|
B-olingan namuna massasi, g.
Dorivor
|
bet | 46/74 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #230250 |
Bog'liq Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik B-olingan namuna massasi, g.
Dorivor o‘simliklar tarkibidagiumumiy moy miqdorini
Sokslet usulida aniqlash.
Dorivor o‘simliklar tarkibidagi moymikdorini Sokslet usulida aniqlash moy miqdorini aniqlashda keng qo‘llaniladi. U turli organik erituvchilar yordamida o‘simlik materiallaridan moyni ajratib olishga asoslangan.
Ish tartibi: O‘simlik urug‘lari, masalan kungaboqar, kanakunjut qobig‘idan tozalanib, mag‘zi bir hil og‘irlikkacha quritiladi va hovonchada maydalanib 5-10 g li qog‘oz pakeggchalarga solinadi. Paket osonlik bilan Sokslet apparatiga sig‘adigan bo‘lishi kerak. So‘ngra paket 2 soat davomida 90-100°C da quritiladi, sovitilgach eksikatorga (g) solinadi. Sokslet apparati erituvchi quyilgan kolba (3), eksikator (g) va suv sovitgich (1) dan iborat.
Oldindan tortilgan va massasi ma’lum bo‘lgan kolbaga hajmining 2/3-3/4 kismiga teng efir quyiladi va eksikator bilan ulanadi. Sovitgich ulangach suv hammomi ishga tushiriladi.Suv hammomi harorati shunday bo‘lishi kerakki, bunda har bir soatda efir o‘simlik materialini 8-10 marta to‘liq ravishda yuvib bo‘lishi kerak. Odatda suv hammomining haroragi 40-45'°C atrofida bo‘ladi. Moyning t o‘liq ajralishi materialdagi moy miqdoriga bog‘lik bo‘lib, 6-10 soat davom etadi. Moy tuliq ajralgandan so‘ng kolba apparatdan ajratib olinadi, efirhaydaladi va kolba quritilgach, shkafda 90-100°C da quritiladi. Keyin yana kolba tortilib, moy miqdori aniqlanadi.
X = (A-B)·1OO V
X-xom moy miqdori, % hisobida.
A-moyli kolba massasi, g.
B-quruq kolba massasi, g.
V-o‘simlik materialining massasi, g.
TRENING «MULOQOT»
Ushbu trening o’quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o’z fikrlarini erkin xolda bayon eta olishga hamda ularda baxslashish madaniyatini tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, odatda bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichik guruhlarga bo’lgan guruhlarga bo’lgan xolda o’tkaziladi.
Maqsad:
Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga bo’lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil xolda umumiy bir fikrga kelishlariga va to’gri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin xolda Bahslashishlariga sharoit yaratish.
O’tkazilish tartibi.
Ustoz mashg’ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, baxs-munozarani o’tkazishga qo’yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so’ngra ushbu trening bochqichma-bosqich o’tkazilishini tushuntiradi.
|
| |