• Sakkizinchi mavzu: Istiqlol davrida sodir bo‘lgan tub o‘zgarishlarning o‘zbek terminologiyasiga ta’siri Reja
  • Asosiy tushunchalar
  • Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/63
    Sana18.12.2023
    Hajmi1,46 Mb.
    #122088
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63
    Bog'liq
    H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)

    Adabiyotlar 
    1. Бектемиров Ҳ., Бегматов Э. Мустақиллик даври атамалари. -
    Тошкент, 2002 
    2. Дониёров Р. Ўзбек тили техник терминологиясининг айрим 
    масалалари. Тошкент: Фан, 1977. 
    3. Кадирбекова Д. Инглизча-ўзбекча ахборот коммуникация 
    технологиялари 
    терминологияси 
    ва 
    унинг 
    лексикографик 
    хусусиятлари. Филол. фан. бўйича фалс. док. дисс. автореф.-Тошкент, 


    50
    2017. 
    4. Лотте Д.С. Краткие формы научно-технических терминов. - М.: 
    Наука, 1971. 
    5. Лотте Д.С. Очередные задачи технической терминологии. Т.1.-
    М.: Московский лицей, 1994. 
    6. Мадвалиев А. Ўзбек терминологияси ва лексикографияси 
    масалалари.-Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси.2017. 
    7. Проблемы языка науки и техники.-М.: Наука, 1970. 
    8. Саидқодирова Д. Инглиз ва ўзбек тилларида интернет 
    терминларининг лингвистик тадқиқи. Филол. фан.бўйича фалс. докт. 
    дисс. автореф. -Тошкент, 2018. 
    9. Ўзбекистон Республикасининг 1995 йил 21 декабрда янги 
    таҳрирда қабул қилинган “Давлат тили ҳақида”ги Қонуни. 
    Sakkizinchi mavzu: Istiqlol davrida sodir bo‘lgan tub 
    o‘zgarishlarning o‘zbek terminologiyasiga ta’siri 
    Reja: 
    1.Mustaqillik davri xalq hayotida yuz bergan tub o‘zlarishlarining 
    o‘zbek terminologiyasi rivojiga ta’siri. 
    2.O‘zbek terminologiyasida mavjud qusurlar. 
    3. Terminlarning yasalishida faol modellarning o‘rni. 
    Asosiy tushunchalar: ijtimoiy-siyosiy hayot, termin yasash 
    modellari, motivlangan terminlar, motivlanmagan terminlar, metonimik 
    ko‘chim, affiksal termin yasash, sermahsul affiks, kammahsul 
    qo‘shimcha, mutaxassislik terminlari, zoonimlar, texnikaviy terminlar, 
    sohaviy terminologiya, guruhlashtirish, tizim, sheva va lahja 
    materiallari, internet, tilning ichki imkoniyatlari, ekstralingvistik omillar, 
    texnologiya
    Ma’lumki, terminlar oddiy so‘zlar singari umumadabiy va 
    maxsus leksikada bor bo‘lgan so‘z va o‘zaklardan yasaladi. 
    O‘zbek tili terminlari sistemasi o‘zga qarindosh turkiy tillardagi 
    singari mavjud struktur turlar, ya’ni sodda, yasama, qo‘shma, qisqartma 
    va so‘z birikmalarini qamrab oladi. 
    O‘zbek terminologiyasini takomillashtirish borasida qilinishi 
    lozim bo‘lgan vazifalar yetarlicha. 
    Bugungi kunda o‘zbek tili soha terminologiyasi har tomonlama 
    takomillashish jarayonini boshidan kechirmoqda. Terminlarning ular 
    ifodalaydigan 
    narsa-buyum, 
    voqea-hodisa 
    tushunchasi, ma’no-
    mazmuniga mutanosib, mos tushishi, struktur(shakl) jihatdan ixcham 
    bo‘lishi, yakka ma’noni ifodalashi, ma’nodoshlik(sinonimik) qatorlariga 
    kirmasligi kabi talablar terminshunoslar diqqat markazidan joy olganligi 
    yangilik emas. Ayniqsa, chet tillardan shiddat bilan kirib kelayotgan ilm, 


    51
    fan, texnika, texnologiyaga doir terminlarni qanday tarzda qabul qilish, 
    o‘zlashtirish xususida har xil yondashuvlar ko‘zga tashlanadi. Istiqloldan 
    keyin o‘zbek terminologiyasi nafaqat miqdor, shuningdek, sifat 
    o‘zgarishlarga ham yuz qo‘ydi. O‘zbek tili imkoniyatlaridan foydalangan 
    tarzda terminlar tizimini tartibga solish masalasiga alohida e’tibor 
    qaratilmoqda. Xususan, muayyan narsa-buyum, tushuncha, voqea-
    hodisani ifodalashda ona tili qatori, o‘rni bilan, o‘zbek tili shevalari va 
    lahjalari so‘z xazinasida mavjud tayyor so‘zlardan foydalanilmoqda, 
    o‘zbek tilida asrlar osha sinovlarga bardosh bergan so‘z yasovchi 
    affikslarning termin hosil qilishdagi ishtirokidan unumli istifoda 
    etilmoqda, kalkalashning mavjud turlari yordamida terminlar hosil 
    qilishga jiddiy diqqat qaratilmoqda, mazkur usullarning birortasi ham 
    qo‘l kelmagan kezlarda chet tili terminlari aynan, tayyor holda o‘zbek 
    terminologiyasi tarkibiga olinmoqda. So‘nggi fikrning isbotini AKT va 
    zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kompyuter, internet bilan bog‘liq 
    terminlarning qo‘llanishida ko‘ramiz.
    Shubhasiz, o‘zbek terminologiyasi tizimi sezilarli rivojlanishda 
    bo‘lishiga qaramay, ushbu soha ham muayyan qusur va kamchiliklardan 
    holi emas. Bizning nazarimizda ularni quyidagi tarzda guruhlashtirish 
    o‘zini oqlaydi: 
    1) Ilmiy-texnikaviy terminlarning yanada taraqqiy etishi va 
    takomillashuvida ona tilining ichki manbalari va so‘z yasash 
    usullaridan qoniqarli tarzda foydalanmaslik. Ilmiy-texnikaviy 
    taraqqiyot bugungi kunda dunyodagi barcha rivojlangan va 
    rivojlanayotgan davlatlar hayotida lokomativ rolini ado etmoqda. 
    Eng 
    zamonaviy 
    qurol-aslahalar, 
    asbob-anjomlar, 
    dastgohlar, 
    robotlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz kelajak jamiyat 
    taraqqiyotini tasavvur qilish amri mahol. O‘zbek modeli asosida o‘z 
    rivojlanish yo‘lini belgilab olgan mamlakatimizda xalq xo‘jaligining 
    barcha tarmoqlari, xususan, og‘ir va yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, 
    ilm-fan, madaniyat, san’at, sport sohalari ildam qadamlar bilan 
    rivojlanmoqda. Buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston jahon 
    hamjamiyatining faol a’zosiga aylandi. Dunyoning yetakchi 
    davlatlari bilan o‘rnatilgan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy, 
    madaniy, diniy va h.k. aloqalar negizida taraqqiyotning yangi 
    pallasini boshidan kechirayotgan xalqimiz chet ellardan olib 
    kelinayotgan eng so‘nggi texnika va texnologiyalar bilan oshno 
    bo‘lmoqda, ularni kundalik hayotda qo‘llash imkoniyatiga ega 
    bo‘lmoqda. Vatandoshlarimiz, ayniqsa, iste’dodli yoshlarning 
    xorijning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishi, yosh 
    mutaxassislarning chet ellardagi universitetlarda malaka oshirishi, 
    zamonaviy axborot texnologiyalarining insonlar turmushidan o‘rin 
    olishi kabi omillar oqibatida yangidan-yangi tushunchalar va ular 
    bilan bog‘liq terminlar tilimizning so‘z xazinasidan o‘rin olmoqda. 
    Mubolahasiz ta’kidlash joizki, ayni kezlarda o‘zbek tili terminologik 


    52
    tizimiga G‘arbiy Yevropa tillaridan bevosita va bilvosita yopirilib 
    kirib kelayotgan terminlarni tartibga solish, unifikatsiya qilish, ularni 
    o‘zbek tili qoidalariga bo‘ysundirish qiyin kechmoqda. Chetdan 
    kelayotgan axborotning haddan tashqari ko‘pligi va serqirraligi 
    terminologiyaga xos jihatlarni har doim ham diqqat markazida 
    ushlab turish imkoniyatini bermayapdi. Bu holat terminlarni 
    o‘zlashtirish, kalkalash, izohlash paytida muayyan qiyinchiliklarni 
    yuzaga chiqarmoqda. O‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan 
    samarali foydalanishga zarur e’tibor qaratilmoqda, so‘z yasash 
    usullaridan har doim ham unumli iste’foda etilmoqda, deb 
    bo‘lmaydi. Chet tilidan o‘zlashayotgan terminlarni aynan qabul 
    qilish an’anasi hamon yetakchilik qilmoqda. Masalan, internet 
    tarmog‘ida qo‘llanayotgan netabayt, ping, piksel, plagin, rastr, 

    Download 1,46 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   63




    Download 1,46 Mb.
    Pdf ko'rish