|
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi
|
bet | 24/211 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 13,28 Mb. | | #242509 |
Bog'liq Amaliy auditO’zbekiston Respublikasi hisob palatasi
Davlat moliyaviy nazoratining yuqori organi O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi hisoblanib, uning tomonidan Davlat byudjeti ijrosi, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlar byudjetining tashqi nazoratini amalga oshiradi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga bevosita bo’ysunadi va hisobdor hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi davlat byudjeti bajarilishi nazoratini amalga oshiradi:
Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlari loyihasini ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli xulosa beradi;
Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining ijrosi natijalari bo’yicha hisobotni ko’rib chiqadi, ma’qullanganda u bo’yicha tegishli xulosa beradi;
Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining bajarilishini, shu bilan birga, soliq va bojxona organlarini, davlat maqsadli fondlarini taqsimlovchi organlar faoliyatining monitoringini amalga oshiradi;
Byudjet mablag’larining harakati to’g’risida qonunchilik doirasida bankdan ma’lumot oladi;
Moliya organlari, g’aznachilik bo’limlari, byudjetdan mablag’ oluvchilar va xo’jalik sub’ektlari moliya-xo’jalik faoliyatini tekshiradi hamda taftish o’tkazadi;
Qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa vakolati doirasida faoliyat ko’rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi hisob palatasi yilning har choragida Davlat byudjeti, davlatning maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari fondlarining bajarilishi natijalarini ko’rib chiqadi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi taqdim qilgan Davlat byudjeti ijrosini yilning har choragida ko’rib chiqadi.
|
| |