|
Lipoliz jarayoniga ta'sir ko’rsatuvchi omillar
|
bet | 53/74 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #230250 |
Bog'liq Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik Lipoliz jarayoniga ta'sir ko’rsatuvchi omillar
Lipazalar aktivatorlarini (faollashtiruvchilarini) o’rganish asnosida, bu fermentlarni katalitik ta'siri uchun kofaktor kerak emas, degan fikrga kelingan. Suvda eruvchan substratlarga ta'sir ko’rsatuvchi fermentlardan farqli o’laroq, lipazalar suvli faza bilan gidrofob substratlar orasidagi chegaradagina ta'sir etganligi sababli, aynan mana shu chegaraga ta'sir ko’rsatuvchi ko’plab moddalar bu fermentni faolligini o’zgartirishi mumkin.
Lipoliz (lipaza fermenti ishtirokida parchalanish reaktsiyasi) jarayonining eng muhim aktivatorlari qatoriga osh tuzi, kaltsiy ionlari, safro kislotalari, yog' kislotalarini kiritish mumkin.
Osh tuzi (NaCl)ni lipoliz jarayoniga ta'siri
Osh tuzi va boshqa anorganik tuzlar, ikki faza oralig'idagi sirtga qarama-qarshi ionlar tashiydi va yog' kislotalarining dissotsiatsiya konstantalariga ta'sir etadi. Bu esa lipaza katalizlaydigan reaktsiya tezligining oshishiga olib keladi. Ammo, NaClni uzun zanjirli triglitseridlar lipolizidagi roli biroz boshqacharoq. Ba'zida, osh tuzi umuman qo’shilmagan muhitda lipoliz jarayoni mutlaqo kechmaydi.
Qarama-qarshi ionlar bo’lmaganda elektrostatik ta'sir ferment-substrat kompleksini hosil bo’lishiga halaqit beradi, degan fikrga kelish mumkin. Ko’pchilik olimlarning fikricha, qisqa zanjirli glitseridlarni lipazalar ta'sirida parchalanish jarayonini NaClfaollaydi. ChunkiNaClmavjud bo’lgan muhitda mitsella hosil bo’lish jarayoni ham tezlashadi. Mitsellalangan agregatlarga esa lipazani ta'siri kuchayadi.
Kaltsiy ionlarini lipoliz jarayoniga ta'siri
Triglitseridlar gidroliziga kaltsiy ionlarini ta'siri, eng avvalo, lipoliz natijasida hosil bo’ladigan va bu jarayonga salbiy ta'sir ko’rsatadigan yog' kislotalari bilan tuz hosil qilish bilan bog'liq. Ba'zi-bir hollarda, kaltsiy ionlarini ishtiroki, lipolizni boshlang'ich reaktsiya tezligini oshirishga olib kelmaydi. Ko’pgina lipazalar uchun kaltsiy ionlarini ta'siri natriy va boshqa ionlar ta'siriga o’xshab ketadi.
|
| |