|
Partonimiya tilda xolo-meronimik, ya’ni butun-bo‘lak munosabatiniBog'liq H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1) Partonimiya tilda xolo-meronimik, ya’ni butun-bo‘lak munosabatini
reallashtiruvchi hodisa sanalib, u tilning leksik-semantik sathi, ayniqsa,
terminologik sistemasida yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunonchi, armiya
xolonimi korpus, diviziya, brigada, polk, batalyon, rota, vzvod, bo‘lim;
anatomiyaga oid gavda butunnomi bosh, ko‘z, quloq, og‘iz, bo‘yin, yelga,
ko‘krak, bel, chanoq, but, qo‘l, bilak, barmoq, oyoq, tizza,panja;
ekologiyaga xos tog‘ xolonimi dara, cho‘qqi, yonbag‘ir, tepalik, o‘r, qir, jar,
zovur; botanikaga doir daraxt butunnom o‘zak-tana, shox-butoq, novda,
barg-yaproq, gul-chechak, tomir-ildiz, po‘stloq kabi meronimlarni o‘zida
birlashtiradi.
Leksik-semantik sathda keng ifodasini topgan graduonimik
munosabatlar terminlar sistemasida ham tez-tez voqelanadi. Xususan, ushbu
munosabat yer sathining gorizontal ko‘rinishini anglatuvchi qir-adir-tepa-
tog‘; dasht-cho‘l-biyobon-sahro terminlari orasidagi darajalanishda
namoyon bo‘lgan. Ayni munosabatni mehnat staji- maxsus mehnat staji-
uzluksiz mehnat staji-umumiy mehnat staji kabi yuridik, zonani
qurolsizlantirish-chegarani
qurolsizlantirish-hududni
qurolsizlantirish-
mamlakatni
qurolsizlantirish-mintaqani
qurolsizlantirish-qit’ani
qurolsizlantirish singari harbiy terminlar darajalanishida ham kuzatamiz.
Tilshunoslik terminlari sistemasida sodir bo‘luvchi graduonimiya
so‘z-so‘z birikmasi-sodda gap-uyushiq kesimli gap-uyushgan gap-qo‘shma
gap- matn munosabatida yaqqol aks etadi.
Botanikada daraxt terminining graduonimik munosabati urug‘-nihol-
ko‘chat-daraxt tarzida voqelanadi.
O‘zbek terminologiyasi tilning leksik qatlami singari ochiq sistema
hisoblanib, unda yuqorida kuzatilgan paradigmalar qatori sinonimik va
antonimik munosabatlar ham voqelanadi.
Sinonimlar boshqa tillardagi kabi o‘zbek termiologiyasi sistemasida
ham faol qo‘llanuvchi leksik birliklar sanaladi. O‘zbek terminologiyasining
86
barcha shakllanish va rivojlanish bosqichlarida mavjud bo‘lgan termin-
sinonimlarning salmoqli ulushini mutlaq sinonimlar tashkil qiladi : bilga-
bilguchi “olim”, s atg‘uchi-sart “savdogar, tojir ”, elchi-rasul “elchi”, elchi-
rasul-payg‘ambar “payg‘ambar”, qarg‘a-quzg‘un “qarg‘a”, chayon-aqrab
“Chayon burji”, yulduz ilmi-nujum ilmi-ilmi nujum “astronomiya,
astrologiya”, to‘p-zambarak, to‘pchi-artilleriyachi, attashe-vakil, shinak-
tuynuk, qo‘poruvchi-diversiyachi, tilshunoslik-lingvistika, graduonimiya-
darajalanish, mablag‘-budjet, hisobchi-buxgalter, sotqin-xoin va h.k.
Stilistik termin-sinonimlar mumtoz asarlar, ayniqsa, nazmda bitilgan
obidalar so‘z boyligida bot-bot ko‘zga tashlanadi: Tir-Munshiy “Merkuriy”,
Mirrix-Turki falak “Mars ”, aloqachi-chopar, g‘o‘l-qalb “qo‘shin markazi”,
janggoh-ma’rakagoh “jang maydoni”, urush-ma’raka “jang”. Hozirgi
o‘zbek terminologiyasi ham stilistik sinonimlardan xoli emas: gepatit-sariq,
moychechak-romashka, qiynash-azoblash-iskanjaga olish va h.k. Ilmiy-
texnikaviy terminlar tarkibida stilistik terminlar uchramaydi.
Turli terminologik sistemalarda qo‘llanuvchi ayg‘oqchi-josus,
implantatsiya-transplantatsiya “ko‘chirib o‘tkazish”, maosh-nafaqa,
miqdoriy ustunlik-miqdoriy ortiqlik, narx-baho, handaq-choh-o‘ra, asir-til,
hujum-hamla, karvon-oboz,biyobon-dasht-sahro-cho‘l, frazeologiya-idioma-
turg‘un so‘z birikmasi-turg‘un birikma-frazeologik birlik-frazeologik
birikma-frazeologiz-frazema singari leksik birliklar semantik termin-
sinonimlar uyasini yuzaga chiqaradi.
Sir emaski, ikki so‘z yoki termin leksik ma’nosining o‘zaro qarama-
qarshi ifodaga ega bo‘lishi ekstralingvistik hodisa hisoblanmish
antonimiyani yuzaga chiqaradi (Mirtojiyev 2010.233).
Bir semantik maydonda mavjud bo‘ladigan antonim juftliklar o‘zbek
terminlogiyasi sistemasida azaldan faol qo‘llangan. Qadimgi turkiy til va
eski turkiy til leksik boyligida bay “boy, badavlat, mulkdor”/ chig‘ay “
yo‘qsil”; qullig‘ “quldor”/ qul “qul, g‘ulom”; yatg‘aq “tungi soqchilar” /
turg‘aq “kunduzgi soqchilar”; asig‘ “foyda, kirim” / yas “ziyon, chiqim”;
alimchi “qarz, kredit beruvchi” / berimchi “qarzdor, kredit oluvchi”; alim
“kirim, foyda” / berim “qarz, chiqim”; yaylag‘ “yozgi qo‘nimgoh” / qishlag‘
“qishki qo‘nimgoh”; yash “hayot” / olum “o‘lim”; yag‘uq “qarindosh” / yat
“begona, yot”; yag‘i “dushman”/ yag‘uq “do‘st, birodar” singari antonim
juftliklar keng qo‘llanishda bo‘lgan.
Eski o‘zbek adabiy tilida ushbu hodisaning yanada rivojlangani
kuzatiladi: foyda/ziyon; g‘aniy “boy, badavlat”/ yo‘qsul “kambag‘al”;
boylik/faqrlik; do‘st/aduv “dushman”; burang‘ar “qo‘shinning o‘ng
qanoti”/ juvang‘ar
“qo‘shinning
so‘l
qanoti”;
g‘olib/mag‘lub;
g‘alaba/shikast; hujum/mudofaa shular jumlasidandir.
Tezlatgich/sekinlatgich, ochiq pozitsiya/yopiq pozitsiya, hujum-
chekinish, yengil suv/og‘ir suv (kimyo), og‘ir tank/yengil tank (harb.), keng
front/tor front (harb .), suv usti kemasi/suv osti kemasi (harb .),
mahfiy/nomahfiy, qo‘nish/uchish (harb.), qo‘shuv/ayiruv (mat.), manfiy-
musbat (fiz.), fermentlar/antifermentlar (tib.), assimilyatsiya/dissimilyatsiya
87
(tib.; til.), funksiya/disfunksiya (tib.), semizlik/oriqlik (tib.), eksport-import
(iqt .), jazoni yengillashtiradigan holatlar-jazoni og‘irlashtiradigan holatlar
(huq.), simmetriya/asimmetriya (til.) singari termin-antonimlar hozirgi
o‘zbek terminologyasida istalgancha topiladi.
Keyingi paytlarda leksik-semantik jihatdan zid munosabatda bo‘lgan,
paradigmatik jihatdan yagona differensiyalovchi belgi orqali farqlanuvchi
antonimik birliklar kontrar, kontradiktiv, komplementar va gradual turlarga
bo‘lingan tarzda tasniflanmoqda (Fedorchenko 2004.91).
Komplementar antonimlar ikki termin orasidagi binar munosabatga
asoslanadi:
tergovchi/jinoyatchi,
minalashtirish/minasizlantirish,
ko‘tarish/tushirish (harb.), kirim/chiqim, kun/tun, implisitlik/eksplisitlik,
simmetriya/asimmetriya (til.) va h.k.
Konradiktiv antonimlar sirasiga termin-birikmalar kiritiladi : barqaror
narx/beqaror narx; qadrli valyuta/qadrsiz valyuta; ochiq nishon/yashirin
nishon (harb .); suyuq yoqilg‘i/qattiq yoqilg‘i; yoyilish rayoni/jamlanish
rayoni (harb.); og‘ir artilleriya/yengil artilleriya; foizli depozit/foizsiz
depozit; ochiq safarbarlik/yashirin safarbarlik; katta leytenant/kichik
leytenant; og‘ir atletika/yengil atletika va h.k.
Kontrar ziddiyat terner, ya’ni ikkidan ortiq terminlar o‘rtasidagi
qarama-qarshilik oqibatida yuzaga chiqadi: hujum, hamla/chekinish, orqaga
qaytish;shafqatli,rahmdil,
mehribon, ko‘ngilchan/shafqatsiz, berahm,
bag‘ritosh va h.k.
So‘z yoki terminlar orasidagi antonimlikni aniqlashda ular o‘rtasidagi
umumiy belgilarni izlash muhim ahamiyat kasb etadi. So‘nggi paytlarda ana
shunday
umumiy
belgilardan
biri
sifatida
antonim
juftliklarni
voqelantirishda ikki so‘z yoxud termin o‘rtasida oraliq tushunchaning
mavjudligiga e’tibor qaratilmoqda. Qayd etilgan fikrni quyidagi ashyoviy
misollar ham dalillaydi: og‘ir tank/o‘rtacha tank/yengil tank; balandlab
uchish/o‘rtacha balandlikda uchish/pastlab uchish (harb.); yengil soliq
yuki/o‘rtacha soliq yuki/og‘ir soliq yuki va h.k.
Xullas, umumtilda sodir bo‘luvchi leksik-semantik jarayonlar
terminologiyada qisqartirilgan ko‘lam yoxud o‘zgargan tarzda voqelanadi.
Terminologiyadagi polisemiya asosan metaforik va metonimik ma’no
ko‘chishi oqibatida yuzaga chiqadi.
Omonimiya ko‘pma’noli so‘zlarning boshqa-boshqa leksemalarga
aylanishi jarayoni natijasi bo‘lib, fanlararo va sistemalararo omonimiya
nomi ostida terminologiyadan joy oladi (Danilenko 1077; 205).
Soha terminologiyasining dastlabki shakllanish bosqichlarida o‘ta
faol bo‘lgan sinonimlarning ma’noviy ko‘rinishi ularga xos egalik qilish va
aniqlik kiritish singari vazifalar bilan amalga oshadi.
Fan tilida antonimlarning ikki turi, ya’ni leksik hamda so‘z yasovchi
antonimlar o‘z ifodasini topadi.
|
| |