• Asosiy tushunchalar
  • Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/63
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,46 Mb.
    #122088
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
    Bog'liq
    H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

    O‘n 
    ikkinchi 
    mavzu: 
    O‘zbek 
    terminologiyasini 
    takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar 
    Reja:
    1.O‘zbek terminologiyasi tizimida arxaizmlarning o‘rni. 


    98
    2. Soha terminologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar. 
    3. Terminlarni unifikasiyalash va tartibga solish. 
    Asosiy tushunchalar: arxaizm, eskirgan so‘z, istiloh, motivlangan, 
    motivlanmagan, semantik ko‘chim, kalkalash, so‘z yasovchi affiks, suffiks, 
    tushuncha, element, almashtirish, fe’ldan yasalgan ot-terminlar. 
    Arxaizmlar ostida o‘tmishda faol qo‘llangan, biroq vaqt-zamon 
    o‘tishi bilan ishlatilish chastotasi o‘ta susaygan yoxud o‘rnini tub yoki 
    o‘zlashmalarga bo‘shatib berishga majbur bo‘lgan leksik birliklar nazarda 
    tutiladi. Arxaizmlar o‘zbek tili so‘z boyligining shakllanish va 
    rivojlanishining bizga ma’lum barcha davrlarida mavjud bo‘lgan. Sobiq 
    sho‘rolar hukmronligi davrida o‘zbek tili leksikasida qadimdan faol 
    qo‘llanib kelgan ko‘pdan-ko‘p tub hamda arab va fors-tojik tilidan turli 
    omillar oqibatida o‘zlashgan so‘z va iboralar ruscha yoki rus tili orqali 
    G‘arbiy Yevropa tillaridan kirib kelgan leksik birliklar bilan almashtirilgan 
    edi. Buning natijasida, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida ishlatilgan 
    minglab so‘zlar, terminlar eskirgan, ya’ni arxaizmlar sirasiga kirib qolgan 
    edi. O‘zbek tilining 1980 yilda Moskvada nashr qilingan ikki tomdan iborat 
    izohli lug‘atida talaygina so‘zlarga eskirgan belgisi qo‘yilgani ma’lum.
    O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilda o‘z mustaqilligini qo‘lga 
    kiritgach, mamlakat rahbariyati va hukumati oldida yuqoridagi nohaqlikka 
    barham berish, moziyda ajdodlar tilida keng ko‘lamda ishlatilgan so‘z va 
    terminlarga qayta jon ato etib, ularga til so‘z boyligidan munosib o‘rin 
    berish, ya’ni eskirgan tamg‘asi bosilgan leksik birliklarni ruscha va u orqali 
    tilimizga zo‘rma-zo‘raki olib kirilgan g‘arbiy yevropacha so‘z va istilohlar 
    o‘rnida qo‘llash borasida jiddiy harakatlar amalga oshirildi. Buning natijasi 
    o‘laroq, o‘zbek tilining leksik tarkibi, xususan, terminlar tizimida sezilarli 
    o‘zgarishlar yuz berdi. Ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan 
    ushbu hodisa oqibatida ko‘pdan-ko‘p eskirgan so‘zlar qaytadan muomalaga 
    olib kirildi, va aksincha, totalitar tuzum va kommunizm qurish g‘oyasi, 
    mafkurasi bilan bog‘liq tushunchalar insonlar turmush tarzidan chiqib 
    ketgach, ularni ifodalovi ko‘pgina so‘z va terminlarni ishlatishga ortiqcha 
    hojat qolmadi. Chunonchi, demokratik sentralizm, sotsializm, tarixiy 
    materializm, ilmiy kommunizm kabi termin va birikmalar tarix sahifasidan 
    o‘rin oldi. Aksincha, tom ma’nodagi erkin va ozod davlat barpo etish 
    mafkurasi ostida o‘z yo‘lini tanlab olgan o‘zbek xalqi turmish tarzida paydo 
    bo‘lgan mutlaqo yangi tushunchalar va realiyalar eski so‘zlar qatoriga 
    kiritilgan leksemalar yordamida ifodalandi. Bunday holat ayniqsa, ijtimoiy-
    siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlar tizimida ravshan ko‘zga tashlandi. 
    Davlat boshqaruv strukturasining ijrochi, qonun chiqaruvchi va nazorat 
    qiluvchi organlariga taqsimlanishi shu sohalarga oid terminlar tizimining sof 
    o‘zbekcha yoki arabcha va forscha-tojikcha so‘zlar hisobiga kengayishiga 
    olib keldi. O‘zbek tili ijtimoiy-siyosiy terminlar tizimidan vazir, bosh vazir, 
    vazirlik, viloyat, tuman, qo‘rg‘on, hokim, viloyat hokimi, tuman hokimi, 
    hokimlik// hokimiyat, oqsaqol, qishloq oqsoqoli singari arxaizmlar 


    99
    mustahkam o‘rin oldi. Jarayon, ma’ruza, mavzu, hujum, hamla, ilg‘or, 

    Download 1,46 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish