|
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlatBog'liq H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)soqchi, malham, shifokor, bosh shifokor, saraton, qorason, hay’at, bo‘hron,
muhr, yorliq, taftish singari turfa sohalarga oid terminlar bugungi kunda
millat vakillari tilida faol ishlatilmoqda. Xullas, istiqlol tufayli anchagina
eskirgan so‘z va istilohlar o‘zbek tili lug‘at tarkibidan qayta o‘rin egalladi va
ular millat vakillarining kundalik muloqati uchun zarur vazifani bajarishda
xizmat qilmoqda.
Terminologiyaga
doir
adabiyotlarda
ta’kidlanishicha,
motivlanmagan, ya’ni belgili terminlar o‘z tarkibiga tilda mavjud tub leksik
birliklar,boshqa tillardan kirgan o‘zlashmalar, kalkalar, shuningdek, o‘z
so‘zlardan semantik (metonimik) ko‘chim orqali hosil bo‘lgan terminlarni
qamrab oladi.
O‘zlashmalarning har qanday til taraqqiyoti va boyishi
qonuniyatining manbalaridan biri ekanligi sir emas. O‘zlashtirish jarayoni
murakkab hodisa bo‘lib, lingvistik hamda ekstralingvistik omillar bilan
chambarchas bog‘langan. Ijtimoiy – siyosiy, tijoriy-iqtisodiy, diniy
munosabatlar, madaniy aloqalar, bir tildan boshqa tilga qilinadigan adabiy
tarjimalar va h.k. natijasida u yoki bu til lug‘at tarkibida o‘zlashmalar paydo
bo‘ladi. Tabiiy, ushbu hodisa boshqa qarindosh bo‘lmagan tillardan kirgan
katta miqdordagi o‘zlashmalarga ega o‘zbek adabiy tili uchun ham
taalluqlidir.
Uzoq muddatli tarixiy taraqqiyot davomida o‘zbek xalqi o‘zga
xalq va millatlar bilan mustahkam siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy va
lisoniy munosabatlarda bo‘lgan. Bunday aloqlar natijasida o‘zbek adabiy
tilining lug‘at tarkibi yangi tushunchalar hamda realiyalar hisobiga yanada
boyidi va boyib bormoqda. O‘zbek adabiy tiliga kelib chiqishi nuqtai
nazaridan turfa va rang-bararang so‘zlar o‘zlashgan.
Kalkalash so‘z o‘zlashtirishning oliy shakli bo‘lib, tilning
bugungi kundagi lug‘at tarkibi kengayishi va boyishida juda faolligi
allaqachon aniqlangan.
Kalkalash jarayoni o‘zbek tilining barcha terminologik
sistemalariga xos bo‘lib (Shaaxmedov 1974), asosan ikki ma’lum, ya’ni: a)
sturuktur (so‘z yasash), b) semantik kalka turi orqali reallashadi. Bu
tizimda, shubhasiz, struktur kalkalar yetakchilik qiladi. Struktur (so‘z
yasash) kalkalar sirasiga o‘zbek adabiy tili vositalari yordamida boshqa
tillarga oid modellardan, ularning morfologik qismlarini tarjima qilish bilan
yasalgan terminlar kiradi. Muayyan tilning leksik – so‘z yasash materiallari
negizida hosil qilingan struktur kalkalar tom ma’nodagi o‘zlashma
hisoblanmaydi (Tixonov 1991; 136).
Hozirgi o‘zbek terminologiyasi tizimida chet tillarga xos
elementlarning alohida miqdori mavjud bo‘lib, ularni kalkalashga hech
qanday hojat yo‘q. Masalan, telefon, telegraf, traktor, tank, izotop, indikator,
orden, bolt, arfa, ring, xokkey, departament, parlament, mina, import,
eksport, antenna, armatura, prokuror, aerobus, avtobus, metro, ampermetr,
motor, dizel, astronavt, mexanik, radiotexnik, proton, neytron, elektron,
100
radioaktiv,
distributiv,
audiovizual,
identifikatsiya,
autentifikatsiya,
retranslyatsiya,divergensiya, dissimilyatsiya, iyeroglif , diftong kabi ruscha-
baynalmilal xarakterdagi ko‘pgina terminlar tarkiban o‘ta rang –barang
bo‘lib, texnika, ilm-fan, madaniyat, san’atning hamma sohalarini qamrab
olgan. Bunday yuzaga kelishni ifodalovchi hamda muttasil rivojlanuvchi
terminlar qatlami o‘zbek tilining mulkiga aylangan. Hozirgi paytda ham
tayyor terminlarni o‘zlashtirish jarayoni o‘z faolligini saqlab qolmoqda.
Ayni chog‘da, o‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy va h.k. sohalari terminologiyasi tizimida o‘zbek tili qonunlariga
bo‘ysungan holda muayyan qismi o‘zbek tilining so‘z yasovchi elementlari
bilan almashtirilgan ulkan miqdordagi ruscha-baynalmilal terminlar
qo‘llanmoqda.
So‘z yasovchi suffiksi o‘zbek tili affiksi bilan almashtirilgan
o‘zlashma – terminlar.
Rus tili terminologiyasi tarkibining salmoqli ulushini so‘z
yasovchi suffikslar bilan yasalgan, motivlangan terminlar tashkil qiladi
(Istoriya leksiki russkogo literaturnogo yazika 1981; 152-166).
So‘z o‘zlashtirish jarayonida kam miqdordagi terminlar so‘z
yasovchi suffikslari bilan birga o‘zlashtiriladi ( metallist, militarist, motorist,
|
| |