Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/63
Sana18.12.2023
Hajmi1,46 Mb.
#122088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

 
 
 
O‘quv qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili 
va adabiyoti universiteti kengashining 2019 yil __________dagi ___-sonli 
qarori bilan nashrga tavsiya qilingan. 
 
 


2
KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alisher Navoiy nomidagi 
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish” va 
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat 
tili haqida”gi Qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dan kelib 
chiqqan holda o‘zbek terminologiyasi sohasining predmeti, maqsadi va 
vazifasini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan bosh masalalarning 
mazmun-mundarijasini belgilash, talabalarda terminologiyaning maxsus 
ilmiy-texnikaviy ma’nolarni ifodalovchi termin yoki so‘z birikmalari tizimi, 
uning muayyan adabiy til so‘z boyligida albatta mavjudligi, leksikaning 
ajralmas bir qismi ekanligi, terminlar bilan leksika orasida farq borligi 
xususida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish, terminlar shakllanishida 
intralingvistik va ekstralingvistik omillarning roli, terminlarning struktur-
grammatik qurilishi qatlamlari, hosil bo‘lish yo‘llari, terminlar tarkibidagi 
leksik-semantik jarayonlar, terminlarni tartibga solish, muvofiqlashtirish, 
terminologik tadqiqotlar, terminologik lug‘atlar borasida ma’lumot berish 
muhim vazifalardan hisoblanadi.
Fanning maqsad va vazifalari. “Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi 
Farmonda ta’kidlanganidek: “Eng avvalo, ona tilimizning qo‘llanish 
doirasini kengaytirish, uning tarixiy ildizlarini chuqur o‘rganish va ilmiy 
asosda har tomonlama rivojlantirish bugungi kunda o‘ta dolzarb masalaga 
aylanmoqda. Bu haqda gapirganda, birinchi navbatda, fundamental fanlar, 
zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, sanoat, bank-moliya 
tizimi, yurisprudensiya, diplomatiya, harbiy ish va shu kabi o‘ta muhim 
tarmoqlarda o‘zbek tili o‘zining haqiqiy o‘rnini egallashiga erishish, shu 
maqsadda zamonaviy darsliklar, etimologik va qiyosiy lug‘atlar yaratish, 
zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish 
oldimizda muhim vazifa bo‘lib turganini qayd etish lozim”. Mazkur 
vazifalardan kelib chiqqan holda fanni o‘qitishning maqsadi terminologiya 
sohasining predmeti, obyekti va vazifalarini yoritish, fan doirasida 
o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, 
o‘zbek terminologiyasining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari, qadimgi 
turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili, hozirgi o‘zbek adabiy tili va 
mustaqillik davri o‘zbek tili terminologiyasining shakllanish va 
rivojlanishiga to‘rtki bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoit va omillar, terminlar 
sistemasining taraqqiy etishida o‘zbek tili qatori boshqa tillarning salmoqli 
o‘rni, terminlarning yasalish qoliplari, terminologik izlanishlar, istiqlol 
yillari o‘zbek terminologiyasida yuz bergan jarayonlar ҳақида маълумот 
беришдан иборат. 
Fanni o‘qitishda “O‘zbek terminologiyasi” fanining vujudga kelishi va 
rivojlanishi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish va mustahkamlash, talabalarda 
o‘zbek terminologiyasi bo‘yicha boshlang‘ich bilim ko‘nikmalarini hosil 
qilish, 
jamiyatda 
ro‘y 
beradigan 
har 
qanday 
o‘zgarishlarning 


3
terminologiyada yaqqol ifodasini topishi, o‘zbek terminologiyasi 
sistemasining dastlab qadimgi turkiy til bitiklarida ko‘zga tashlanishi, uning 
eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida miqdor va sifat jihatdan o‘sib 
borishi, hozirgi o‘zbek adabiy tilida tub o‘zgarishlarga uchragani, uning sof 
turkiy (o‘zbekcha) hamda o‘zlashma qatlamlardan iboratligi, terminlarning 
struktur-grammatik qurilishi haqida bilim berish singari vazifalarni amalga 
oshirish nazarda tutiladi.
Ushbu qo‘llanma terminologiya sohasida nafaqat respublika, balki 
chet el tilshunoslari tomonidan yaratilgan lug‘atlar, monografiyalar, 
qo‘llanmalar, yoqlangan dissertatsiyalar asosida tayyorlangan bo‘lib, 
terminshunoslikka oid bilim, xususiyat va ko‘nikmalarni egallashga 
qaratilgan. Mavzularni xronologik izchillik va tartib bilan joylashtirishda 
talabalarning malakasi hamda fikrlash qobiliyatlari e’tiborga olingan.
Qo‘llanmada berilgan savol va topshiriqlar, testlar mavzularni 
interfaol 
metodlar 
hamda 
innovatsion 
texnologiyalar 
yordamida 
mustahkamlash uchun mo‘ljallangan.


4

Download 1,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish