• Safro kislotalarini lipoliz jarayoniga ta’siri.
  • Lipaza faolligini aniqlash usullari
  • Boshqa ionlarni lipoliz jarayoniga ta’siri




    Download 4,64 Mb.
    bet54/74
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,64 Mb.
    #230250
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74
    Bog'liq
    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik

    Boshqa ionlarni lipoliz jarayoniga ta’siri
    Fe3+, Cu2+, Hg2+, Mg2+, Co2+ionlari lipaza ingibitorlari hisoblanadi. Bu ionlar reaksion muhitga qo’shilganda lipaza fermentining faolligi 70% gacha pasayib ketadi. Ammo, glitserin, gistidin va boshqa aminokislotalar, bu ionlar ta’sirida sodir bo’lgan inaktivatsiya (faolsizlanish)jarayonini dastlabki ko’rsatkichdan 80% gacha tiklanishiga olib keladi.
    Safro kislotalarini lipoliz jarayoniga ta’siri.
    Safro kislotalari yog‘larni parchalanish reaksiyasini tezlashtirishi ma’lum. In vivo sharoitda safro kislotalari yog‘larni parchalanishi bilan bog‘liq bo’lgan juda muhim fiziologik vazifani bajaradilar. Ma’lumki, bunday sharoitda, mitsella tarkibidagi yog‘lar safro kislotalarining tuzlari, yog‘ kislotalari va monoglitseridlardan iborat bo’ladi. In vivo sharoitda, safro kislotalarini kalsiy ionlari va albumin bilan almashtirish mumkin.
    Faqat past konsentratsiyada safrokislotalari lipoliz j arayonini aktivatorlari sifatida ham ta’sir ko’rsataoladi.
    Lipaza faolligini aniqlash usullari
    Hozirgi vaqtda lipaza fermenti faolligini aniqlash uchun xilma xil metodlar taklif qilingan bo’lib, ularni ba’zilari ferment faolligini vaqt birligida, ba’zilari esa,uzluksiz sharoitda izohlab berishga asoslangan.
    Lipaza faolligini aniqlash usularini quyidagicha tasniflash mumkin:

    • titrometriya;

    • spektroskopiya (fotometriya, fluorimetriya, infraqizilspektroskopiya);

    • xromotografiya;

    • radioaktivanaliz;

    • sirttarangliginio’lchash;

    • turbidimetriya;

    • konduktometriya;

    • immunoanaliz;

    • mikroskopiya;

    • fermentativanaliz.

    Quyidagi jadvalda lipaza fermenti faolligini aniqlashda eng ko’p ishlatiladigan usullar keltirilgan.
    Jadval №5.

    Usul

    Mohiyati

    Afzalligi

    Kamchiligi

    pH-stat

    Lipoliz jarayonida hosil bo’lgan kislotalarni potensiometrik aniqlash

    Boshlang‘ich tezlikni aniqlash uchun uzluksiz kinetikusul

    Kataliz uchun zarur bo’lgan emulgatorlarni va kalsiy ionlarini suvli emulsiyaga kiritilishi o’lchash aniqligini pasaytiradi

    Qaytatitrlash

    Ajralib chiqqan yog‘ kislotalarini ma’lum vaqtdan keyin aniqlash

    Bajarilishi oson bo’lgan usul

    Reaksiya kinetikasini to’xtovsiz aniqlashga yo’l qo’ymaydi

    Kolorimetriya

    Xromogen mahsu-lotlarni ajralib chiqishi;
    Lipoliz natijasida hosil bo’lgan yog‘ kislotalarini xronogen bo’yoqlar bilan kompleks hosil qilishi

    Boshlang‘ich tezlikni aniqlash
    Tabiiy cubstrat-lardan foydalanish;
    pHstat va titrlash usullariga nisbatan sezgir

    Uzoq davom etadigan qiyin reaksiyadan so’ng mahsulotlarni ajratib olish

    Fluorimetriya

    Fluorogenmah-sulotlar,sintetikefirlarvatri-glitseridlarni ajralib chiqishi

    Kinetikani uzluksiz o’lchab borish;
    Yuqori darajada sezgirlik

    Jihozlarni va reaktivlarni qimmatligi

    Suv/havo chegarasida lipidli plyonkalarni ishlatish

    Substrat bilan to’xtovsiz to’ldirib turiladigan sharoitda va sirtga doimiy bosimda substrat monoqavatini (monosloy)
    pachalanishi

    Emulgator ishlatmasdan, kinetik o’lchashlarni olib borish mumkinligi;
    Sirt sifatini nazorat qilib turilishi

    Jihozlarni qimmatligi

    Jarayonni murakkabligi va mehnatni ko’p talab qilishi






    Bu usullarning barchasini tahlil qilinadigan o’lchamlar doirasida uch asosiy guruhga bo’lish ham mumkin. Reaksion sistemada fizikaviy holatni o’zgarishini o’lchovchi usullar:

    • ajralib chiqadigan spirtlarni o’lchash

    • ajralib chiqadigan sof yog‘ kislotalarini o’lchash metodlari

    Valde va Luizlar taklif qilgan IK-spektroskopiya usuli triglitseridlar va o’simlik yog‘larini fermentativ gidrolizi natijasida hosil bo’ladigan yog‘ kislotalari efirlari va sof holdagi yog‘ kislotalarini spektrlari farqini aniqlashga asoslangan. Ushbu moddalarni molyar koeffitsienti ekstensiyasini Ber qonuni asosida baholash mumkin.
    Eng keng tarqalgan usullardan biri pH-stat usuli hisoblanadi. Bu usul lipoliz natijasida hosil bo’ladigan yog‘ kislotalarini NaOH eritmasi yordamida pH ni doimiy ko’rsatkichda ushlab turishga asoslangan.Bu usulni kamchiligi-sezgirligi past. Kalorimetrik usullar, titrlash usuliga nisbatan juda katta sezgirlikka ega.



    Download 4,64 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   74




    Download 4,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Boshqa ionlarni lipoliz jarayoniga ta’siri

    Download 4,64 Mb.