19-20-amaliy mashg’ulot
MIMO texnologiyasini tadqiq etish.
Ishdan maqsad: MIMO texnologiyasi bo‘yicha tushunchalarga ega
bo‘lish
Nazariy ma’lumot
MIMO (ingl.
Multiple Input Multiple Output – ko‘p sonli qabul qilish –ko‘p
sonli uzatish) – yangi ma’lumot uzatish texnologiyasi bo‘lib, unga ko‘ra dastlabki
ma’lumotlar oqimi demultipleksorda alohida uzatish traktlari bo‘yicha ishlov berish
va
uzatish uchun N sonli oqimlarga ajratiladi. Qabul qilish tomonida esa
M sonli
qabul traktlari bo‘lib, ularda ma’lumotlar multipleksordan o‘tadi va qabul qilishdagi
xatoliklarning sonini kamaytiruvchi maxsus algoritmlar bo‘yicha
yana qaytib bir
oqimga yig‘iladi. Bu xatoliklar uzatish kanalidagi buzilishlar va signallarning
fazoviy korrelyatsiyasi natijasida vujudga kelishi mumkin (1-rasmga qarang).
1-rasm. MIMO ning soddalashtirilgan ko‘rinishi
Shunday qilib, MIMO texnologiyasi bitta radiokanalda bir nechta uzatuvchi
va qabul qiluvchi traktlarni ishlatadi. Amalda MIMO ni
ishlash tartibida ikki xil
rejim ajratiladi: Fazoviy ajratish (FA) va Fazoviy Multiplekslash (FM) rejimlari.
FA rejimida signal nusxalarini bir necha uzatuvchi va mos ravishda bir necha
qabul qiluvchi antennalarga ajratish amalga oshiriladi (ya’ni, bir xil axborot bir
necha qabul qilish/uzatish traktlari bo‘yicha yuborib qabul qilinadi).
FM rejimida ketma-ket ma’lumotlar oqimi bir
necha parallel oqimlarga
bo‘linadi va bir necha qabul qilish/uzatish traktlari bo‘yicha uzatiladi va qabul
qilinadi (ya’ni ma’lumotlar oqimini uzatish tezligi bir necha martagacha oshadi).
Shunday qilib, FM rejimi kanalning yuqori sig‘imini (o‘tkazuvchanlik qobiliyatini)
ta’minlashi mumkin, lekin
signal sifatini yaxshilamaydi, aksincha uni xatto
yomonlashtirishi xam mumkin.
Buning aksiga, FA rejimi signal sifatini sezilarli tarzda yaxshilaydi va qabul
qilgich tomonida yuqori ―signal-shovqin‖ nisbatini ta’minlaydi,
lekin kanalning
o‘tkazuvchanlik qobiliyatini deyarli o‘zgartirmaydi. Xususan, keng qamrovli
sotalarda FM o‘z imkoniyatlari chegarasida ishlaydi, chunki aloqa masofasi qancha
uzoq bo‘lsa, shunchalik signal kuchli bo‘lishi kerak. Amaliѐtda MIMO ning ikkala
rejimining kombinatsiyasini ham qo‘llash mumkin (masalan, 4*4 sxemali MIMO da
fazoviy ajratilgan ikki juft multiplekslovchi antennalarni qo‘llash mumkin).
MIMO texnologiyasining afzalliklariga quyidagilar kiradi:
Pastga yo‘nalishdagi
kanallarning ishini yaxshilash, bu radioto‘lqinlar
kuchli tarqalishi sharoitida signalning turg‘un va ishonchliroq uzatilishida namoѐn
bo‘ladi. ―Yuqoriga yo‘nalishdagi kanallar uchun yaxshilanishlar sezilarli emas;
Bir necha mustaqil oqimlar bir vaqtda uzatilganda yuqoriroq darajadagi
modulyatsiya sxemalarini ishlatish hisobiga kanalning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini
oshirish;
Tizimning, ayniqsa abonentlarni
yuqori mobillik xolatlarida,ish
xarakteristikalarini stabilligini oshirish.
MIMO ning kamchiliklariga qayta akslanish bo‘lmagan hollarda, masalan,
inshootlar nozich joylashgan tumanlarda, avtomagistral ѐqalarida, darѐ bo‘ylab va
shunga o‘xshash hollarda sifat xarakteristikalarini pasayishini kiritish mumkin.
Nazorat savollari
1. MIMO texnologiyasining tavsiflab bering.
2. MIMO texnologiyasini soddalashtirilgan strukturasini tushuntirib bering
3. MIMO texnologiyasining afzalliklariga nimalar kiradi?
4. MIMO ning kamchiliklariga nimalar kiradi?
Hisobot mazmuni
Talaba ushbu ishning nazariy qismida keltirilgan ma’lumotlarini
o‘rganadi va taxlil qiladi. Taxliliy xulosalar asosida xisobot tayorlaydi va
nazorat savollariga javob beradi.