• O‘ninchi mavzu: O‘zbek tili terminologiyasidagi leksik-semantik hodisalar Reja
  • Asosiy tushunchalar
  • Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/63
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,46 Mb.
    #122088
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63
    Bog'liq
    H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

    Adabiyotlar 
     
    1. Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатлами. -
    Тошкент: Фан, 1985. 
    2. Гулямов А. Проблемы исторического словообразования 
    узбекского языка.1. Аффиксация. Ч. 1. Словообразующие аффиксы 
    имен. Автореф. дисс. док.филол. наук. – Ташкент, 1955. 
    3. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим 
    масалалари. Тошкент: Фан, 1977. 
    4. 
    Кононов А.Н. Грамматика современного узбекского 
    литературного языка.-М.-Л., 1960. 
    5. 
    Лотте Д.С. Основы построения научно-технической 
    терминологии. -М.: АН СССР, 1961. 
    6. Мадвалиев А.Ўзбек терминологияси ва лексикографияси 
    масалалари.Т.:Ўзбекистон миллий энциклопедияси.2017.-Б.28-30. 
    7. Павлова М. Метафоры и когнитивные науки. - М.,1998. 
    8. Шоабдураҳмонов Ш., Асқарова М., Ҳожиев А., Расулов И., 
    Дониёров Х. Ҳозирги ўзбек адабий тили. 1 қисм. Дарслик.-Тошкент: 
    Ўқитувчи, 1980.
    O‘ninchi mavzu: O‘zbek tili terminologiyasidagi leksik-semantik 
    hodisalar 
    Reja: 


    83
    1.O‘zbek terminologiyasi sistemasidagi paradigmatik munosabatlar. 
    2.O‘zbek terminologiyasi sistemasida polisemiya,sinonimiya va 
    antonimiya. 
    Asosiy tushunchalar: monosemantika, polisemiya, paradigmatik 
    munosabatlar, giperonim,-giponim, partonimik munosabatlar, graduonimik 
    munosabatlar, omonimik qatorlar,sinonimiya, antonimiya,antonim juftliklar, 
    kontrar,komplementar. 
     
    E’tirof etish joizki, terminologik sistemadagi terminlarning 
    salmoqli qismi monosemantik hisoblanadi. Terminning tabiati ham ayni 
    shuni talab qiladi. Turli terminlogik sistemalarda qo‘llanayotgan quyidagi 
    terminlar shu jihati bilan xarakterlanadi: saylovchi, ko‘chirmakash, qarzdor, 
    hissador, daromad,soliq, qo‘riqxona, parlament, kansler, kompilyatsiya
    konstitutsiya, konsul, tintuv, patent, ombudsman, tergov, jinoyatchi, ishonch 
    yorlig‘i, oliy sud va h.k.
    Shu bilan birga u yoki bu sohada qo‘llanayotgan ayrim terminlardan 
    bir nechta ma’noni ifodalash uchun foydalanilayotgani ham sir emas.
    Xususan, tilshunoslikda aksentuatsiya o‘zlashmasi 1. so‘z yoki gapdagi 
    ma’lum qismlarni urg‘u yordamida ajratish; 2. tilning urg‘u sistemasi; 3. 
    matnda urg‘uni belgilash ma’nolarini ifdalash maqsadida ishlatilmoqda 
    (Hojiyev, 2002.24). 
    Huquqshunoslik sohasida akt o‘zlashmasining 1. akt; 2. harakat, ish; 
    3. dalolatnoma ma’nolarini ifodalashi qayd etilgan (Ahmedov, Bektemirov. 
    2002.15). 
    Harbiy terminlar sirasidan o‘rin olgan vaxta termini 1. kemada 
    navbatchilik; posbonlik, soqchilik; 2. kema ekipajining navbatda turgan, 
    posbonlik qilayotgan qismi; 3. muhim obyektlardagi navbatchilik, soqchilik 
    ma’nolarini ifodalashga yo‘naltirilgan (RO‘L 1,1983.100). Ayni 
    terminologik sistemada faol qo‘llanuvchi granata termini 1. portlovchi 
    snaryad hamda 2. irg‘itiladigan gimnastika asbobini anglatishda qatnashadi. 
    Shaklan o‘xshash terminlarning turli fan sohalari terminlogiyasida
    qo‘llanib, omonimik qatorlarni yuzaga chiqarishi ehtimoldan xoli emas. 
    Chunonchi, boks I –sport. boks; boks II- tib. boks, alohida xona; giperbola I- 
    til. mubolag‘a; giperbola II - mat. giperbola (konus kesimlaridan biri); 
    morfologiya I -til. grammatikaning so‘z turkumlari haqidagi bo‘limi; 
    morfologiya II -tib.; biol.odam va hayvon tanasidagi organlar va to‘qimalar 
    shakli hamda tuzilishini o‘rganadigan fan; konvergensiya I- biol. turli 
    organizmlarda bir xil tashqi muhit ta’sirida o‘xshash belgilarning paydo 
    bo‘lishi; konvergensiya II -fiz. ikkala ko‘z o‘q chizig‘ining bir nuqtada 
    uchrashuvi; konvergensiya III.- tib. o‘xshashlik, yaqinlik; konvergensiya IV- 
    til.-birdan ortiq tovushning tarixiy taraqqiyot natijasida bir tovushga 
    birlashishi; bo‘z I- mato turi; bo‘z II –ot turi (rangi bo‘yicha); bo‘z III- 
    cho‘l, dasht, yobon; bo‘z IV- bot. tukli kovil; assotsiatsiya I-psix. muayyan 
    sharoitda psixologik hosilalar orasida paydo bo‘ladigan aloqa; assotsiatsiya
    II-biol.tuzilishi va turlari bir xil fitotsenozlar majmui; assotsiatsiya III –


    84
    kimyo. molekulalar yoki ionlarning molekulalararo elektr tabiatli harakat 
    kuchi ta’sirida guruhlarga bo‘linishi; assotsiatsiya IV-siyos. uyushma, 
    birlashma; assotsiatsiya V –til. til birliklarining shakli yoki mantiqiy-
    semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro birlashishi va h.k. Shunga o‘xshash holat 
    tibbiyot, tilshunoslik va boshqa sohalarda qo‘llanayotgan konversiya, 
    substansiya, substitutsiya, transformatsiya kabi omonimlar qatorida ham 
    aksini topgan.
    O‘zbek terminologiyasi sistemasida paradigmatik munosabatlar 
    ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Turli soha terminologiyasi tilning leksik 
    qatlamlari singari ochiq sistema hisoblanib, unda giper-giponimik
    Download 1,46 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish