Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/63
Sana18.12.2023
Hajmi1,46 Mb.
#122088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

 Asosiy tushunchalar: o‘zbek terminologiyasi sistemasi, termin, 
atama, istiloh, davrlashtirish, intralingvistik va ekstralingvistik omillar, 
mahalliy sulola, turkiy, sug‘dcha, sanskritcha, xitoycha, forscha-tojikcha
arabcha, ruscha-baynalmilal qatlam, qo‘llanish chastotasi, lug‘atchilik, 
akkumulyator. 

Muayyan adabiy tilning so‘z boyligi o‘z tarkibida maxsus 
tushunchalarni ifodalovchi terminologik leksikani u yoki bu darajada 
qamrab olishi lingvistikada e’tirof etilgan voqelik hisoblanadi. O‘zbek 
terminologiyasi tizimi ham bundan mustasno emas. 
Umumiste’mol so‘zlardan farqli ravishda doim maxsus tushunchalarni 
anglatish, ifodalash uchun xizmat qilishga yo‘naltirilgan terminlar o‘zbek 
adabiy tilining shakllanish va taraqqiy etish bosqichlari zaminida tarkib 
topdi va takomillashdi.
O‘zbek adabiy tili leksikasi qonuniyatlari negizida shakllangan 
terminologik leksika tarixini qadimgi turkiy til (VII-X) terminologiyasi, eski 
turkiy til (XI-XIV) terminologiyasi, eski o‘zbek adabiy tili (XV-XX asr 
boshi) terminlogiyasi, sho‘rolar davri o‘zbek tili terminologiyasi va istiqlol 
davri o‘zbek tili terminologiyasi tarzida davrlashtirish salkam o‘n to‘rt asrlik 
vaqt 
mobaynida 
terminlogik 
leksika 
tizimida 
intralingvistik 
va
ekstralingvistik omillar negizida sodir bo‘lgan jarayonlarni anglab yetish 
imkonini beradi.
Hozirgi qardosh turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili leksik xazinasida 
muayyan darajada qo‘llanishda davom etayotgan yoki bugun iste’moldan 
butunlay chiqib ketgan qadimgi turkiy tilga taalluqli leksik birliklar tarkibida 
terminologik leksika ham sezilarli o‘rinni egallaganligi bilan xarakterlidir. 
Qadimgi turkiy til manbalarida qayd etilgan turfa soha terminologiyasi 
asosan sof turkiy tub va yasamalar hamda buddizm va moniyizm ta’sirida 
so‘g‘d, sanskrit, xitoy tillaridan kirib kelgan o‘zlashmalardan tashkil topgan 
edi. Jumladan, barğu “o‘lja”, qarğu “soqchi, dozor”, tamğa “mug‘ro”, 
kőrűg “ayg‘oqchi”, elči “elchi; hukmdor, yurtboshi”, yolčï “sardor”, čïğay
“yo‘qsil, kambag‘al”, qïšlağ(q) “qo‘shinning qishki qarorgohi”, ayğučï
“davlat maslahatchisi” singari asl turkcha, čerig/čerik “qo‘shin, armiya”, 
sart “tojir, savdogar” kabi sanskritcha, xatun/qatun “malika”, kent “qishloq; 
shahar” singari sug‘dcha, qağan “hukmdor”, xan “hokim”, tegin “xonzoda, 
shahzoda”, yabğu “xoqondan keyingi oliy lavozim egasi”, seƞűn “xitoy 
generali”, tarqan “tarxon”, tutuğ “tuman hokimi” kabi xitoycha, šad “Turk 
xoqonligida oliy lavozim”, šadapït singari eroncha terminlar faol 
qo‘llanishda bo‘lganligini manbalar so‘z boyligi yaqqol ko‘rsatadi.
Ayni chog‘da e’tirof etish joizki, sanskrit, eron, xitoy tillarida bitilgan 
asarlarning turkiy tilga qilingan tarjimalarida qayd etilgan ijtimoiy-siyosiy, 
harbiy, iqtisodiy, sotsial, hayvonot dunyosi-fauna, o‘simlik dunyosi-flora, 


12
ilmi nujum-astronimiya va h.k. sohalarga xos terminlar keyinchalik deyarli 
qo‘llanmadi, turkiy tillar, chunonchi, o‘zbek tili ularni qabul qilmadi. 
Sakkizinchi asrdan e’tiboran arab tili, arab xati va islom 
mafkurasining Turonzaminda qaror topishi, bir qator mahalliy sulolalar 
(Qoraxoniylar, G‘aznaviylar, Saljuqiylar)ning birin-ketin siyosat sahnasiga 
chiqishi singari obyektiv jarayonlar ostida o‘zligini yo‘qotmagan eski turkiy 
til(XI-XIV)da terminologik leksika ko‘lamining bir qadar kengayganini 
kuzatish mumkin. Eski turkiy til terminologiyasi mavjud lisoniy qonun-
qoidalar doirasida shakllandi va rivojlandi. Uning qadimgi turkiy til davriga 
nisbatan yanada taraqqiy etishida jonli so‘zlashuv tili, turfa sheva
materiallari qatori so‘z yasash andozalari – modellari asosida yuzaga 
chiqqan istilohlar muhim ahamiyat kasb etadi. Qadimgi turkiy tildan farqli 
o‘laroq eski turkiy tilda sanskrit, so‘g‘d, xitoy tiliga oid o‘zlashmalarning 
ishlatilish sur’ati pasaydi, aksincha, arabcha va forscha-tojikcha 
o‘zlashmalarning qo‘llanish chastotasi va ko‘lami ancha kengaydi. Biroq 
eski turkiy til terminologiyasining o‘zagini asl turkiy qatlam tashkil qilishda 
davom edi. Alïm “qarz, kredit”, berim “to‘lov, qarzni qaytarish”, beglig 
“beklik”, bitigči “mirza, munshiy, kotib”, yatğaq “tungi soqchi”, yarïša 
“ko‘rshapalak”, yarğu “ajrim”, yarğučï “qozi, sudya”, qalïq “havo”, obuz 
“qattiq yer”, tirgäš  “ko‘lmak suv” kabi turkcha, rabat “karvonsaroy”, malik 
“hukmdor”, siyasat “siyosat”, amil “ish yurituvchi”, tib “meditsina, 
tibbiyot”, nujum “astrologiya”, handasa “geometriya” singari arabcha, 

Download 1,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish