|
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlatBog'liq H.Dadaboyev. O\'zbek terminologiyasi (1)qonunshunos
(
pravoved),
sharqshunos
(vostokoved), mashinashunos (spetsialist po mashinam), ruhshunos
(psixolog), xitoyshunos (kitayeved), tilshunos (yazikoved), eronshunos
(iranist), matnshunos (tekstolog), siyosatshunos (politolog), huquqshunos
(yurist), hayvonshunos, tabiatshunos va h.k.
2. Fe’l asoslardan yasalgan ot-terminlar
-g‘ich/gich//-qich—kich affiksli model
-g‘ich/-gich (jarangli undoshlardan keyin)// -qich/-kich (jarangsiz
undoshlardan keyin) affiksi yordamida yasalgan ot-terminlar.
Azaldan mazkur ko‘hna tub affiksning bosh vazifasi o‘timli
fe’llar o‘zagidan sodir bo‘ladigan ish-harakat vositasi yoki qurol-
aslahani ifodalovchi terminlar hosil qilish hisoblangan. Mahmud
Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridayoq orkuch “uch oyoqlik
qozon” ( DLT,1,121), yerguch “qilichsimon tayoq” (DLT,1,422),
bichg‘uch “qaychi” (DLT,1,421) kabi terminlar o‘z ifodasini topgan.
Hozirgi o‘zbek tili terminologiyasi tizimida –g‘ich/- gich//-
qich/- kich affiksi o‘ta mahsuldor bo‘lib, uning ishtirokida ulkan
miqdordagi terminlar hosil qilinmoqda. Masalan, “Mexanizatorlar uchun
lug‘at-ma’lumotnoma” da mashina, asbob-uskuna, mexanizmlar va
ularning detellari hamda qismlari nomlarini anglatadigan 422 termin o‘z
aksini topgan. Qayd etilgan terminlardan 78 tasi ko‘rilayotgan
affiks(variantlari bilan)ning faol qatnashuvida yasalgan (Doniyorov
1977; 90-91).
Binobarin, –g‘ich/-gich//-qich/-kich affiksli model quyidagi
mazmundagi terminlarni hosil qiladi:
ish-harakatni bajaruvchi qurol-aslaha yoxud vosita nomini
bildiradi: ajratqich, qorg‘ich, ag‘darg‘ich, bug‘latgich, qisqich,
purkagich, to‘plagich, to‘sqich, kuchaytirgich, tishcharxlagich, chizg‘ich,
sovutgich ( 1. biol. «oxladitel»; 2. maxs. «xolodilnik»), o‘tkazgich,
suzg‘ich, suzgich, qirg‘ich, o‘lchagich, sug‘orgich, to‘g‘rilagich,
qaytargich (mayoq), portlatgich, o‘lchagich va h.k;
ba’zan: a) ish- harakat subyekti (o‘timli fe’llardan)- yirtqich; b)
ish-harakat o‘rini, joyi: bosqich; v) ish-harakat sifati, xususiyatini
65
ifodalaydi: tishlong‘ich (tishla-moq ) (Kononov 1960; 119-120).
-(i)sh affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur sermahsul model hozirgi o‘zbek adabiy tilida
tubandagi terminlarni hosil qiladi:
ish, harakat nomini bildiradi – siljish, otish, tutish, quturish,
achish, bijg‘ish, so‘rilish, yoyilish, minalashtirish (harb.) va h.k. ;
hodisa, jarayon, ba’zan natija yoki harakat nomini uning aniq
moddiy ifodasidan kelib chiqqan tarzda ifodalaydi (Kononov 1960; 116 ):
urush,
urish
(tib.
yurak
urishi),
quyilish,
bukish,
purkash,
g‘umbaklashish, urug‘lanish, changlanish, chekinish, qo‘riqlash,
shishish, yaralanish va h.k.
Hozirgi o‘zbek adabiy tilida katta qo‘lamdagi texnika
terminlarining aynan –(i)sh affiksli model yordamida yasalayotganini
alohida ta’kidlash zarur.
Biz tomondan olib borilgan kuzatuv –(i)sh affiksining ayniqsa
hozirgi o‘zbek tili harbiy terminologiyasi tarkibiga kiruvchi terminlarni
yasashda faol va mahsuldor ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu affiks fe’l
asoslarga qo‘shilib talay motivlangan terminlarni hosil qiladi: og‘ish,
tutish, uchish, qo‘nish, portlash, saflash,qo‘riqlash, niqoblash, tekshirish,
kodlashtirish,
tisarilish,
pelenglash,
bazalashtirish,
|
| |