Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/63
Sana18.12.2023
Hajmi1,46 Mb.
#122088
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
Bog'liq
H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

Radiolokator so‘z.ayn.o‘zi va h.k. 
Antonim so‘z yoki terminlar mustaqil tarzda berilgan bo‘lsa-da, lekin 
ular bir-biriga havola qilinmaydi. Mobodo bunday xavola antonim 
so‘zlardan birining yoki har ikkisining ma’nosini ochishga, izohlashga 
yordam bersa, unday holatda ular bir-biriga havola qilingan: mikroskopik...; 
aksi –makroskopik va h.k. 
O‘zbek ilmiy terminlogiyasiga mansub bo‘lgan qo‘shma va murakkab 
qisqartma so‘zlarning tarkibiy qismlari lug‘atda bosh so‘z tariqasida 
berilgan: avia-, avto-, agro-, geo-, gidro-, mikro-, moto-, radio-, tele-, ultra-, 
foto- kabi. 
Lug‘atda keltirilgan so‘zlarga o‘rni bilan fiz., tex., mat., geol., astr., 
med., farm. singari belgilar qo‘yilgan.
Ta’kidlash joizki, mazkur lug‘atdan o‘rin olgan va izohlangan 
baynalmilal so‘z yoki terminlarning muayyan adadi Mustaqillikdan so‘ng 
jamiyatda yuz bergan tub o‘zgarishlar oqibatida o‘zbek tili so‘z boyligidan 
chiqib ketdi yoki ular moziyda ajdodlar tomonidan qo‘llangan leksik 
birliklar bilan almashtirildi. 
Tarixda qo‘llangan terminlar izohiga bag‘ishlab mamlakatimizda 
nisbatan katta yoki kichik hajmdagi lug‘atlar nashr qilindi. Shunday lug‘atlar 
sirasiga X.Y.Bekmuhamedovning “Tarix terminlari izohli lug‘ati” 
(Pedagogika oliy o‘quv yurtlarining studentlari va o‘rta maktab tarix 
o‘qituvchilari 
uchun. Toshkent: O‘qituvchi, 1978), M.Ismoilov, 
A.Sharopovlarnig “Tarix atamalari lug‘ati”.-Toshkent: Akademnashr, 2013, 
H.Dadaboyevning “Tarixiy harbiy terminlar lug‘ati” (Toshkent, 2007) 
singari asarlarni kiritish o‘zini oqlaydi. 
Y.SHermuhamedov va A. Umarov hamkorligida tuzilgan, 1981 yilda 
“Fan” nashriyotida chop etilgan “Ruscha-o‘zbekcha harbiy terminlar lug‘ati” 


92
umumharbiy va harbiy-siyosiy xarakterdagi terminlar, qurolli kuchlar turlari, 
ularning tuzilishi, qurol-yarog‘lari, strategiyasi va taktikasi, ommaviy qirg‘in 
qurollari, ulardan himoyalanish, zamonaviy harbiy texnika turlari, ustav, 
harbiy topografiya, shuningdek, harbiy san’at va harbiy ishning boshqa 
sohalarida qo‘llanuvchi terminlarni ichiga olgan.
8000 dan ortiq terminlarni qamragan ushbu lug‘atda terminlar 
qo‘llanishda qanday tartibda uchrasa shundayligicha alifbo tartibida 
berilgan. Undan tub, yasama terminlar qatori tarkibli terminlar ham o‘rin 
olgan. 
Ruscha termin o‘zbek tilida ikki yoki undan ziyod ma’noda ishlatilsa 
o‘zbekcha variantlar vergul bilan ajratilgan: ispitaniye – sinov, sinash; 
poxod –safar, yurish va h.k. 
Rus tilidagi sifat-termin o‘zbek tiliga bir necha variantda tarjima 
qilinganda uning o‘zbekcha variantlari yaqqol namoyon bo‘lishi maqsadida 
alohida lug‘at maqolasi tarzida berilgan: boyevoy-jangovor, portlovchi, 
o‘qlangan va h.k. 
Ruscha omonimlar rim raqami bilan belgilanib, alohida maqola 
sifatida keltirilgan: armiya I –armiya (jami qo‘shin); armiya II-armiya 
(harbiy qo‘shilma) va h.k. 
Ayrim ruscha terminlarning tarjimasini keltirishda termin darajasiga 
chiqmagan, ammo ba’zan qo‘llanadigan variant(dublet)lar qavs ichida qayd 
etilgan: 
kambuz-kambuz 
(kema 
oshxonasi), 
katapultirovaniye-
katapultirovaniye (irg‘itish) va h.k. 
Ruscha komanda va komandaga oid iboralar, qisqartmalar, harfiy 
shartli belgilar lug‘atga Ilova qilingan: ogon –o‘t och, nazad-orqaga qayt; 
BTR –bronetransporter-bronetransporter, VMF-HDF, PVO-HHM va h.k. 
Lug‘atdan armata-armata, bastion-bastion, bataliya-bataliya, kadet-
kadet singari tarixiy terminlarga ham joy berilgan. 
Huquqshunoslik doirasida ham lug‘atlar tuzish borasida sezilarli 
ishlar amalga oshirilganini ta’kidlash lozim. Shu o‘rinda G‘.Ahmedov va 
H.Bektemirov tomonidan tuzilgan “Ruscha –o‘zbekcha yuridik atamalar 
lug‘ati”ning “Adolat” nashriyotida A.Saidov ma’sul muharrirligi ostida 2002 
yili e’lon qilinganini e’tirof etish maqsadga molik. Binobarin, bu lug‘at
tuzilishi va unda materiallarning berilishi jihatidan avvalgi lug‘atlardan farq 
qiladi. Lug‘atga qonunlar, huquqshunoslik, xalqaro huquq sohasi, huquqqa 
oid darsliklar hamda ish yuritishda ishlatiladigan terminlar kiritilgan. Bozor 
iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tishda ham iqtisodiy, ham huquqiy terminlar 
bir-biri bilan bog‘lanib ketganligi bois iqtisod va huquqqa oid chegaradosh 
terminlar ham lug‘atdan o‘rin olgan. Lug‘atning afzalliklaridan biri – unda 
terminlarning kirill yozuvidan tashqari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek 
alifbosida ham berilishidir. Ushbu lug‘atni yaratishda F.Bakirovning 
“Yuridik terminlar lug‘ati” (Toshkent, 1959), “Yuridik atamalar va iboralar 
lug‘ati” (Toshkent, 1993)dan foydalanilgan. Bu yo‘nalishda so‘nggi 
paytlarda e’lon qilingan ishlardan biri sifatida Z.Muqimov hamda 
O.Tursunovalar tomonidan tuzilgan va Samarqandda 2007 yilda chop etilgan 


93
“O‘zbek davlatchiligida qo‘llangan tarixiy-huquqiy atamalar”ni keltirish 
mumkin. Lug‘at o‘zbek davlatchiligi tarixining turli davrlarida, turli tillarda 
qo‘llangan terminlar, ularning etimologiyasi (qaysi tilga xosligi), til va 
huquqqa oid ma’nolari izohlarini qamrab olgan. 
O‘zbek lug‘atshunosligida tilshunoslikka oid terminologik lug‘atlar 
yaratish borasida ayrim ishlar qilindi. Chunonchi, A.Hojiyevning 
“Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati” hamda N.Mahkamov va 
I.Ermatovlar hammuallifligidagi “Tilshunoslik terminlarining izohli 
lug‘ati”(Toshkent: Fan, 2013)da bugungi kunda til sohasida faol 
qo‘llanayotgan terminlarning izohi berilgan. 
D.Xudayberganovaning “Lingvokulturologiya terminlarining qisqacha 
izohli lug‘ati” (Toshkent, Turon zamin ziyo, 2015)da tilshunoslikning yangi 
sohalaridan hisoblanmish lingvokulturologiyaga oid 100 ga yaqin terminlar 
izohini topgan va h.k. 
Respublikamizda tibbiyot sohasida qo‘llanayotgan terminlar 
lug‘atlarini tuzish borasida ulkan tajriba va yutuqqa erishildi. 1999 yilda 
O‘zbekiston FA akademigi Y.X.To‘raqulov bosh muharrirligi ostida 
“Kamalak”-“Hamshira” nashriyotida chop etilgan “Ruscha-lotincha-
o‘zbekcha tibbiy terminlar lug‘ati”da tibbiyot sohalariga oid terminlar alifbo 
tartibida keltirilgan, ularning o‘zbekcha muqobillari va izohlari berilgan. 
2010 
yilda 
A.Usmonxo‘jayev, 
V.YE.Avakov, 
E.I.Basitxanova 
hammuallifligida “Noshir” nashriyotida e’lon qilingan “Katta tibbiy 
etimologik 
lug‘at 
(ruscha-lotincha-o‘zbekcha)(Bolshoy 
meditsinskiy 
etimologicheskiy slovar (russko-latinsko-uzbekskiy) yurtimizda etimologik 
lug‘atlar yaratish borsidagi harakatlarni yuqoriroq bosqichga olib chiqdi. 
Shu yilda Usmonxo‘jayev A., Basitxanova E.I., Nazirov P.H., Turaxanova 
M.S. hamkorligida “Sug‘diyona” nashriyotida bosilgan “Tibbiy terminlar 
ensiklopedik lug‘ati (Ensiklopedicheskiy slovar meditsinskix terminov)” 
ikki jildan iborat bo‘lib, hozirgi tibbiyotda qo‘llanilayotgan 20000 dan ortiq 
terminlar va tushunchalarni izohlashga yo‘naltirilgan. Lug‘atdan o‘rin olgan 
terminlar kirill hamda yangi o‘zbek yozuvida keltirilgan. Kezi kelganda, 
tibbiy 
terminlar 
lug‘atlarini 
tuzishda 
jonbozlik 
ko‘rsatayotgan 
A.Usmonxo‘jayev ishlarining alohida e’tirofga molikligini ta’kidlash lozim 
bo‘ladi. Olimning 2013 yilda “Navro‘z” nashriyotida lotin alifbosi asosidagi 
yangi o‘zbek yozuvida dunyo yuzini ko‘rgan “Katta tibbiy o‘quv lug‘ati 
(ruscha-lotincha-o‘zbekcha) (Bolshoy meditsinskiy uchebniy slovar (russko-
latinsko-uzbekskiy) asari 10000 atrofidagi klinik terminlar va tibbiy 
tushunchalarni o‘z ichiga qamrab olgani bilan qimmatlidir. 
Tibbiy 
terminlarga 
doir 
lug‘atlar xususida so‘z ketganda, 
A.Qosimovning to‘rt jilddan iborat “Tibbiy terminlar izohli lug‘ati”ni ham 
e’tibordan qochirmaslik zarur.Ushbu lug‘atda yakka ishlatiladigan 
o‘zbekcha va baynalmilal terminlar alohida-alohida, shuningdek, o‘zbekcha 
va baynalmilal elementlardan yasalgan birikma terminlar ham alohida-
alohida berilgani bois uning hajmi kengayib ketgan (Qosimov 2003-2008).
Keyingi paytlarda o‘zbek terminografiyasida diniy, ma’rifiy-irfoniy 


94
xarakterdagi lug‘atlarni tuzish masalasiga bir muncha diqqat qaratildi. 
Xususan, 2014 yilda ota-o‘g‘il Omonturdiyevlar tomonidan 1500 dan ortiq 
istilohlvr jamlangan “Ma’rifiy-irfoniy istilohlar izohli lug‘ati” e’lon qilindi. 
Asardan ruhoniy, ma’rifiy va irfoniy yoki mavhum tushunchalarni 
ifodalovchi terminlar qatori ko‘pgina ma’rifiy obyekt, manzil, makon, 
nabotot va shaxs nomlarini anglatuvchi leksik birliklar, antropronimlar, 
toponimlar ham joy olgan. Istilohlarning joriy (kirill) hamda arab 
yozuvlarida berilishi lug‘atning ilmiy qimmatini ta’minlagan. Asarga lug‘at-
maqolalar ilova qilingan, u foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va 
ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirilgan. 
Leksikografiya prinsiplarigaaaaaa rioya qilingan holda tuzilgan ushbu 
lug‘atda boshqa lug‘atlardan farqli o‘laroq ma’rifiy yoxud tasavvufiy 
ta’limot bilan bog‘liq tarzda shakllangan, ijtimoiy ma’no-maxmun kasb 
etgan, izoh, ta’rif, tavsif talab etadigan, termin xarakteridagi so‘z va iboralar 
izohlangan. 
Ma’rifiy-irfoniy mazmundagi obidalarda qayd etilgan bir qancha 
istilohlarning ma’nosini anglashda qo‘l keladigan muzkur lug‘atda sezilarli 
yutuqlar bilan birga ayrim juz’iy kamchiliklar ham yo‘q emas. Chunonchi,
annotatsiyada asarda 2000 ga yaqin, Muqaddimada esa 1500 dan ortiq 
istilohlar izohlangani ta’kidlangan. Lug‘at-maqolalarni joylashtirishda har 
doim ham alifbo tartibiga rioya qilinmagan. M., Azon duosi Azon dan (9), Al 

Download 1,46 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish