Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/63
Sana18.12.2023
Hajmi1,46 Mb.
#122088
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63
Bog'liq
H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

zanjirsimon (biol.), odamsimon, qisqichbaqasimon, kitsimon, 
krotsimon (ko‘rsichqonlar), o‘rgimchaksimon, maymunsimon, 
tatinsimon (masalan, burunduqlar, olasichqonlar), mushuksimon, 
itsimon, bug‘usimon. Ba’zan tibbiyot, kimyo va anatomiyaga doir 
tushunchalarni ifodalashda qatnashadi: bargsimon (tib. barg), 
gazsimon, qalqonsimon ( anat. bez), ipsimon, kipriksimon va h.k. 
– aro so‘z - affiksli so‘z yasovchi model 
Asl turkiy –aro (“promejutok”) so‘z - affiksli ushbu 
sermahsul model ilmiy va texnikaviy sohaga xos terminlarni 
yasashda faol ishtirok etadi: : xalqaro, qit’alararo, planetalararo, 
fanlararo, 
korxonalararo, 
millatlararo, 
xo‘jaliklararo, 
hujayralararo (biol. hujayra ), qobirg‘alararo (tib. qobirg‘a), 
turlararo (biol.tur ), zonalararo, banklararo (iqt.) va h.k. 
be- prefiksli so‘z yasovchi model 
Kelib chiqishi jihatidan fors - tojik tiliga xos be- prefiksli 
ushbu kammahsul model asosdan anglashilgan sifat, fazilatning 
mavjud emasligi, yo‘qligini ifodalaydi: betaraf, bevosita (harb. 
vosita ), begunoh, bexatar, bevatan va h.k. 
no- prefiksli so‘z yasovchi model 
Fors-tojik tilidan ancha barvaqt o‘zbek adabiy tiliga kirib 
kelgan no- old qo‘shimchali mazkur kammahsul model ishtirokida 
inkor ma’nosini bildiruvchi sifat-terminlar yasaladi: nomahfiy, 
noqonuniy, noma’lum (harb. ma’lum), nodavlat, notijorat, noaniq 
(lingv. aniq ), nochiziqli, norasmiy, nostandart, nokontakt, 
nobiologik, nokristallilik va h.k. 
ser- prefiksli so‘z yasovchi model 


73
Forscha – tojikcha ser – prefiksli bu mahsuldor model ot 
so‘z turkumli so‘zlardan asosda voqelangan mo‘l-ko‘llik ma’nosini 
ifodalovchi sifat-terminlarni yuzaga chiqaradi: sersuv, sergo‘sht, 
seryomg‘ir, serildiz, serkepak, sersut, sertola, serchiqit, serunum 
va h.k. 
Ser – prefiksli modelning nafaqat sof o‘zbekcha (turkcha) 
shuningdek, forscha-tojikcha, arabcha va ruscha-baynalmilal 
leksik birliklardan ham sifat-terminlar yasashini alohida ta’kidlash 
kerak bo‘ladi- serdaromad, sermahsul va h.k. 
kam - prefiksoidli so‘z yasovchi model 
Kam- o‘zbek tili grammatikasiga tegishli ba’zi bir 
asarlarda qo‘shma sifatlarning birinchi komponenti tarzida 
baholansa, boshqa birlarida esa prefiksoid sifatida belgilanadi. 
Ilmiy terminologiyada ancha mahsuldor hamda faol 
hisoblanuvchi kam- prefiksoidi qatnashgan model boshlang‘ich 
asosdan anglashilgan miqdorning ozligi ma’nosini ifodalovchi 
sifat-terminlarni yasaydi: kamqon, kamsut, kamsuv, kamhosil, 
kamdaromad, kamxarj, kamxarajat, kamquvvat, kamchiqim, 
kammahsul va h.k. 
– (v) iy affiksli so‘z yasovchi model 
Arab tilidan o‘zlashgan - (v) iy affiksli model ot 
turkumidan sifat-terminlarni yasash uchun xizmat qiladi. 
-(v) iy affiksli model unli fonemelar bilan tugagan otlardan 
tubandagi terminlarni hosil qiladi: konstitutsiyaviy, yadroviy, 
kimyoviy, fizikaviy, ma’noviy, fuqaroviy, samoviy, kolliziyaviy
(kolliziya), oilaviy, fazoviy va h.k. 
Undosh fonema bilan tugagan otlardan nisbiy sifat-
terminlar yasaydi: miqdoriy, ma’muriy, harbiy, tibbiy, qonuniy, 
intizomiy, iqtisodiy, majburiy, ixtiyoriy, majoziy, tahliliy, tavsifiy, 
tanqidiy,turkiy, forsiy va h.k. 
-(v)iy affiksi qo‘shilishi natijasida  –a, -at bilan tugaydigan 
arabcha otlar ushbu qo‘shimchlarini tushirib qoldiradi: milliy 
(millat ), siyosiy (siyosat), ijtimoiy (ijtimoiyot), moddiy (modda), 

Download 1,46 Mb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   63




Download 1,46 Mb.
Pdf ko'rish