«BLITS-O’YIN» uslubida talabalarni mashg’ulot mavzusini tekshirish uchun jadvalda keltirilgan mavzu bosqichlarini to’gri ketma-ketligini belgilashdan iborat. Bunda taldaba
1. Uglevodlar qanday moddalar?
Zamonaviy biotexnologiyada fermentlarning o'rni beqiyos. Fermentlar va ferment sistemalar
sanoatning turli sohalarida, tibbiyotda, qishloq ho'jaligida, kimyoviy tahlilda va h.k. keng qo'llanilmoqda.
Fermentlar oqsil tabiatiga ega bo'lganligi uchun ularni saqlash ancha qiyin. Shuningdek ular issiqlik ta'siriga ham chidamsiz. Bunda tashqari ularni reaktsiyadan so'ng qayta ishlatib bo'lmaydi. Chunki fermentlarni reaktsiya mahsulotlari orasidan ajratib olish murakkab.
Yuqoridagi muammolarni fermentlarni immobilizatsiyalash yordamida hal etish mumkin. Immobilizatsiyaga 1916 yil J.Nel'son va E.Griffinlar asos solganlar. Ular ko'mirga adsorbtsiyalangan invertaza
6 fermentining katalitik faolligi saqlanib qolishini ko'rsatib berganlar.
Ferment immobilizatsiyasi deyilganda oqsil molekulasini erkin harakatini cheklash tushuniladi. Immobilizatsiyaning tehnikasi 2 hil:
faol holatdagi fermentni erimaydigan asosga bog'lash yoki ulash;
faol holatdagi fermentni yarim ot'kazgich memranaga kiritib qo'yish
Fermentlarni asos ya'ni tashuvchiga biriktirish adsorbtsiya yoki kimyoviy bog' hosil qilish bilan amalga oshiriladi. Fermentlarni organik va anorganik gellarga ham kiritish mumkin.
Ferment va tashuvchi o'rtasida kimyoviy bog' hosil qilish o'ta ehtiyotkorlik talab etadi. Tashuvchi bilan kimyoviy bog' hosil qilayotgan fermentning funktsional guruhi fermentning katalitik markaziga kiruvchi yoki ferment-substrat kompleksini hosil qiluvchi guruh bo'lmasligi kerak. Tashuvchi (matritsa) granula, plastinka, trubka, plenka, kapsula va boshqa shakllarda bo'lishi mumkin. Tashuvchi zarralarining o'lchami ham katta ahamiyatga ega. Zarralarning diametri 0,1-0,2 mm bo'lgani maqsadga muvofiq. Tabiiy moddalar yoki sintetik polimerlarni tashuvchi sifatida ishlatish mumkin.
Immobillizatsiyalangan fermentlar quyidagi afzalliklarga ega:
Katalizatorni reaktsion muhitdan ajratib olish oson (chunki katalizator tashuvchiga ulangan). Bu esa reaktsiyani istalgan vaqtda to'htatish va katalizatorni boshqa reaktsiyalarda qayta ishlatish imkonini beradi. Olinayotgan mahsulot toza hamda katalizator bilan aralashmagan holda bo'ladi.
Fermentativ reaktsiyani uzluksiz o'tkazish mumkin. Shuningdek reaktsiya tezligi va mahsulotning chiqishini boshqarish mumkin.
Ferment molekulasini aniq bir maqsadli o'zgartirish uning qator hossalariga ta'sir qiladi; substrat bilan spetsifik bog'lanishi, katalitik faollikni pH muhit va ion kuchiga bog'liqligi, denaturatsiya7lovchi faktorlarga chidamlilik va h.k.
Ferment ulangan tashuvchining hossalarini o'zgartirib fermentning katalitik faolligini idora qilish mumkin. Bunda tashuvchiga yorug'lik, tovush kabi fizik faktorlar ta'sir etganida fermentning katalitik faolligi o'zgaradi.
Fermentlarni immobilizatsiyalashning har hil yo'llari bor:
fermentni erimaydigan tashuvchiga bog'lash;
ferment molekulasining ichki funktsional guruhlarini bir-biri bilan bog'lab qo'yish;
fermentni eriydigan tashuvchiga bog'lash.
Qon tomirlaridagi tiqilmalarga fermentlarning ta'siri.