|
partonimik, graduonimik munosabatlar aksini topganBog'liq H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1) partonimik, graduonimik munosabatlar aksini topgan.
Giper-giponimik
munosabatlar
deyarli
barcha
terminologik
sistemalarda mavjud bo‘lib, tabiat va jamiyatdagi o‘ta murakkab
munosabatlarni ifodalovchi o‘ziga xos xususiyatga egaligi bilan
xarakterlanadi. Chunonchi, “qon aylanish sistemasining markaziy a’zosi”
semamali yurak giperonimining aortal yurak, astenik yurak, atletik yurak,
buqoq yurak, limfatik yurak, litral yurak, yo‘lbars yurak, periferik yurak,
tireotoksik yurak, fibraid yurak, o‘pka yurak, ho‘kiz yurak; “yiring hosil
qiluvchi jarayonlarda ajralib chiqadigan moddalardan zaharlanish” sememali
sepsis giperonimining ginekologik sepsis, kiprik sepsisi, kriptogen sepsis,
kindik sepsisi, odontogen sepsis, og‘iz sepsisi,tonzillogen sepsis, xirurgik
sepsis, chilla sepsisi, yara sepsisi, quloq sepsisi kabi giponimlari tibbiyotda
faol qo‘llanadi.
Aviatsiya giperonimining qirg‘oq mudofaa aviatsiyasi, yaqinga
uchadigan aviatsiya, hamkorlik aviatsiyasi, harbiy-dengiz floti aviatsiyasi,
yordamchi aviatsiya, uzoqqa uchuvchi aviatsiya, fuqarolik aviatsiyasi,
bevosita pana qiluvchi aviatsiya, harbiy havo mudofaasi (HHM) aviatsiyasi,
madadchi aviatsiya, aloqa aviatsiyasi, maxsus topshiriqlar aviatsiyasi, bosh
qo‘mondonlik zahira aviatsiyasi singari giponimik qatorlari harbiy
terminologiyadan keng o‘rin olgan.
Shunga o‘xshash munosabatlarning huquqshunoslik terminologiyasida
ham bot-bot namoyon bo‘lishini ko‘rish mumkin. M., sir giperonimi asosida
advokat siri, aloqa siri, davlat siri, kasb siri, maslahatxona siri, muassasa
siri, omonat siri, yozishmalar siri,tashkilot siri, farzandlikka olish siri,
xavfsizlik siri kabi giponimlar voqelangan.
Tilshunoslik//lingvistika giperonimi qiyosiy-tarixiy tilshunoslik,
chog‘ishtirma tilshunoslik, tipologik tilshunoslik, gender tilshunosligi,
kognitiv
tilshunoslik,
pragmatik
tilshunoslik,
sotsiolingvistika,
psixolingvistika, kompyuter tilshunosligi, etnolingvistika, mentalingvistika,
neyrolingvistika, biolingvistika singari giponimik qatorlarni yuzaga
keltirgan.
Ulkan
ko‘lamli
terminologiya
giperonimi
arxeologiya
terminologiyasi, biologiya terminologiyasi, botanika terminologiyasi,
bojxona-soliq terminologiyasi, ijtimoiy-siyosiy terminologiya, kimyo
terminologiyasi,
musiqa
terminologiyasi,sport
terminologiyasi,ilmiy-
85
texnikaviy terminologiya, transport terminologiyasi, ekologik terminologiya,
harbiy terminologiya, tilshunoslik terminologiyasi, adabiyotshunoslik
terminologiyasi,tarixiy terminologiya, zamonaviy terminologiya va h.k.
giponimlardan tashkil topgan.
Baliq giperonimi giponimlari qatoriga mo‘ylovdor baliq, moybaliq,
oq amur, oqcha, sazan, xumbosh baliq, qizilko‘z baliq, do‘ngpeshona baliq,
laqqa baliq va h.k. kiritish mumkin.
Kompyuter tilshunosligida keng qo‘llanuvchi modellashtirish
giperonimi informatsion modellashtirish, imitatsion modellashtirish,
iqtisodiy-matematik modellashtirish, lingvistik sodellashtirish, kognitiv
modellashtirish, kompyuterli modellashtirish, matematik modellashtirish,
matematik-kartografik
modellashtirish,
molekulyar
modellashtirish,
mantiqiy
modellashtirish,
pedagogik
modellashtirish,
psixologik
modellashtirish, statistik modellashtirish, struktur modellashtirish, fizik
modellashtirish, evolyutsion modellashtirish kabi giponimlarni qamrab
oladi.
|
| |