|
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|
bet | 56/74 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 4,64 Mb. | | #230250 |
Bog'liq Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu Farmatsevtik Lipazaning qondagi normasi
Qon zardobidagi lipazaning me'yoriy miqdori erkaklar va ayollarda bir-biridan deyarli farqlanmaydi. Normada qondagi lipazaning miqdori quyidagicha:
kattalar uchun (18yoshga etganlar) -0-190 birlik/ml;
bolalar uchun (17yoshgacha) -0-130 birlik/ml;
Qondagi lipaza miqdorini oshib ketishi
Pankreatik lipaza oshqozon osti bezi kasaliklarini tashxisida keng qo´llaniladi. Ushbu organning u yoki bu patologiyasida qon zardobidagi lipazaning miqdori bir necha marta oshadi. Xususan, quyidagi kasalliklarda qondagi lipazani miqdori oshib ketadi:
o´tkir pankreatit
surunkali pankreatit
oshqozon osti bezining onkologik kasalliklari
o´t pufagi kasalliklari
ichak o´tkazuvchanligining pasayishi
ichakinfarkti
moddalar almashinuvining buzilishi (qandli diabet, ortiqcha vazn)
o´tkir va surunkali buyrak etishmovchiligi
oshqozon yarasi
bir qator dori vositalarini qabul qilish (narkotiklar va analgetiklar)
oshqozon osti bezining shikastlanishi
peritonit
parotit
Kamdan kam xolatlarda lipazani faollanishi trubkasimon suyaklarni sinishi va boshqa jarohatlar sababidan sodir bo´ladi. Lekin organizmda ferment miqdorining «sakrashi» turli jismoniy jarohatlarning spetsifik alomati deb xisoblanmaydi, shuning uchun jaroxatlar diagnostikasida lipazaning taxlil natijalari ishlatilmaydi.
Qon zardobidagi lipaza miqdorining oshishi oshqozon osti bezining kasallanishini chaqiradi. Bunda amilaza fermentinining ham miqdori oshadi.Bemorlarning sog´ayish davrida amilaza va lipazalarni normal xolatga kelishi barobar kechmaydi.
Mahsus tadqiqotlar natijalariga ko´ra¸ pankreatit kasalligi bilan og´rigan bemorlarda ham dastlabki kunlarda lipaza fermentining faolligi oshishi kuzatiladi va 3-7 sutka davomida saqlanib turadi. Ya´ni ferment 3-7 sutka davomida faolligini yo´qotmaydi. 1-2 haftadan so´ng ferment faolligi pasayadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Amaliy mashg’ulot materiallari mashg‘ulot№1 Mavzu: Farmatsevtik biotexnologiya va uning zamonaviy yo’nalishlari Mashg'ulot shakli
|