• Kerakli jihozlar va idishlar
  • Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli




    Download 4,64 Mb.
    bet58/74
    Sana13.05.2024
    Hajmi4,64 Mb.
    #230250
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74
    Bog'liq
    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik

    Analitik qism: lipaza fermentining inson oragnizmidagi roli qanday?


    Amaliy qism
    Kerakli reagentlar:
    bug‘doy urug‘i
    kvars qumi
    atseton
    dietilefir
    sul'fat kislota
    distillangan suv
    o’yuvchi kaliy (KOH) 0.1 n eritmasi;
    atsetat buferi (pH -4.7)
    etil spirti
    fenolftalein 1% eritma
    o’simlik yog‘i
    Kerakli jihozlar va idishlar:
    1.chinni hovoncha
    2.sentrifuga
    3.vakuum eksikator
    4.konussimon kolba
    5.magnit aralashtirgich
    Tajriba uchun 10-12g bug‘doy urug‘ini kvars qumi bilan gomogen massa xosil bo’lguncha xavonchada eziladi. Gomogen massani ustiga 5 qism atseton qo’shib 10 daqiqa ichida yaxshilab ezib aralashtiriladi. So’ngra massa sentrifugalanadi. Ajralgan qoldiq dietilefir bilan ishlov beriladi, keyinchalik sulfat kislotasi ustida vakuum eksikatorida 12 soat davomida quritiladi. Quritilgan massa xovonchada eziladi. Tajriba oldidan ferment preparati distillangan suvda 1:10 nisbatda eritiladi.
    Tajriba uchun
    a) 0.1-0.5 ml suspenziya;
    b) o’yuvchi kaliy (KOH) 0.1 n eritmasi;
    v) atsetat buferi (pH -4.7) olinadi. Bir hil xajmdagi sirka kislotasi va natriy atsetatni normal eritmalari aralashtiriladi.
    d) etil spirtini dietil efirli aralashmasi (1:1) nisbatda ishlatish oldidan tayyorlanib olinadi.
    g) fenolftaleinni 1% li eritmasi olinadi.
    50mlli konussimon kolbaga tarozida 2.0-2.5 g o’simlik yog‘i o’lchab solinadi.Uning ustiga 2 ml atsetat buferi aralashmasidan solib yaxshilab aralashtiriladi va ustiga 0.1-0.5ml ferment preparatini suspenziyasi 3 ml suv bilan aralashtirilib qo’shiladi. Kolbadagi aralashmani umumiy xajmigacha 8 ml suv bilan to’ldiriladi va kolbani og‘zi yopib 1 soat davomida 20 0 C temperaturada aralashtirgich apparatida aralashtiriladi. So’ng katta xajmdagi kolbaga solib 60 ml neytrallangan spirt efirli aralashmani qo’shiladi.
    O’simlik yog‘ini gidrolitik parchalanishi oqibatida hosil bo’lgan erkin kislotalarni 0.1n KJ eritmasi yordamida titrlanadi (indikator fenolftalein). Bir vaqtni o’zida shu titrlashsuvda eritilgan ferment preparatida xam o’tkaziladi.
    Lipazani faolligi x 1g yog‘ni gidrolitik parchalanishidan xosil bo’lgan erkin kislotalarni neytrlash uchun ketgan ishqor ( 0.1n eritmasini millilitrdagi) miqdori bilan belgilanadi.

    bu erda:

    Download 4,64 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   74




    Download 4,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli

    Download 4,64 Mb.