57
folklorchi, lug‘atchi, tilchi va h.k;
j) muayyan narsa-predmet, buyum, mahsulotni sotuvchi subyekt
nomini voqelantiradi:
morschi, gazetachi, holvachi, kompyuterchi, gilamchi,
telefonchi va h.k.
Xuddi shunday yo‘l bilan yasalgan ba’zi yasama terminlar ham
biron bir mahsulotni tayyorlovchi hamda uni realizatsiya qiluvchi – sotuvchi
shaxsni ifodalaydi:
paxtachi, pashmakchi, qalpoqchi, beshikchi, eshikchi,
shokoladchi va h. k.
2. Mehnat, hodisa, ish-harakat bilan mashg‘ul
shaxslarni
ifodalovchi ot-terminlarni yuzaga keltiradi:
isyonchi, bosqinchi, navbatchi,
jinoyatchi va h.k.
Ma’lum bir ish - harakat ishtirokchisi nomini bildiruvchi terminlar
yasaydi:
namoyishchi, himoyachi, marofonchi, muzokarachi, sulhchi,
iste’molchi va h.k.
Qaysidir oqim, yo‘nalish, yo‘l tarafdori,
muxlisi nomini anglatuvchi
terminlarni
hosil
qiladi:
monarxiyachi,
respublikachi,
separatchi,
oppozitsiyachi, kantchi, gegelchi va h.k.
Sport jamiyatlari va klublar nomlarini ifodalovchi so‘zlarga qo‘shilib,
shu jamiyat yoki klublar a’zolarini anglatuvchi terminlar yasaydi:
paxtakorchi, dinamochi, navbahorchi, qizilqumchi, lokomotivchi, nasafchi
va h.k.
Ekstralingvistik omillar ta’siri,
chunonchi, so‘nggi vaqtlarda fan,
texnika, axborot texnologiyalarining shiddatli rivojlanishi natijasi o‘laroq
o‘zbek tilida
–chi affiksi ishtirokida narsa-predmet, buyum, apparatlar
nomlarini atovchi terminlarning miqdori yanada ortdi.
Bunday hodisa birinchilardan o‘zbek harbiy terminologiyasi
sistemasida qayd etilgan bo‘lib, bular jumlasiga
bombardimonchi
(bombardirovshik),
qiruvchi aviatsiya (istrebitelnaya aviatsiya),
shturmchi
(shturmovik),
fotorazvedkachi samolyot (samolyot –fotorazvedchik),
niqoblovchi o‘t ochish (maskirovochniy ogon),
niqoblovchi tutun
(maskiruyushiy dim),
tralchi tank (tank-tralshik) singari terminlar kiritiladi.
Zoologiya terminlari tarkibida esa
nina so‘zidan yasalgan
ninachi,
baliq zoonimidan hosil qilingan
baliqchi, shuningdek,
sutemizuvchi(lar,
kemiruvchi kabi birliklarning qo‘llanayotganini kuzatamiz.
-lik affiksli so‘z yasovchi model. Ushbu qolip o‘zbek tilida o‘ta
sermahsul so‘z yasovchi modellardan biri bo‘lib, uning ko‘magida
nafaqat
sof o‘zbekcha (turkiy), balki o‘zlashma so‘zlardan ham quyidagi turdagi ot-
58
terminlar hosil qilinadi:
Holat, sifatning mavhumligi, umumiyligi ma’nosini ifodalovchi ot-
terminlarni yuzaga chiqaradi. Mazkur ma’noli otlar asosan o‘zakdan
anglashilgan holat-sifat, fazilat-sifat yoki muayyan belgiga ko‘ra voqelangan
hodisani bildiruvchi ismlardan yasaladi. Ayrim faktlarga diqqat qaratamiz:
liberallik, safarbarlik, jangovorlik, ishtahasizlik (tib.giporeksiya),
mentallik
va h. k.;
belgi
- xususiyat, sifat yoxud holatni ifodalovchi ot-terminlar
yasaydi:
zichlik, suyuqlik, tenglik, ko‘rlik (tib.ablepsiya
), sarosimalik,