18
2.O‘zbek terminologiyasi tizimida qadimgi qatlamning o‘rni.
Asosiy tushunchalar: kategoriya, tur, an’anaviy terminlar, termin-
o‘zlashmalar, so‘z yasovchi qolip, terminologik leksika, noterminologik
leksika, maxsus nom, umumilmiy, zoonim, fonetik o‘zgarish, terminologik
material, qardosh turkiy tillar, diplomatik terminologiya.
O‘zbek tilida hozirgi ilmiy-texnikaviy terminologiya o‘z aksini
keng qamrovda topgan.
O‘zbek adabiy tili leksikasining ajralmas bo‘lagi
hisoblanmish
terminologiya hozirgi o‘zbek tilshunosligi fanining o‘ta shahdam va
dinamik tarzda taraqqiy etayotgan kategoriyalardan biri bo‘lib, til lug‘at
boyligining muttasil o‘sib hamda kengayib
borishida tuganmas manba
rolini bajaradi.
O‘zbek tili ilmiy terminologiyasida terminlarning uch turi
farqlanadi (Begmatov 1988; 140):