Reaktivlar: Dorivor o‘simlik materiali (shaftoli danagining mag‘zi); Xloroform; Metanol. Ishni bajarish tartibi




Download 4,64 Mb.
bet45/74
Sana13.05.2024
Hajmi4,64 Mb.
#230250
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74
Bog'liq
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik

Reaktivlar:
Dorivor o‘simlik materiali (shaftoli danagining mag‘zi);
Xloroform;
Metanol.
Ishni bajarish tartibi:
1,0-1,5 g dorivor o‘simliklar materiali (shaftoli danagining mag‘zi, bodom yoki yong‘oqning mag‘zi) tarozida tortib olinadi va chinni xovonchada yaxshilab eziladi. So‘ngra tarozida tortib , massasi aniq bo‘lgan paketlarga solinadi. Paketlar raqamlangan bo‘lishi kerak. O‘simlik materiali paket bilan birga tortiladi, undan quruq paket massasini ayirib, namuna massasi aniqlanadi. Olingano‘simlik massasi uning tarkibidagi moy miqdoriga bog‘liq.

Agar o‘simlik materialida 50 % dan ortiq moy bo‘lsa 1,0-1,5 g, 30 % dan 50 % gacha bo‘lganda 2,0-2,5 g, 30 % dan kam bo‘lganda esa 3,0-3,6 g olinadi. Material solingan paket yanada kattaroq paketga solinadi va u hajmi 250 ml li kolbaga tushiriladi. Kolbaga 50-60 ml xloroform va 50-60 ml metanol quyiladi. Kolba germetik berkitiladi va keyingi darsda moysizlantirilgan materialli paket kolbadan olinadi va xloroform bilan 2-3 marta yuviladi, so‘ngra mo‘rili shkafda quritiladi. Keyin paketlar 1-1,5 soat davomida termostatda 100-105°C da quritiladi.


Quritilgan paketlar byuksga solinadi, eksikatorda 30-45 daqiqa davomida sovitiladi va tortiladi. Agar paketlarda sariq yoki jigarrang dog‘lar hosil bo‘lsa, bu moylar yaxshya tozalanmaganligidan darak beradi. Bu tajribani qayta takrorlashni talab qiladi. Moy miqdorini absolyut quruq moddaga nisbatan aniqlash uchun tekshirilayotgan materialdagi suv miqdorini ham aniqlash kerak. Tekshirilayotgan material tarkibidagi moyning foiz miqdori olingan namunaning ekstraksiyagacha va ekstraksiyadan keyingi massasining farqiga qarab aniqlanadi. Moyning foiz miqdori quyidagicha topiladi.
X = (a-b) 100
V
X-tekshirilayotgan material tarkibidagi moy miqdori, % hisobida.
a-materialning ekstraksiyagacha bo‘lgan massasi, g.
b-materialning ekstraksiyadan keyingi massasi, g.

Download 4,64 Mb.
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   74




Download 4,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reaktivlar: Dorivor o‘simlik materiali (shaftoli danagining mag‘zi); Xloroform; Metanol. Ishni bajarish tartibi

Download 4,64 Mb.