygich (mostoukladchik ),
raketaeltgich, xamirqorgich, changso‘rgich, go‘shtqiymalagich,
suvpurkagich, yashinqaytargich, yo‘lqurgich, yo‘lbuzgich, chala
o‘tkazgich va h.k.;
ye ) ravish +ot (harakat nomi) –texnaka terminlari
sirasida oz bo‘lsa-da qayd etiladi: o‘ta qizish, o‘ta to‘yinish,
qisqatutashuv va h.k.
Qo‘shma terminlarning leksik-morfologik nuqtai nazardan
quyidagi qoliplari ham bor:
a ) ot+ot modelli aniqlovchi qo‘shma terminlar –
issiqbardosh, yerosti (boyliklar), tillarang (hashorot ), kulrang
(cho‘yan) va h.k.;
b ) ravish+sifat modelli qo‘shma terminlar – o‘taqattiq
(qotishma), o‘tasezgir (apparat), o‘taingichka (sim) va h.k.;
v) ravish +fe’l (sifatdosh) tipli qo‘shma terminlar- tezuchar
(samolyot ), o‘tato‘yingan (eritma), tezyurar (poyezd) va h.k.;
g) olmosh +fe’l tipli qo‘shma terminlar – o‘ziuchar
(apparat), o‘ziyurar (tank), o‘ziyozar (asbob), o‘ziag‘darar
(mashina), o‘zisiljir (to‘p) va h.k.
Ikkinchi tip qo‘shma terminlar sirasiga turli tillarga xos
(ruscha-baynalmilal) so‘zlarning birikuvidan hosil bo‘lgan, ya’ni
gibrid qo‘shma terminlar kiradi. A.Madvaliyevning fikriga ko‘ra
o‘zbekcha so‘zlar bilan arabcha yoxud forscha-tojikcha leksik
birliklar qo‘shilishidan yuzaga chiqqan gibrid qo‘shma terminlar
tayyor holda umumadabiy tildan o‘zlashtirilgan. Ruscha-
baynalmilal terminelementlar bilan o‘zbekcha, arabcha yoki
forscha-tojikcha so‘zlarning birikuvidan yasalgan gibrid qo‘shma
terminlar esa, aksincha, terminologik sistemalardan umumadabiy
tilga o‘zlashib, uni boyitadi, umumadabiy til uchun neologizm
hisoblangan leksik bazani voqelantiradi (Madvaliyev, 2017, 66-
67).
Gibrid terminlar o‘zbek terminologiyasi tizimida so‘nggi
yilllarda yuzaga chiqqani bilan xarakterlanadi.
78
XX asrning o‘rtalarida o‘zbek adabiy tilining taraqqiyoti
negizida voqelangan gibrid qo‘shma terminlar hozirgi paytda
deyarli barcha terminologik sistemalarda faolligi bilan ajralib
turadi.
Avia-, avto-, agro-, geo-, gidro-, giper-, infra-, mikro-,
makro-, moto-, radio-, tele-, ultra-, foto- va h.k.terminelementlar
ishtirokida yasalgan qo‘shma terminlar sanoat, ilm-fan va texnika,
harb ishi va boshqa sohalarga doir tushunchalarni ifodalaydi:
aviapurkagich, avtosanoat, avtoyo‘l, agrosanoat, agroqoidalar,
geosiyosat, gidromarkaz, gipertovush, infraqizil, mikrokredit,
mikroto‘lqin,
makroiqtisodiyot,
makromatn,
motopoyga,
radiourush,
radioportlatgich,
teleboshqarish,
ultratovush,
fotohujjat, fotoma’lumot va h.k. Keltirilgan faktik misollar
o‘zbekcha gibrid terminlarning aynan ruscha terminlardan nusxa
olish asosida voqelanganidan dalolat bermoqda. Baynalmilal
elementlar ishtirokida bunday terminlarni yasash jarayonida gibrib
terminning baynalmilal komponenti saqlanib, ikkinchi, ya’ni
ruscha komponenti o‘zbekchalashtiriladi.
Gibrid terminlarning boshqa bir turi ham mavjud bo‘lib,
bunda gibridlarning har ikkala komponenti mustaqil ma’no va
qo‘llanishli
so‘z-terminlardan
tashkil
topadi :
gazpana,
bombapana, gazo‘lchagich, kartoshkaqazgich, minaqo‘ygich,
fenilsirka, elektrarra, yodmoy, atomkema, magnitmaydon va h.k.
Qo‘shma terminlar komponentlari munosabatiga ko‘ra
ikki turga taqsimlanadi:
Aniqlovchi+aniqlanmish tipidagi qo‘shma terminlar ikki
yoki undan ortiq ism turkumli so‘zlarning qo‘shilishidan hosil
bo‘ladi va yaxlit ma’noni ifodalaydi. Kompozitsiya usulida
yasalgan qo‘shma terminlarning mazkur turi terminlar sistemasi,
xususan, ilm, fan, texnika, zoologiya, biologiya va boshqa soha
terminologiyalarda faol qo‘llanayotganligi bilan ajralib turadi. M.,
qo‘lkuchi, qo‘lsoat, to‘rtburchak, qirqoyoq, makkajo‘xori, balxtut
va h.k.
To‘ldiruvchi+to‘ldirilmish tipidagi qo‘shma terminlar
nisbatan keyingi davrda voqelangan yangi turdagi terminlar
hisoblanadi. Ushbu tipdagi qo‘shma terminlarning katta qismi uch
elementli birikma terminlarning semantik o‘zgarishlar bilan elipsis
hodisasiga uchrashi oqibatida paydo bo‘lgan : bombaqidirgich,
yo‘lbuzgich,
yo‘lqurgich,
tutunchiqargich,
tovushtutgich,
betonqorgich, asfaltyotqizgich, suvpurkagich, betonteshgich.
Qayd etilgan qo‘shma terminalar bombani qidiradigan
apparat, yo‘lni quradigan(buzadigan) mashina, tovushni tutadigan
apparat, betonni qoradigan(teshadigan) mashina kabi so‘z
birikmalarining
ixchamlashuvi,
ya’ni
to‘ldiruvchili
so‘z
birikmalaridagi – ni affiksining tushirilib qoldirilishi, kesim
79
qismiga esa – gich (-kich, g‘ich,-qich) qo‘shimchasining qo‘shilishi
bilan yasalgan.
Hozirgi davrda o‘zbek terminologiyasining termin-
birikmalar hisobiga boyib borishi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Termin-birikmlar deyarli barcha terminlogik sistemalarda mavjud
bo‘lib, ular tarkib nuqtai nazardan bir qancha tiplarga bo‘linadi.
|
| |