• O‘quv fan dasturi
  • Amaliy matematika fakulteti




    Download 42,95 Kb.
    bet6/8
    Sana21.12.2023
    Hajmi42,95 Kb.
    #125969
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    9WB3injodk- HIP2a-xNrB9YSpthgMFf (1) (1)

    O‘quv rejasi davlat hujjatidir. Unga barcha umumta’lim maktablari so‘zsiz
    amal qiladi. Bu hujjatda sinflar bo‘yicha o‘rganilishi lozim bo‘lgan o‘quv fanlari va
    shu fanlar uchun ajratilgan o‘quv soatlari ko‘rsatiladi. Bu hujjat maktabning yagona
    o‘quv rejasi hisoblanib, u xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Alohida aniq
    bir fanning o‘quv rejasi shu fanni o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining
    tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatidir.
    O‘quv fan dasturi har bir alohida fan uchun o‘quv dasturi tuziladi. Dastur
    o‘quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o‘quv rejasi bo‘yicha ajratilgan soat
    va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini o‘zida
    aks ettiradigan davlat hujjatidir.
    O‘quv dasturida bir sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan
    ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda fanning
    mazmuni, mavzu ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchini to‘ldirishi, izchillik bilan
    yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko‘rsatiladi. O‘quv dasturida shu fan bo‘yicha
    o‘quvchilarga berilishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar kichik
    mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi.
    Fanning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda boblarga bo‘linadi. Boblar
    katta-katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo‘linib, shu mavzu
    yuzasidan o‘quvchi qanaqa bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishi lozim
    bo‘lsa, uning mazmuni qisqacha ifodalanib beriladi. O‘quv dasturining o‘zini amal
    qilinishi kerak bo‘lgan prinsiplari mavjud:
    1. Dasturning aniq bir g‘oyaga asoslanganligi. Mustaqil jamiyatimiz
    taraqqiyotining tamoyillariga asoslangan holda isloh qilingan har bir sohadagi fan,
    texnika, ishlab chiqarish, ijtimoiy munosabatlarda erishilgan yutuqlar darajasini ilmiy
    asosda aks ettirshi lozim.
    2. Dastur ilmiylik prinsipiga asoslanadi. Har bir ta’lim va tarbiya g‘oyalari,
    ilmiy jihatdan tekshirilgan, ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar
    asosida kiritiladi.
    3. O‘quv dasturi aniq mazmun va mantiqiy g‘oyalarni o‘zida aks ettirishi
    lozim. Dasturda fanning maqsad va vazifalari undagi bilim asoslari misollar va
    masalalar orqali o‘rgatiladi. Aks holda o‘rgatilayotgan bilim asoslarini nazariy
    jihatdan tushunish qiyin bo‘ladi. 4. Nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi. Talabalar olgan nazariy
    bilimlarini, amalda qo‘llay olishi ko‘nikmasini shakllantirish nazarda tutiladi.
    5. O‘quv dasturini tuzishda fanning tarixiy saboqlari inobatga olinadi. Vaqt
    o‘tishi bilan fan olamida yangi-yangi kashfiyotlar, ma’lum bir ilmiy qonun-qoidalar
    paydo bo‘lib, fan takomillashib boradi. Dastur fanning kelajakdagi itsiqbolini o‘zida
    qisqacha ifodalaydi.
    6. O‘quv dasturi davlat tomonidan tasdiqlangan reja asosida bakalavr, magistr,
    litsey, gimnaziya, kollejlarga alohida-alohida tuziladi.

    Download 42,95 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 42,95 Kb.