|
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlatBog'liq H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)gomogenlik, debillik, betoblik, amalparastlik, betaraflik, qo‘poruvchilik,
barqarorlik. taqiqlanganlik va h.k.;
qandaydir yumush, mashg‘ulot, vazifaga mo‘ljallangan narsa, buyum,
ashyo nomini ifodalaydi: urug‘lik, qishlik, paxtalik, taglik va h.k.;
onda-sonda –lik//-liq affiksli otlar qatnashchi, ishtirokchi nomini
anglatadi: boshliq;
ma’lum bir joy, yerni nomlovchi ot(eko)-terminlar yasaydi: tog‘lik,
qirlik, jarlik, qumlik, bo‘shliq, tuzlik va h.k.;
shaxsning yashash o‘rni, turar joyi, kasb -hunari, biror narsaga
moyilligi, mashg‘ulot turi, xizmat joyi, maqomi kabi ma’nolarni ifodalovchi
ot-terminlarni voqelantiradi: askarlik, ovchilik, fuqarolik, prezidentlik,
rektorlik, jarrohlik, mashinistlik, kosmonavtlik, radistlik, shaharlik, bosh
vazirlik, feldsherlik, general-gubernatorlik, prokurorlik va h. k.;
hosil qiluvchi asosning ko‘lami, hajmi yoki sifati natijasi ma’nolarini
ifodalovchi ot-terminlarni shakllantiradi: yettilik, birlik (1. gram. birlik; 2.
mat. bir), ko‘plik, ikkilik, to‘rtlik va h.k;
pul birliklari nomlarini bildiruvchi terminlar yasaydi: so‘mlik,
dinorlik, dollarlik, markalik, liralik, somonlik, tangalik, tiyinlik va h.k;
texnika bilan band bo‘lgan soha yo‘nalishlari hamda korxonalar
nomlarini atovchi terminlarni hosil qiladi: temirchilik, payvandchilik,
chilangarlik,
aviasozlik,
po‘latsozlik,
mashinasozlik,
kemasozlik,
samolyotsozlik, robotsozlik, raketasozlik va h.k;
muayyan hodisa, voqea, ko‘rinishni anglatuvchi ot-terminlarni
shakllantiradi:jinoyatchilik, huquqbuzarlik, homiylik, vasiylik, badihago‘ylik,
maddohlik, chala tug‘ulganlik va h.k.
-lik//liq affiksi yasama so‘zlar bilan birikib, asl o‘zbekcha terminlarni
voqelantiradi. Bunday holatlarda u tubandagi qo‘shimchalar ishtirokida
turfa termin – derivatlar yasaydi:
59
-siz + lik: vaznsizlik, uyqusizlik (tib.agripniya ), shuursizlik, daxlsizlik,
madorsizlik, ishsizlik, nikohsizlik, malakasizlik, moliyasizlik, daxlsizlik,
xavfsizlik va h.k.;
- dosh + lik: o‘rindoshlik, quroldoshlik, qarindoshlik, polkdoshlik va
h.k.;
-mas+lik: chanqamaslik (tib.adipsiya), suvo‘tmaslik, yurolmaslik
(med.abaziya), bitmaslik (tib.nezarasheniye) va h.k.;
- chan+lik:
eruvchanlik,
zirhteshuvchanlik,
sezuvchanlik,
cho‘ziluvchanlik, oquvchanlik, yashovchanlik, o‘zgaruvchanlik va h.k.;
-li+lik: chidamlilik, kalloriyalilik, daromadlilik va h.k.;
-qoq+lik: botqoqlik, yopishqoqlik, chanqoqlik, qayishqoqlik va h.k. ;
-(i)sh+lik: yanglishlik, cheklanishlik, yemishlik, botishlik va h.k.;
-roq+lik: yaltiroqlik, chinqiroqlik, o‘troqlik, baqiroqlik va h.k.
-lik// -liq affiksi chet tillardan kirgan so‘z yasovchi morfemalar
yordamida yuzaga chiqqan yasama so‘zlardan ot-terminlar hosil qiladi:
-boz+lik : miltiqbozlik, fohishabozlik, guruhbozlik, qimorbozlik,
ichkilikbozlik, xotinbozlik, qilichbozlik va h.k.
-bon+lik: posbonlik, bog‘bonlik, qo‘ychibonlik, darvozabonlik va h.
k.;
-vor+lik: ulug‘vorlik, tantanavorlik va h.k.;
-gar+lik:
javobgarlik,isyongarlik,
fitnagarlik
da’vogarlik,
savdogarlik, zargarlik, ig‘vogarlik va h.k.
-dor+lik: chorvadorlik, aybdorlik, unumdorlik, quldorlik, hosildorlik,
gumondorlik, homiladorlik, hissadorlik, mulkdorlik va h.k.;
|
| |