|
Oliy ta’limda «Informatika fanlarini o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi
|
bet | 3/8 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 42,95 Kb. | | #125969 |
Bog'liq 9WB3injodk- HIP2a-xNrB9YSpthgMFf (1) (1)Oliy ta’limda «Informatika fanlarini o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining to‘xtovsiz rivojlanishi va turli
sohalarda joriy qilinishi shubhasiz jamiyat taraqqiyotiga olib keladi. Zero,
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda esa «Jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo‘lgan
zamonaviy bilimlarni egallamay turib mamlakat taraqqiyotini ta’minlash qiyin».
Informatika fanlarini o‘qitish metodikasi informatikani o‘quv predmeti sifatida
hamda turli yoshdagi o‘quvchilarga informatika fanlarini o‘rgatish jarayonining
qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir. Informatika o‘qitish metodikasi fan sifatida XX
asrning ikkinchi yarmida, O‘zbekistonda esa 1985-yildan boshlab shakllandi. Bunga
asosiy omil bo‘lib umumo‘rta maktablarga «Informatika va hisoblash texnikasi
asoslari» fanining kiritilishi bo‘ldi.
Informatika o‘qitish metodikasi bo‘yicha birinchilar qatorida akademiklar
V. Qobulov, M. Kamilov, T. Bekmurodov, professorlar M. Ziyoxo‘jaev,
A. Abduqodirov, M. Aripov, U.Sh. Begimqulov, U. Yuldoshev, F. Zakirova,
R. Boqiyev, M. Begalov, dotsent T. Azlarov va boshqalar tomonidan ilmiy izlanishlar
olib borildi va bu sohada muayyan yutuqlarga ham erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga yangi bo‘g‘in, o‘rta-maxsus va kasb
hunar ta’limining kiritilishi bilan, informatika o‘qituvchilari uchun «Informatika
o‘qitish metodikasi» fanini yaratish dolzarb muammolardan biri bo‘lib qoldi.
Informatika fan sifatida informatsion jarayon (axborotlashgan jarayon) larning
qonuniyatlarini o‘rganadi. Informatsion jarayon keng tushuncha bo‘lib,
ma’lumotlarni jamlash, uzatish, saqlash, to‘plash, qidirish va iste’molchiga
berishgacha bo‘lgan jarayonlarni o‘zida aks ettiradi.
Umumiy qilib aytganda, informatika fani axborot texnologiyalari vositalari
yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish
usullarini va ularni boshqarish usullarini tizimli ravishda o‘rganuvchi fandir.
Informatikaning asosiy vazifasi axborotni saqlash, uzatish, qayta ishlashning
yangi usullari va vositalarini hamda informatsion texnika va texnologiyalarini
yaratish, ularni amaliyotda qo‘llash kabi muammolarni hal etishdan iboratdir.
Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot va kommunikatsiya vositalardan
foydalanish borasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-
iyundagi ― Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida‖gi 200-sonli qarori qabul
qilingan bo‘lib, ushbu qarorlarni bajarish maqsadida respublikamizda ta’lim
muassalarining global tarmog‘iga ulanishi va elektron nashrlar bilan ta’minlanishiga
e’tibor kuchaydi.
Ushbu fan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv-uslubiy birlashmalar
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi ma’qullagan davlat ta’lim standarti asosida
tuzilgan. Ushbu dastur bakalavr talabalari tomonidan zamonaviy va tobora keng ko‘lamda qo‘llanilayotgan innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari asosida
«Informatika» fanini o‘qitishda o‘qitish tizimini tashkillashtirishning nazariy hamda
amaliy jihatlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi.
Mamlakatimizda har tomonlama munosib yoshlarni, Vatanimiz kelajagi uchun
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, jismoniy va ma’naviy sog‘lom,
barkamol avlodni tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish, birinchi navbatda, har
birimiz o‘z ishimizni qanday tashkil etishimiz, oldimizga qo‘ygan ulkan maqsadlarga
erishish uchun kuch va imkoniyatlarimizni, bilim va tajribamizni qanchalik samarali
safarbar eta olishimizga bog‘liq.
Fanni o‘qitishdan maqsad o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarida
informatika fanidan dars beradigan bo‘lg‘usi pedagoglarga ta’lim va tarbiya
metodikasini o‘rgatishdan va talabalarda shu sohada nazariy va amaliy professional
bilimini shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari informatika fanini maqsad va vazifalari, mazmuni,
metodlari, vositalari, shakllari va texnologiyalari kabi mavzularni o‘rgatish hamda
talabalarga informatika fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot
texnologiyalarini qo‘llash, nazariy va amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini samarali
tashkil etish, ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda shaxsga yo‘naltirilgan
va rivojlantiruvchi metodlardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yidagi talablar
qo‘yiladi. Talaba:
o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim tizimidagi informatika fanini o‘qitish
tamoyillari;
informatika fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari haqida tasavvurga ega
|
| |