Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlaridan bir guruhi




Download 16 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/72
Sana21.12.2023
Hajmi16 Mb.
#126359
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72
Bog'liq
7 2013

Birinchidan, monitor bilan yorug‘lik nis
batini to‘g‘ri tanlash, bolaning o‘rindig‘i
o‘ziga mos bo‘lishi, qaddini rostlab o‘ti
rishiga alohida e’tibor qaratish lozim.

Ikkinchidan, bola nigohidan ekran
70 santimetr masofada bo‘lishi shart.
Shifokorlar kompyuter oldida kaktus
o‘simligi bo‘lishi, iloji bo‘lsa, shu xonada
akvarium turishi va nam latta bilan
changni arttib turishni tavsiya etadilar.
Bola kompyuter o‘yiniga berilib ketmas
ligi va bu holatning oldini olish uchun birin
chi kunlardanoq kattalar tartibga rioya etish
ni talab etishlari zarur. Agar kattalar gapini
o‘tkaza olmasa, kompyuterga bog‘lanib qo
lish oilaviy muammoga aylanishi mumkin.
Shunday vaziyatda bolani ko‘proq kitobga
qiziqtirish zarur. Bola bilan qandaydir ijodiy
ishlar, qo‘l mehnati bilan shug‘ullanish ham
samara beradi. Masalan, biror foydali ish kela
jakda kasbga aylanishi mumkin bo‘lgan
mashg‘ulot bilan chalg‘itish lozim.
Bolaning shaxsiy kompyuteri — uning
xususiy olamiga aylanishi, biroq shaxsiy shakl
lanishiga salbiy ta’sir etmaydigan bilimlar va
malakalar makoni bo‘lishi zarur. Bolalar kela
jagimiz — shu sababdan ham ularning qizi
qishlari, yutuq va kamchiliklari borasida
qayg‘urish biz kattalarning vazifamizdir.


a’limning rivojlanish yo‘li fanlar
sonining va o‘rganiladigan mavzu
larning ortishi hisobiga olinadigan
bilimlar bilan kengayishi mumkin. Fanlar
sonini kengaytirish, o‘quvchilarga yukla
malarni ko‘paytirish bilangina emas, balki
o‘qituvchipedagoglarning o‘zlari ta’lim be
rayotgan fanlariga har tomonlama va za
monaviy axborot texnologiyalariga tayan
gan holda saboq berishlari uchun ularning
malakalarini oshirib borish ham muhim
omildir. Ta’limni rivojlantirishning — inten
siv yo‘li, birinchidan, ta’lim metodini o‘zgar
tirishni, qo‘shimcha bilim berish yo‘llarini
izlashni talab etadi. Axborotlar bilan musta
qil ishlashni bilish, topish, anglab yetish va
nihoyat mavjud axborotlar asosida yangi bi
limlarni uyg‘unlashtirishni bilish, mana shu
o‘quv jarayonini rivojlantirishning eng is
tiqbolli yo‘li bo‘lishi mumkin.
Mana shunday yondashuvda ta’lim olish
jarayoni markazining tayyor, to‘g‘ri ma’lu
motlar olish va ularni yodlab olishdan ax
borotni izlash, qayta ishlab chiqish va bir
shakldan boshqa shaklga aylantirish ko‘nik
malarini egallashga yo‘nalish sodir bo‘ladi.
Zamonaviy o‘quvchilarning bilim olish
manbalarini kuzatadigan bo‘lsak, unda
o‘qituvchi eng muhim manba bo‘lib qolayot
ganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Aynan unga
gina muhim rol — o‘quvchiga aniq bir fan
bo‘yicha bilim berish, klassifikatsiyalash,
o‘zgartirish tizimini berish roli yuklatiladi. Har
bir fan bo‘yicha mazmunli qadriyatli yo‘na
lishlar tizimini yaratish va o‘quvchiga yetka
zish — o‘qituvchining eng asosiy funksiyasi
hisoblanadi va shunday bo‘lib qolmoqda.
Agar darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarida
maktab dasturi bo‘yicha tegishli minimum
bilimlar jamlangan holda berilganligini va
nazorat hamda imtihon biletlari savollari
bilan uzviy bog‘liqligini e’tiborga oladigan
bo‘lsak, unda o‘quvchilar darsliklar hamda
qo‘llanmalar materiallariga tayanib, bilim
olishga intilganlar. Bilimlarini baholashda
tortishuvlarda ular mana shunday manba
larga asoslanishlari osonroq, mustaqil ifo
dalar, umumlashtirishlar va shunga o‘xshash
ko‘p mehnat talab qiluvchi harakatlarga xo
jat bo‘lmagan.
Keyingi vaqtda, shaxsiy kompyuterlardan
keng foydalanish bilan internet va maxsus
o‘quv kompyuter dasturlari orqali bilim olish
keng rivojlanmoqda. Internet manbaidan
olingan bilimlar ishonchliligini baholashni ta
lab qiladi. Axborot olish manbalariga ishonch
masalasi o‘qitishning an’anaviy metodlarida
umuman muhokama qilinmaydi. Internet va
ommaviy axborot vositalarining ta’lim tizimi,
o‘quvchi va o‘qituvchilar dunyoqarashiga
ta’siri haqida ko‘plab fikrlar mavjud. Darslik
va dasturlar mualliflarining, muxbirlar ham
da sharhlovchilar va boshqalarning bilib yoki
bilmay yo‘l qo‘ygan kamchiliklari borliqni
to‘g‘ri anglashda ta’sir ko‘rsata oladi.
Turli axborot olish manbalarini haqiqiy
o‘quv jarayoniga kiritish, ushbu bilim man
balariga ishonchni baholash, boshqa, yanada
ishonchli manbalarni topa bilish o‘quv
chilarning mustaqil ishlashga qiziqishlari
ning o‘sishiga olib kelishi kerak. Turli man
balardan olingan bilimlarni solishtirish va
umumlashtirish, ularni ijodiy qayta ishlab chi
qishni bilish ham juda muhim bo‘lib hisobla
nadi. Ba’zan bilimlar sinovi sifatida taklif eti
ladigan o‘quvchining tanlangan mavzu
bo‘yicha referat tayyorlash o‘rniga (referat
nima, uni yozish qoidalari, referatlar bilan
to‘g‘ri ishlash uchun boshqa zarur ma’lumotlar
maktab dasturi doirasida o‘rganilmaydi) va
oqibatda, odatda internetdan topilgan tayyor
32


referatlarni oddiy ko‘chirib olish sodir bo‘la
di. O‘z fikrini ifoda etish va bayon etish
o‘rniga o‘quvchi boshqalarning fikrlarini
ko‘chirib olib va anglab yetmagan holda
o‘zinikidek ko‘rsatish bilan almashtiriladi.
Faqat turli axborot manbalari bilan
ishlash sohasida maxsus metodik ishlan
malar, shu jumladan, texnik vositalar (kom
pyuter, televizor va boshqalar)da taqdim
etilgan materiallar yordamida mana shu
kabi muammolarning oldini olish mumkin.
Ushbu yo‘nalishda ta’lim bilan birlashtiril
gan mediata’lim sohasida tadqiqotlar olib
borilmoqda. Turli maktab fanlari bilan
birlashtirilgan mediata’lim standartini
ishlab chiqish — katta axborot muhitida
pedagoglar va o‘quvchilarni hayotga tay
yorlashda katta, ahamiyatli hissa hisobla
nadi. Mediata’lim maqsadlari quyidagi
ko‘rinishda ifoda etiladi:


Download 16 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   72




Download 16 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlaridan bir guruhi

Download 16 Mb.
Pdf ko'rish