|
Amaliy matematika fakulteti
|
bet | 4/8 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 42,95 Kb. | | #125969 |
Bog'liq 9WB3injodk- HIP2a-xNrB9YSpthgMFf (1) (1)bo‘lishlari;
informatika fanini o‘qitish texnologiyalarini tanlash;
informatika fani bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni
nazorat qilish va baholashni;
informatika fanidan o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini tashkil etishni bilishi
va ulardan foydalana olishi;
informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish va
tashkillashtirish yo‘llarini;
informatika fani darslarini innovatsion texnologiyalar yordamida
tashkillashtirishi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi;
informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni rejalashtirish;
informatika fanidan darsdan tashqari mashg‘ulotlarni tashkillashtirish;
informatika fani darslarini innovatsion texnologiyalar yordamida
tashkillashtirish;
informatika fani o‘quv jarayonini tashkil etish;
ta’lim vositalaridan foydalanish bo‘yicha malakalarga ega bo„lishi kerak.
Oliy o‘quv yurtlarida informatika va axborot texnologiyalari fanining mazmuni
quyidagilardan iborat:
axborotlarni to‘plash, uzatish va qayta ishlashning umumiy tavsifi;
axborotli jarayonlarning texnik va dasturiy ta’minoti;
axborot texnologiyalarining turlari va ko‘rinishlari;
zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning tuzilishi;
zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga qo‘llash va uning
ahamiyati;
o‘quv va nazorat qiluvchi dasturlar va ular bilan ishlash;
matnli va grafikli axborotlarni qayta ishlash texnologiyalari;
multimediali texnologiyalar bilan ishlash;
tarmoq texnologiyalari bilan ishlash;
internet texnologiyasi bilan ishlash;
masofaviy ta’limni yo‘lga qo‘yish va boshqalar.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsadi va vazifalari
quyidagilardan iborat:
kompyuterni kundalik aqliy faoliyatda yordamchi sifatida foydalanishni
yo‘lga qo‘yish;
axborot madaniyati va uning ahamiyati haqida bilim berish;
zamonaviy telekommunikatsiya, virtual voqelik, multimedia tushunchalarini
shakllantirish;
axborot texnologiyalaridan foydalana olish;
informatika vositalaridan foydalanish xavfsizligi masalalari, aqliy mulk va
dastur ta’minotidan foydalanishning huquqiy tomonlari bilan tanishtirish va
boshqalar.
Informatika fanining eng asosiy tushunchalaridan biri axborot tushunchasidir.
Axborot tushunchasi informatika fanida juda ko‘p qo‘llaniladigan tushuncha bo‘lib,
informatika fani ayni shu axborot ustida bo‘ladigan turli xil jarayonlarni tashkil qilish
va boshqarishning qonun-qoidalarini o‘rganib boradi.
Ta’limning mazmuni uning vazifalaridan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni
ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimidir. O‘quvchi ilmiy bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallash jarayonida aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantiradi,
dunyoqarashi, axloqi shakllanadi, hayotga, mehnatga tayyorlanadi. Ta’lim
mazmuniga insoniyat to‘plagan barcha ijtimoiy tajribalar kiradi. Uning mazmuni,
hajmi, ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talab va ehtiyojlari, fan-texnika taraqqiyoti
darajasi bilan belgilanadi. Ya’ni uning mazmuniga tabiat, jamiyat, inson va uning
tafakkuri haqidagi bilimlar, hozirgi zamon fani, texnikasi, madaniyati, ishlab
chiqarishdagi yangiliklar kiritiladi. Ta’limning mazmuni o‘zgaruvchan, u doimo
yangilanib turadi.
Bugungi kunda ta’limning mazmuni O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi»da belgilangan
vazifalardan kelib chiqadi. Ta’lim mazmuni jamiyat umumiy o‘rta ta’lim oldiga
qo‘yayotgan talab buyurtma asosida belgilanishi kerak. Ya’ni shakllanayotgan inson
nimani bilishi, o‘rganishi, qanday insoniy fazilatlarga ega bo‘lishi haqidagi savollarga
javob berishi kerak.
Ta’lim jarayoni o‘quvchilarda: bilimdonlik, mustaqil fikrlash, ijodkorlik,
tirishqoqlik, tashabbuskorlik, ziyraklik, intizomlilik, qiziquvchanlik kabi xislatlarni
shakllantiradi. Tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkuriga munosabati ham ta’lim
mazmunini belgilashga, ta’lim olishga yordam beradi. O‘quvchi o‘zida shakllangan
munosabatlarga asoslanib tevarak-atrofdagi narsalarni, voqealarni baholaydi; oq
qorani ajratadi, ilmiy va g‘ayriilmiy hodisalarning farqiga boradi.
Ta’lim mazmuniga kiritilgan o‘quv materiali yuqori ilmiy va amaliy
ahamiyatga ega bo‘lishi, ta’lim jarayonining imkoniyatlariga mos bo‘lishi (ta’limni
tashkiliy shakllari, qonuniyatlar, tamoyillari, usullari, o‘quvchilarning umumiy
rivojlanishi darajalariga, maktabning o‘quv-metodik hamda moddiy holati hisobga
olinishi) lozim. Shuningdek, ta’lim mazmunini belgilashda maktabda o‘qitiladigan
barcha fanlarning o‘ziga xos xususiyatlari va fanlararo aloqa hisobga olinishi shart.
Ta’lim mazmuni ilmiy asoslangan DTS, o‘quv rejalari, dasturlari va
darsliklarida ifodalanadi. Xususiy metodika nuqtayi nazari bo‘yicha «ta’lim» aynan
bir o‘quv fani asosida o‘qitish va o‘qish faoliyatlarini birgalikda amalga oshirishni
anglatadi. Pedagogika fani nuqtayi nazaridan qaralganda esa «ta’lim» o‘qituvchi va
o‘quvchi ta’sirining majmuyi bo‘lib, uning natijasida o‘quvchining aqliy salohiyati
(intellekti), ruhiyatini rivojlantirish ma’nosini bildiradi.
Bilim tabiat, jamiyat, inson ongida amal qilinadigan qonuniyatlarning turli
belgilar (masalan, yozuv) vositasida moddiylashtirilgan ko‘rinishidir. Bilimlar
qarash, g‘oya, ta’rif, qoida, aniqlik, aksioma, teorema, omil va boshqa shakllarda
beriladi.
Ta’lim jarayoni tarkibiga ko‘ra, o‘ta murakkab didaktik hodisadir. Agar bu
jarayonga o‘qituvchi faoliyati nuqtayi nazaridan yondashsak, «o‘qitish jarayoni»,
o‘quvchilar faoliyati nuqtayi nazaridan esa «o‘quv jarayoni» iboralari qo‘llaniladi.
O‘qitish eng qadimiy faoliyat turlaridan biridir. U mehnatning ijtimoiy
taqsimlanishi natijasida alohida kasb sifatida ajralib chiqqan. Kishilar o‘qituvchilik
kasbiga maxsus tayyorlanadi.
Ta’lim ma’lum bosqichlar asosida amalga oshiriladi: o‘rganiladigan narsa
hodisalarni bevosita yoki bilvosita idrok etish; oldin o‘rganilgan bilimlarni xotiraga,
ya’ni esga tushirish; bilimlarni amalda qo‘llash, fikrlash, ularning umumiy va xususiy
alomatlarini ajratish.
Hozirgi an’anaviy maktabda asosiy e’tibor bilimlarni o‘zlashtirishga, ko‘nikma
va malakalarni shakllantirishga qaratiladi. Bu o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish
tajribasining eng zaif tomonidir. Ma’lumot mazmunining barcha elementlariga rioya
qilib, ta’lim jarayonini tashkil etish yo‘li bilangina har tomonlama rivojlangan
yoshlarni yetishtirib chiqarish mumkin. Ta’limning asosiy mazmunini uning
vazifalari oydinlashtirib beradi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan
vazifalar kiradi. Bu vazifalar ichiga ilmiy va texnikaviy bilimlar hamda ular bilan
bog‘liq bo‘lgan malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan
tarixiy va madaniy qadriyatlarda hayotning ma’nosi, jamiyatda insonning tugtan
o‘rni, ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqidagi hikmatli fikrlar borki, bular bugungi xalq
ta’limi taraqqiyoti uchun va milliy maktab yaratishi borasida yoshlarimizda
insonparvarlik, poklik, imon-e’tiqod, muruvvat, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do‘stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari tuyg‘ularini
tarbiyalaydi52 .
Ta’limni standartlashtirish-insoniyatning ijtimoiy ongida ro‘y bergan tub
o‘zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruratdir. Chunki axborotlar almashinuvi
maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida yashayotgan kishi
ikkinchi qutbda sodir bo‘layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne boisdan
aynan shu tarzda ro‘y berganini anglashi va his qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir
vaqtda yashab turib, bir-birini tushunmaslik ba’zan insonlar o‘rtasidagi
munosabatlarni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ham
iqtisodiy ahvoli va taraqqiyot darajasi turlicha bo‘lgan davlatlarda yashovchi barcha
kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji paydo
bo‘ldi. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga chiqardi.
|
| |