mazmun va sifatini aniqlash




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/63
Sana18.12.2023
Hajmi1,46 Mb.
#122088
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63
Bog'liq
H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

mazmun va sifatini aniqlash 
Reja: 
1.O‘zbek terminografiyasining shakllanishi. 
2.Mustaqillik davri o‘zbek terminografiyasi. 
Asosiy tushunchalar: terminologik lug‘atlar, izohli lug‘at, etimologik 
lug‘at, lug‘at tuzilishi, baynalmilal so‘zlar, biologik jins, bosh so‘z, tarix 
terminlari, harbiy terminlar, yuridik terminlar, tibbiy terminlar, klinik 
terminlar. 
O‘zbek terminologik lug‘atlari, ta’bir joiz bo‘lsa, fan sohalarining 
deyarli barchasini qamrab olgan deyish mumkin. Aniq fan sohalari kabi 
ijtimoiy-gumanitar fan sohalari doirasida qo‘llanuvchi terminlarning ma’no-
mohiyatini ifodalashga yo‘naltirilgan lug‘atnavislik (terminografiya) ishlari 
respublika ilmiy-tadqiqot institutilari yetakchi olimlari, oliy o‘quv yurtlari 
professor-o‘qituvchilari tomonidan tuzilgan. Terminologik lug‘atlarning 
aksariyati rus tilidan o‘zlashgan terminlarning o‘zbek tilida ifodalanish 
masalasiga bag‘ishlangan. Albatta, o‘zbek terminografiyasida mavjud 
asarlarning ko‘lamini hisobga olib, ayrim fan sohalari, chunonchi, tibbiyot
huquqshunoslik, tarix, tilshunoslik, harbiy ish doirasida yaratilgan ba’zi 
terminologik lug‘atlarga to‘xtalamiz. 
O.Usmonov va R.Doniyorov tomonidan 1979 yili “O‘zbekiston” 
nashriyotida 15000 adadda tuzatilgan va to‘ldirilgan holda ikkinchi marta 
nashr qilingan “Ruscha internatsional so‘zlar izohli lug‘ati”, mualliflar 
ta’kidlaganidek, o‘zbek tilining keng ma’nodagi izohli lug‘ati bo‘lmay, 
uning vazifasiga faqat rus tilidan va rus tili orqali boshqa tillardan 
o‘zlashtirilgan so‘zlarni, shuningdek, o‘zbekcha gazeta va jurnallarda, ilmiy-
ommabop va ijtimoiy-siyosiy asarlarda uchraydigan ruscha-baynalmilal va 
ilmiy-publitsistik terminlarnigina o‘z ichiga olgan va ularga o‘zbek tilida 
o‘zlashtirilishi asosida izoh berilgan, izohlanayotgan so‘zlarning 
etimologiyasi (kelib chiqishi) haqida ham ba’zi ma’lumotlar keltirilgan. 
Lug‘atdan joy olgan so‘z va terminlar rus tilidan va rus tili orqali qadimgi 
yunon, lotin hamda Yevropa va qisman Sharq xalqlari tillaridan 
o‘zlashtirilgan so‘zlar va terminlar hisoblanadi. Bu so‘z va terminlarning bir 
qismi sof ruscha o‘zlashmalar bo‘lib, qolgan qismi esa xalqaro , baynalmilal 
yoki internatsional xarakterga ega bo‘lgan. Mazkur lug‘at mutaxassislarga 
emas, balki keng o‘quvchilar ommasiga, xususan, ziyolilar va talabalarga 
mo‘ljallangan edi. Lug‘atning tuzilish tartibi tubandagicha ko‘rinishni hosil 
qilgan:
Bosh so‘zlarning barcha so‘z va terminlari alifbe tartibida berilgan va 
ular yirik qora harflar bilan terilib, har qaysisi abzatsdan boshlangan. 
So‘z yoki termin ko‘p ma’noli bo‘lsa, u holda ma’nolarning har biri 
arab raqamlari bilan ko‘rsatilgan va ular o‘zaro nuqta bilan ajratilgan. 
Bosh so‘z yoki termin boshqa so‘z bilan qo‘shilib ishlatilganda, u 
holda bosh so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yilib, ketidan tarkibida o‘sha so‘z 


91
yoxud termin kelgan so‘z birikmasi berilgan. 
Tarkibida bosh so‘z ishlatilgan turg‘un so‘z bi rikmalari, tarkibli 
terminlar ham misol tarzida berilgan. Lug‘atda ular romba ishorasi bilan 
ajratilib, qora kursiv bilan belgilangan: absolyut... absolyut namlik va h.k. 
Biologik jinsni anglatuvchi so‘zlarning har ikki shakli ham lug‘atga 
kiritilgan: laborant – laborantka, stenografist – stenografistka va h.k. 
Mexanizatsiya, 
dezinfeksiya, 
koordinatsiya 
kabi 
so‘zlar 
mexanizatsiyalash, dezinfeksiyalash, koordinatsiyalash singari o‘zbekcha 
shakllari bilan yonma-yon berilgan. 
Vuz, zags, dot, dzot, nep, radar singari qisqartmalar o‘zbek tilida 
mustaqil, yaxlit so‘z yoki termin sifatida lug‘atdan o‘rin olgan. 
Omonimlar lug‘atda alohida-alohida berilgan, bir-biridan rim raqami 
bilan ajratilgan. 
Omoformlar ham rim raqamlari bilan ajratilib, alohida-alohida talqin 
qilingan. 
Sinonimlar mutlaq ma’noniga ega bo‘lsa, u holda izoh eng faol 
qo‘llanadigan sinonimga berilib, kam ishlatiladigan yoki eskirgan 
ma’nodoshi so‘z.ayn.o‘zi. ishorasi orqali unga havola qilingan: Lokator. 

Download 1,46 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   63




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish