• O‘lchamlar aniqligiga talab 4-7 aniqlik kvalitetlari
  • Gilzalarning asosiy nuqsoni
  • Ovalsimonlikning belgilari
  • Gilzaning konstruktiv elementlari




    Download 1,07 Mb.
    bet2/4
    Sana23.05.2024
    Hajmi1,07 Mb.
    #250999
    1   2   3   4
    Bog'liq
    4-амалий иш

    Gilzaning konstruktiv elementlari – porshen uchun tuynuk, o‘tqazish va tashqi yuzasi. Burtigi. Silindrlar bloki “qalin devorli korpusli detallar” sinfiga, gilza – “ichi bo‘sh silindrlar” sinfiga mansub. Ularning zagotovkalarini quyma usulda olinadi va past haroratli bo‘shatish va sun’iy eskrtirish bilan ishlov beriladi.
    O‘lchamlar aniqligiga talab 4-7 aniqlik kvalitetlari, shakldan og‘ish (silindrmaslik, tekislikmaslik) 0,010-0,020 mm.dan oshmasligi kerak. Joylashishdan og‘ishi (parallelmaslik, perpendikulyarmaslik) 100 mm uzunlikda 0,020-0,050 mm.dan oshmasligi lozim. O‘rnatish bazalari bo‘lib xizmat qiladilar: blok uchun – moy karterining yopiladigan yuzasi, gilza uchun – porshen solish uchun tuynuklarning faskalari.
    Yuritkich ishlagan vaqtida silindrlar blokiga va gilzaga ishqalanish kuchlari ta’sir qiladi, metalldagi ichki kuchlanishlar, vibratsiya, muhitning agressiyasi va boshqalar ta’sir qiladi. Bu ta’sirlarning barchasi yeyilishga olib keladi (Δyey.= 0,150 mmgacha, Δsilindrmaslik =0,120 mmgacha), yuza sifatining buzilishiga (chizilishlar, shilinishlar, korroziya), mexanik shikastlanishlar (darzlar, ko’chib tushish, rezbaning uzilishiga) va joylashuvdan og‘ishlarga (parallelmaslik, perpendikulyarmaslik) va boshqa nuqsonlarga olib keladi.
    Silindrlar blokida mexanik shikastlanishlar bo‘lishi mumkin (darzlar, sinishlar, teshilishlar, boltlar va shpilkalarning uzilishi, sinishi, rezbaning uzilishi va boshqalar, podshipniklar va vtulkalarni o‘tqazish tuynuklarining yeyilishi,qo‘zg‘aluvchan o‘tqazishli ishchi yuzalarning yeyilishi, rezbaning shikastlanishi. Silindrlar blokining bikrligi va aniqligi yuritkich ishlashining ishonchliligini aniqlaydi, chunki blok yuzalarining o‘zaro joylashuviga yuqori talablar qo‘yilgan.
    1-rasmda ko‘rsatilgan nuqsonlarda tashqari yana quyidagi nuqsonlar bo‘lishi mumkin:
    -gilza uchun pastki o‘rnatish tuynugining yeyilishi;
    - gilza uchun ustki o‘rnatish tuynugining yeyilishi;
    -turtkichlar uchun tuynuklarning yeyilishi;
    -o‘zak podshipniklar vkladishlari uchun yualarning yeyilishi va ularning o‘qdoshmasligi va boshqalar.
    Gilzalarning asosiy nuqsoni – silindr ko‘zgusining yeyilishi (iznos zerkala gilzi silindra). Ushbu nuqson silindr diametrining kattalashuvi shaklida ko‘rinadi (Δyey. =0,150 mmgacha) hamda geometrik shaklning buzilishi kuzatiladi, buning natijasida silindr uzunligi bo‘ylab noto‘g‘ri konus shakliga keladi (Δkonus =0,20 mmgacha), diametri bo‘yicha – ovalsimon shaklga keladi (Δsilindrmaslik =0,120 mmgacha).

    Ovalsimonlikning belgilari:





    Download 1,07 Mb.
    1   2   3   4




    Download 1,07 Mb.