MASHG‘ULOT № 12
MAVZU: Biologik materiallardagi uglevodlar miqdorini modifikatsiyalangan usulda aniqlash.
Mashg'ulot shakli: «Farmasiya» yo‘nalishi talabalari uchun laboratoriya mashg‘ulot.
Mashg'ulot uslubi: «Klaster» usuli. Trening muloqot.
Mashg‘ulot maqsadi: talabalarga biologik materiallardagi uglevodlar miqdorini modifikatsiyalangan usulda aniqlashni o'rgatish
Mavzuning ahamiyati: uglevodlar, ularning biologik hossalari
Ishning nazariy qismi
O‘simliklarnnng barcha qismlarida ko‘p tarqalgan, suvdaerimaydigan ammo organik erituvchilarda - efir, atseton, benzol, xloroform va boshqalarda yaxshi eriydigan tabiiy organik birikmalar lipidlar deb ataladi. Lipidlar yuqori molekulali yog‘ kislotalar xosilasi bo‘lib, ikkita asosiy guruhdan tashkil topgan.
Birinchi guruhga yog‘ kislotalari, glitserin va boshqa moddalardan iborat xaqiqiy lipidlar, ikkinchi guruhga eruvchanliliga ko‘ra yog‘larga o‘xshash boshqa birikmalar - lipoidlar kiradi. O‘simliklar tarkibidagi yog‘ va yog‘simon moddalar zahiraholida to‘planishi yoki hujayraning struktura komponentlarini tashkil qilishi mumkin. Zahira xolidagi va protoplazmatik yog‘lar turli xil biokimyoviy vazifalarni bajaradi.Lipidlar kimyoviy tarkibi, tuzilishi va organizmdagi funksiyasiga ko‘raquyidagi gruppalarga: yog‘lar, mumlar, fosfatidlar, glikolipidlarga bo‘linadi.
YOg‘lar o‘simliklar tarkibida juda ko‘p bo‘lib, aksariyat zahira modda sifatida uchraydi. O‘simlik yog‘lari moylar deb ataladi. Moylar o‘simliklarning deyarli hamma qismida uchraydi. Odatda, ular o‘simliklarning vegetativ organlarida meva va urug‘idagiga nisbatan bir muncha ozroq bo‘ladi. Masalan, moylar o‘simliklar bargida ,ildizida ularningkuruk moddasini 2 % ga yaqin miqdorini tashkil etsa ,meva va urug‘larda 50 % dan ko‘p bo‘ladi.
Yog‘lar yuqori molekulali yog‘ kislotalarning uch atomli spirtlari bilan hosil qilgan murakkab efirlaridir. Shu sababli bunday tuzilgan yog‘lar triglitseridlar deb ham ataladi.Moylar tarkibida uchraydigan barcha yog‘ kislotalar to‘yingan va to‘yinmagan yog‘ kislotalaridan iborat. O‘simlik moylarida eng ko‘p uchraydigan va juda ko‘p tarqalgan to‘yinmagan yog‘ kislotalarga oleinat, linolat,va linolenat kislotalar kiradi. O‘simlik moylarinig dunyo bo‘yicha zaxirasining 60 % dan ko‘prog‘ini oleinat, linolat kislotalar tashkil etishianiqlangan. O‘simlik moylarida ko‘p uchraydigan to‘yingan yog‘kislotalarga palmitat va laurinat kislotalar kiradi. Shu bilan birga o‘simliklar tarkibida qisman bo‘lsada, erkin holda uchraydigan atsetat, propionat, moy kislota, valerianat va boshqa kislotalar ham mavjud bo‘ladi. O‘simlik organlarida, hususan ypyg‘ tarkibidagi moylarni aniqlash uchun avvalo ular dietil efir yordamida ekstraksiya qilinadi. Bunda efirli ekstraktga turli hil lipidlaro‘tadi.SHu sababli bu ekstrakt xom yog‘ deb yuritiladi.Chunki xom yog‘ tarkibida haqiqiy lipidlar bilan birga fosfatidlar, sterollar, mumlar va boshqalar uchraydi.
Ajratib olingan moylarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o‘rganish talab qilinmasa va faqat moyning umumiy miqdorini aniqlash zaruriyati bo‘lganda, materialningekstraksiyagacha va ekstraksiya qilingandan keyingi massasi farqigaqarab moy miqdori aniqlanadi.
|