tarixiy-an’anaviy terminlar. Ushbu turga taalluqli leksemalar juda
qadimdan termin vazifasida qo‘llanib keladi va o‘zbek terminologiyasining
o‘zagini tashkil qiladi. Masalan, to‘siq, yulduz, soliq, kirim, pul, oldi-sotti,
so‘roq, tomir (tib. arteriya), oqsillar (tib. belok, belki), isitma (tib.
lixoradka) singari ko‘pgina terminlar shular sirasidandir;
terminologik tizimning boyishiga bois bo‘lgan nisbatan yangi
termin-o‘zlashmalar: skaner, sayt, karate, Internet auksion, tomografiya,
spektr, respirator, psixolingvistika, pragmatika, lingvokulturologiya,
semema, parodontoz, bakteriya, videotelefon, katapulta, radiolokator,
tatami, pley-off, gravatizatsiya, spagetizatsiya, transgender, freym,
geshtalt, konsept, disskurs, lemmatizatsiya va h.k.;
o‘zbek tili so‘z yasovchi qoliplari negizida hosil qilingan
terminlarni ikki guruhga taqsimlash mumkin: a) ona tili materiallari
negizida paydo bo‘lgan terminlar: bog‘lovchi, to‘ldiruvchi, kesim, tenglik,
qayta saylov, to‘lov, boshqaruv, bo‘g‘ilish (tib. asfiksiya), titrash
(tib.trepetaniya), boshqarma, yasama (til. derivat), qo‘nish, qurilma,
ko‘chish (til. transpozitsiya), suzg‘ich, yutgich (harb.), ikkilamchi bozor,
qo‘shimcha qiymat solig‘i, terma jamoa va h.k.;
b) o‘zlashmalar ishtirokida yuzaga kelgan terminlar: raketaeltgich
(raketanosets),
avtomobilsozlik
(avtomobilostroyeniye),
raketasozlik
(raketostroyeniye),
eshelonlashtirish
(eshelonirovaniye),
shturmchi
(shturmovik),
shifrlash
(shifrovaniye),
fotohujjat
(fotodokument),
kompyutirlashtirish (kompyuterizatsiya), kateterlash (kateterizatsiya),
bombaqidirgich
(bomboiskatel),
dzyudochi
(dzyudoist),
signalchi
(signalist; signalshik), minalashtirish (minirovaniye), dislokatsiyalash
(dislokatsiya) va h.k.
O‘zbek terminologik leksikasining shakllanish manbasi ma’lum va
mashhur qadimgi turkiy til (VII-X), eski turkiy til (XI-XIV) va eski o‘zbek
adabiy tili obidalariga borib taqaladi. Ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy
(Dadabayev 1991), harbiy (Dadabayev 1990; 3-83), huquqiy (Tursunova
19
2009), zoologik (Abdushukurov 1998), kitobat (Yuldashev 2005) va
boshqa terminologik leksikaning shakllanish va rivojlanish ibtidosi aynan
mana shu yodgorliklardan boshlangan.
Matematika,
geometriya,
geodeziya,
geografiya,
tibbiyot,
astronomiya kabi aniq fanlarning taraqqiyoti oqibatida maxsus nomlarni
ifodalovchi xilma-xil terminologik tizimlar shakllana boshlagan.
Shubhasiz, o‘zbek terminologiyasi ilmiy-texnikaviy inqilob davri
deb nom olgan XX asrda ham miqdor, ham sifat tomondan jiddiy
o‘zgarishlarni boshidan kechirdi. Bunday o‘zgarishlar intralingvistik va
ekstralingvistik omillar ta’siri ostida umum o‘zbek adabiy tilida sodir
bo‘lgan jarayonlar yordamida aniqlanadi.
Mubolag‘asiz ta’kidlash lozimki, o‘zbek tiliga Davlat tili
maqomining berilishi (1989) hamda O‘zbekiston Respublikasining
Istiqlolni qo‘lga kiritishi (1991) ilm-fan va texnika tilining keng qamrovli
taraqqiyotini ta’minladi.
O‘zbek tili terminologik leksikasining faollashish jarayoni
respublikaning davlat qurilishi, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va
ma’naviy taraqqiyoti, shuningdek, ijtimoiy turmushning turfa jabhalariga
doir talaygina yangi hodisa va tushunchalarni ifodalash zaruriyati bilan
chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli hozirgi paytda o‘ta tezlik bilan
to‘lishib borayotgan qator terminologik tizimlarni yana ham
takomillashtirish, yuqori bosqicha ko‘tarish o‘zbek terminologiyasi oldida
turgan dolzarb, kechiktirib bo‘lmas masalalardan hisoblanadi.
Sir emaski, har qanday tilning lug‘at tarkibi uch nisbatan
mustaqil, ya’ni noterminologik (mustaqil ma’noli so‘zlar va yordamchi
so‘zlar), umumilmiy ( ilmiy soha vakillariga xos maxsus leksemalar)
hamda terminologik (aniq terminologik tizimlarga oid maxsus leksemalar)
qatlamdan tashkil topadi (Mol 1973; 41; Danilenko 1977; 27-20).
Boshqa tillarda kuzatilgani kabi o‘zbek tili terminologik leksikasi
asl o‘zbekcha (turkcha), o‘zlashma (sug‘dcha, xitoycha, arabcha, forscha –
tojikcha, mo‘g‘ulcha, ruscha-baynalmilal), sodda, oddiy, barcha tomonidan
kunda ishlatiladigan va azaldan qo‘llanishda bo‘lgan umumadabiy til so‘z
yasash modellari hamda termin yasash qoliplari asosida shakllangan.
Shuni alohida urg‘ulash kerakki, o‘zbek tilining hozirgi soha
terminologiyasi sistemasida nisbatan ancha keyin yuzaga chiqqan terminlar
safida qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida qayd
etilgan leksik birliklarning mavjudligi muhim ahamiyatga molikdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial-siyosiy jabhalarga doir hodisa va
tushunchalarni
ifodalovchi
ijtimoiy-siyosiy
va
sotsial-iqtisodiy
terminologiya xalq kundalik hayotida sodir bo‘luvchi turfa voqea va
hodisalar bilan yaqindan bog‘langan.
Davlatning siyosiy-ma’muriy qurilishi, tashqi siyosiy faoliyati,
ijtimoiy tuzilishi va sinfiy tabaqalanishi, jamiyat a’zolariaro savdo-
moliyaviy munosabatlar bilin mustahkam aloqaga ega ijtimoiy-siyosiy va
sotsial-iqtisodiy terminologiya tizimidagi leksik-semantik guruhlarga
20
kiruvchi termin hamda termin-birikmalar o‘zbek tili lug‘at tarkibini
to‘ldirigan va boyitgan.
XI-XII asrlar, ya’ni Qoraxoniylar davriga oid qo‘lyozma manbalar
qarindosh turkiy tillar, chunonchi, o‘zbek, uyg‘ur, turkman, qozoq, qirg‘iz?
qoraqalpoq va h.k. tillar tarixi bilan bevosita bog‘liq.
XI-XIV asrlarda Markaziy Osiyo, Dashti Qipchoq, Volgabo‘yi,
Qirim hamda mamluklar hukmronlik qilgan Misrning keng mintaqalarida
turfa mazmun hamda rang-barang janrdagi turkiy yozma yodgorliklar
yaratilgan va shuhrat topgan. Mazkur nodir yozma obidalarning tili ulkan
hududa istiqomat qiluvchi turkiy xalq (o‘zbek, turkman, qozoq, qirg‘iz, tatar,
turk, ozarbayjon va h.k.)lar adabiy tilining shakllanishida muhim ahamiyat
kasb etganligi turkologiyada isbotini topgan.
Qoraxoniylar davlati, Jo‘ji ulusining sharqiy qismi, ya’ni Xorazm,
shuningdek, Chig‘atoy ulusi adabiy tillari zaminida shakllangan, hozirgi
o‘zbek adabiy tilining o‘tmishdoshi hisoblanmish eski o‘zbek adabiy tili
lisoniy xususiyatlari nuqtai nazaridan XI-XIV asr turkiy yozma manbalari
tiliga juda yaqinligi bilan xarakterlanadi. Kezi kelganda buyuk Alisher
Navoiy, uning Lutfiy, Otoiy, Sakkokiy, Yaqiniy singari salaflari, Husayniy,
Bobur, Muhammad Solihga o‘xshash zamondoshlari, Abulg‘oziy
Bahodurxon, Munis, Ogahiy kabi izdoshlari shakllantirgan va rivojlantirgan
eski o‘zbek adabiy tilining ba’zi turkologlar tomonidan chig‘atoy tili bilan
ayni bir xil, ikkinchi guruh olimlar tomonidan chig‘atoy adabiy tilidan
farqlanuvchi jonli xalq tili, uchinchi mutaxassislar tomonidan esa chig‘atoy
adabiy tilining varianti, deb qaralishini takroran ta’kidlamoqchimiz.
Biz tomondan o‘z vaqtida eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tilida
qo‘llanishda bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy terminlarni
qiyosiy-statistik tahlili amalga oshirilgan edi. Tahlil XI-XIV asr turkiy
obidalar tilida qayd etilgan 700 ta ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy
terminlardan 645 tasi o‘zbek adabiyoti klassiklari asarlari tilida deyarli
fonetik va semantik o‘zgarishlarsiz qo‘llanishda davom etganini ko‘rsatgan
edi.
Eski turkiy til hamda eski o‘zbek adabiy tiliga xos ijtimoiyo-siyosiy
va sotsial-iqtisodiy terminlarning salmoqli miqdori hozirgi qarindosh turkiy
tillarning terminologik leksikasiga mutanosib tushadi.
Turkiy leksik (terminologik) materialning umumiyligi haqida aniq-
ravshan tasavvurga ega bo‘lish maqsadida biz tomondan ijtimoiy-siyosiy va
sotsial-iqtisodiy terminlardan 503tasi ajratib olingan va ular ba’zi qarindosh
turkiy tillarning muvofiq leksik (terminologik) birliklari bilan qiyoslangan
edi. Taqqoslash natijasida XI–XIV asr yozma manbalari tilida ishlatilgan
503 termindan 348 tasi uyg‘ur tilida, 230 tasi qozoq tilida, 244 tasi qirg‘iz
tilida, 370 tasi turk tilida, 390 tasi o‘zbek tilida qo‘lanishda qolayotgani
aniqlandi.
21
Hatto ushbu taxminiy tahlil ham eski turkiy til davri qo‘lyozma
manbalari o‘zbek tili qatori boshqa turkiy tillar terminologiyasining
shakllanishi va qaror topishida asos vazifasini o‘taganligidan dalolat beradi.
Muayyan ashyoviy materiallarga murojaat etamiz.
Harbiy leksika o‘zbek tilining qadimiy qatlamlaridan biri bo‘lib,
uning hamma rivojlanish bosqichlarida kuzatiladi. Umumadabiy leksikaning
faol ishlatilgan qatlamlaridan sanalmish harbiy terminlar tizimida ichki va
tashqi omillar ta’siri ostida standartlashgan o‘zbek tilining shakllanish
xususiyatlari, rivojlanish bosqichlari o‘z ifodasini topgan.
O‘zbek tilining ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida harbiy
terminlarning ba’zilari eskirgan va tilning leksik xazinasidan tushib qolgan.
Ularning o‘rnida o‘zbek tilining leksik tarkibini boyitgan o‘z hamda
o‘zlashma istilohlar qo‘llangan. Harbiy terminologiyaning tarixiy-
etimologik tahlili uning shakllanishi va rivojlanishida asl o‘zbek(turkiy)cha
leksik birliklar qatori arab, fors-tojik, mo‘g‘ul va rus tillaridan o‘zlashgan
so‘zlarining ham salmoqli o‘rni borligidan guvohlik beradi.
Hozirgi o‘zbek tili harbiy terminologiyasi qadimiyligi VII-XIX
asrlarga borib taqaluvchi ko‘pgina so‘zlarni o‘z tizimida saqlab qolishga
erishgan. Bunday terminlar sirasiga: 1) askariy qism va qo‘shilmalar,
jangchilar, asosiy harbiy harakat va amaliyotlar nomlarini ifodalovchi
|