|
Amaliy matematika fakulteti
|
bet | 5/8 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 42,95 Kb. | | #125969 |
Bog'liq 9WB3injodk- HIP2a-xNrB9YSpthgMFf (1) (1)Standart ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o‘zlashtirish
ekvivalenti, ya’ni ta’lim mazmunini o‘zlashtirish darajasidir. Standartni ishlab
chiqishda o‘quvchini haddan tashqari zo‘riqtirib yubormaslik talablariga rioya qilish,
ya’ni u o‘quvchi yoshiga mos, uni o‘zlashtirishga qurbi yetadigan darajada bo‘lishi
kerak. Bunda albatta, ta’lim oluvchining qiziqishi, xohishi, ehtiyoji hisobga olinishi
lozim. Ta’lim standartlarini o‘zlashtirishda shaxsga muhim ahamiyat berilishi, unga
yakka tartibda yondashilishi maqsadga muvofiqdir. Standartlarni o‘quv jarayoniga
tatbiq etishdan oldin o‘ta puxtalik bilan tajriba-sinovdan o‘tkaziladi va shu asosda
bosqichma-bosqich o‘quv jarayoniga kiritib boriladi.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalari oldiga muayyan ijtimoiy buyurtmalar
qo‘yayotgan ekan, o‘sha muassasalar tomonidan tayyorlanadigan kadr egallashi
lozim bo‘lgan ijtimoiy sifatlarining minimal chegarasini ham ko‘rsatib berishi
tabiiydir. Tarbiyalanuvchi yoki ta’lim oluvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim,
ko‘nikma, malaka yoxud ma’naviy sifatlarning eng quyi miqdori ilmiy asoslarda
belgilab berilgan rasmiy pedagogik hujjat davlat ta’lim standarti hisoblanadi.
Standartlarda belgilangan natijalarga erishilmasa, yo o‘sha ko‘rsatkichlarni egallay
olmagan bola, yoxud yoshlarda muayyan miqdordagi bilim, ko‘nikma, malaka va
ma’naviy sifatlarni shakllantira olmagan pedagogikani mukammal deb bo‘lmaydi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, davlat ta’lim standarti (DTS) nazorat vositasi, ayni
vaqtda, ta’lim muassasalarida ko‘zlangan ko‘rsatkichlarni qo‘lga kiritish uchun zarur
bo‘lgan sharoitni belgilash o‘lchovi hamdir. Davlat ta’lim standartlarining
ko‘rsatkichlari qo‘lga kiritish uchun zarur bo‘lgan sharoitni belgilash o‘lchovi
hamdir. Davlat ta’lim standartlarining ko‘rsatkichlari amaldagi mavjud ta’lim
mazmunidan emas, balki shakllantirilayotgan o‘quvchiga singdirilishi lozim bo‘lgan
sifatlarning jahon bo‘yicha zarur deb hisoblangan miqdoridan kelib chiqadi.
Davlat ta’lim standartlarining ikki asosiy vazifasini alohida ta’kidlab ko‘rsatish
lozim. Bunday standartlar umumiy o‘rta maktabda o‘quvchilarga beriladigan ta’lim
mazmunining majburiy minimumini hamda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga
qo‘yiladigan talablar majmuasini belgilab beradi. Ta’lim mazmunining majburiy
minimumi o‘quv dasturlari va darsliklarda to‘liq o‘z ifodasini topishi shart.
Bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga ko‘ra o‘quvchi muayyan bosqichda
egallashi shart bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal miqdori
belgilanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga DTSni joriy etish talablari rivojlangan G‘arb
mamlakatlari tajribasiga asoslanadi. Ammo shuni ham aytish kerakki, hali dunyodagi
birorta jamiyatda ta’limni standartlashtirish keng ko‘lamda amalga oshirilayotgani
yo‘q. Chunonchi, mazkur yumushga birinchi bo‘lib qo‘l urgan Fransiyada bu ish
hanuzgacha sinov darajasida, AQShda esa DTS yaratishga endigina kirishilmoqda.
Yaponiya va Germaniya ta’lim muassasalarida mazkur muammoni hal etish
rejalashtirish bosqichida turibdi. O‘zbekistonda ta’lim standartlari masalasiga davlat
miqyosida yondashildi va uni ilmiy yo‘sinda hal etishdan tashqari, ta’lim-tarbiya
amaliyotiga joriy qilish maqsadida uzoq vaqt izlanishlar olib borildi, tajriba-sinovlar
amalga oshirildi.
|
| |