• Lipazaning inson organizmidagi asosiy funktsiyalari
  • Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




    Download 4,64 Mb.
    bet55/74
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,64 Mb.
    #230250
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74
    Bog'liq
    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik

    Organik sintez
    Bu fermentni ko’plab birikmalar organik sintezida ishlatish oziq-ovqat, farmatsevtika va kosmetika uchun toza stereoizomerlar olish imkonini yaratadi.
    Lipaza ishtirokida olib boriladigan sintez kimyoviy sintez oldida qator ustuvorlikka ega.
    -Birinchidan, fermentativ sintez, qimmatbaho, maxsus uskunalar (yuqori bosim va haroratga chidamli bo’lgan) talab qilmaydi;
    -Ikkinchidan, har xil aralashmalar yoki qo’shimcha moddalardan xoli bo’lgan, toza mahsulot olishga imkon yaratadi.Bu esa olinadigan mahsulotni qo’shimcha tozalashni talab qilmaydi.
    -Uchinchidan, har xil substrat spetsifikligiga ega bo’lgan lipazalarni ishlatish orqali xususiyatlari oldindan aniq bo’lgan mahsulot olish mumkin.
    Lipazalardan organik sintezda foydalanishga misol qilib, glikozidlarni atsillangan efirlarini mikroblarga va shamollash uchun ishlab chiqariladigan farmatsevtik preparatlar tarkibiga qo’shiladigan emulgatorlar olishni ko’rsatish mumkin.
    α-gidroksikislota hosilalari terini yallig‘lanishiga qarshi hamda moddalarni teri epidermis qavatidan yaxshi so’rilishini ta’minlovchi sifatida ishlatiladi.
    Xushbo’y hid beruvchi moddalar va spirt efirlari ham lipaza ishtirokida sintez qilinadi.
    Lipazalarni yuqori darajada selektivligi monomerlar aralashmasidan optik faol polimerlar olish imkonini yaratadi.
    Lipazaning inson organizmidagi asosiy funktsiyalari
    Lipazaning barcha turlari inson organizmida yog´larni fraktsiyalarga ajratish, parchalash va qayta ishlash uchun sintezlanadi. Shunga qaramay, lipidlarni o´z vaqtida parchalaydigan va hazm qilish jarayonini katalizlaydigan ferment- oshqozon osti bezi lipazasi. Bu ferment oshqozon-ichak traktida faol bo´lmagan ko´rinishda (prolipaza) sintezlanadi. Prolipaza o´t kislotalari va kolipaza fermenti yordamida faollanadi. Oshqozon osti bezi lipazasi jigar o´t suyuqligi bilan emulsiyalangan yog´larga ta'sir etadi. Shuningdek oshqozon lipazasi tributirin yog´larini, lingval lipaza ko´krak suti yog´larini, jigar lipazasi xilomikronlarni va past zichlikka ega bo´lgan lipoproteinlarni parchalaydi. Bundan tashqari, lipaza to´yinmagan yog´ kislotalari, A,D,E,K vitaminlarini o´zlashtirishda va energiya almashinuvida ishtirok etadi.

    Download 4,64 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   74




    Download 4,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

    Download 4,64 Mb.