MASHG‘ULOT № 14
MAVZU: Bug'doy donidan lipaza fermentini ajratish va uning gidrolitik faolligini aniqlash
Mashg'ulot shakli: «Farmasiya» yo‘nalishi talabalari uchun laboratoriya mashg‘uloti.
Mashg'ulot uslubi: «Muloqot» usuli. «FSMU» o‘yinli texnologiya.
Mashg‘ulot maqsadi: biologik material bilan ishlashni o'rganish muhandis-biotehnolog uchun juda muhim, chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik organizmlar bilan ishlaydi
Mavzuning ahamiyati: biologik material bilan ishlashni o'rganish muhandis-biotehnolog uchun juda muhim, chunki kelgusida muhandis-biotehnolog faqat tirik organizmlar bilan ishlaydi
Ishning nazariy qismi
L ipazalar (KF 3.1.1.3.-triatsil glitserol gidrolazalar) barcha tirik organizmlarda sodir bo´ladigan lipidlar almashinuvida bosh vazifani bajaradi va hujayralarni energetik zahirasini to´planish jarayonlarida ishtirok etadi. Lipazalar nafaqat ovqat hazm bo´lish yo´lidagi triglitseridlarni (yog´larni), di-, monoglitsiridlargacha va sofholatdagi yog´ kislotalarigacha parchalanish jarayonlaridaham ishtirok etadi.
43-rasm. Dengiz cho´chqasidan ajratilgan pankreatik
lipazamolekulasining kompyuter modeli.
Lipazalar suvli va organik muhitlarda ham barqaror bo´lib, ular o´simliklardan, hayvonlardan, hamda tabiiy va rekombinant mikroorganizmlardan ham ajratib olinishi mumkin. Xozirgi davrda lipazalar juda ko´p soha va jarayonlarda ishlatilib kelinmoqda. Jumladan, tibbiyot amaliyotida tashxis qo´yish va davolashda, oziq-ovqat sanoatida, kosmetikada¸qog´oz ishlab-chiqarishda¸ detergentlar (kir yuvish vositalari) tayyorlash va organik sintezda muvaffaqqiyat bilan ishlatilib kelinmoqda. Keyingi vaqtlarda bu fermentlarni biokatalitik xususiyatlarini optimallashga katta e'tiborberilmoqda. Biotexnologik jarayonlarga mos bo´lgan lipaza tanlash, uni ishlab chiqarishni arzon va oson usullarini yaratish xamon dolzarbligicha qolmoqda.
Hozirgi davrga kelib olimlar tomonidan lipidlarga va to´yinmagan yog´ kislotalariga bo´lgan qiziqish tobora ortib bormoqda.
Organizm fermentativ tizimga ega bo´lganligiga qaramasdan, juda ko´p yog´ kislotalari, birinchi navbatda linol va linolen kislotalari inson organizmida sintezlanmaydi. Aynan mana shu kislotalarni ozuqada kam uchrashi, har xil patologiyalarni kelib chiqishiga sabab bo´ladi. Shuning uchun ham bu kislotalarni «almashinmaydigan yog´ kislotalari» deb ataladi. Linol va linolen kislotalari birlashgan nomga ham egalar.
Ularni «vitamin F» ham deb aytish qabul qilingan. Organizmda mana shu kislotalarni etishmasligi, xolesterinni to´yingan yog´ kislotalari bilan juda qiyin oksidlanadigan murakkab efirlar hosil qilishiga olib keladi. Bu moddalar, kimyoviy mustahkam bo´lganliklari sababli, qonda, xususan arteriya qon tomirlarining devorlarida to´planib qoladi.
44-rasm. Qon tomiridagi tromb.
Organizmda to´yinmagan yog´ kislotalari etarli bo´lgan hollarda, ular xolesterin bilan reaktsiyaga kirishib, murakkab efirlar hosil qiladilar va bunday efirlar engil oksidlanib, kichik molekulyar og´irlikka ega bo´lgan moddalar hosil qilib¸ organizmdan oson chiqib ketadi. Keyingi yillarda linolen kislotasi dorivor modda sifatida ko´plab og´ir kasalliklarni (ateroskleroz, yurak ishemiya hastaligi va boshqalar) davolash yoki ularni oldini olish maqsadida, tibbiyot amaliyotida keng ishlatilib kelinmoqda. Ma'lumki, o´simlik yog´lari, ularni tarkibiga kiruvchi yog´ kislotalarini tuzilishi bo´yicha bir-birlaridan farqqiladilar. Masalan, maxsar o´simligidan ajratilgan (Carthamus tinctori) yog´ tarkibida 80% gacha linolen kislotasi saqlanadi. Shuning uchun ham bu o´simlik linolen kislotasi olish uchun yaxshi manba hisoblanadi.
Bugungi kunda, sof holatdagi yog´ kislotalarini olishni eng istiqbolli yo´llaridan biri, fermentativ gidroliz usuli hisoblanadi. Lipaza fermenti ishtirokida olib boriladigan bu usul atrof muhitni ifloslantirmaydi.
Lipazalarni, boshqa esterazalardan farqli tomoni shundaki, ular aggregatsiyaga uchragan substrat molekulalari sirtida faollanadilar. Lipazalar, o´zlarining substratlari (yog´ tomchilarini) sirtida adsorbtsiyaga uchraydilar va faollanadilar. Ilmiy adabiyotlarda, lipidli monoqavatlarda adsorbtsiyalangan lipazalar, substratlarni parchalanish darajasini belgilab beruvchi, ferment-substrat kompleksini hosil bo´lishiga olib keluvchi lipazalar haqida ko´plab ma'lumotlar keltirilgan.
Lipaza suvda eriydigan ferment bo´lib, inson organizmida sintezlanib, neytral yog´larni fraktsiyalashda, eritishda va hazm qilishda ishtirok etadi.Ushbu ferment bir qancha organ, to´qimalarda sintezlanadi va bir necha turlarga bo´linadi:
Oshqozon osti bezi lipazasi
Lingval lipaza (laktatsiya davridagi go´daklarning og´iz bo´shlig´ida joylashgan bezlarda sintezlanadi)
Jigar lipazasi
Ichak lipazasi
O´pka lipazasi
|