• Klaviatura.
  • Amaliy matematika




    Download 7.39 Mb.
    bet12/104
    Sana14.05.2023
    Hajmi7.39 Mb.
    #59711
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104
    Bog'liq
    Amaliy matematika
    a YASHNAR MENEJMENT, Eshmo\'minova Nozanin, 1.5, 7-Modu lMa`lumotlar ombori, Sayt turlari haqida, Kompyuter-zamonaviy-texnik das TEST, buyruqlar na`munalari, 1-машғулот, kursavoy, kursavoy tixoxodniy val, 125302-67728, Yuza g adir-budirliklari; mkm (2)
    3. Klaviatura va sichqoncha
    Klaviatura va sichqoncha ma’lum ma’noda bir-birining o'rnini bosadigan, ma’lumotlarni kiritadigan va kompyuter bilan muloqot qilish vazifasini o'taydigan qurilmalardir. Ularsiz kompyuterda ishlab bo'lmaydi. Ular yordamida Siz operatsion tizimga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan dasturiarga buyruqlar, shuningdek, bu qurilmalar yordamida dasturlarga kerak bo'lgan ma’lumotlar kiritiladi.
    Klaviatura. Klaviatura 101-105 asosiy klavishlardan tuzilgan. O'z vazifalariga ko'ra tugmalar beshta guruhga bo'linadi:
    1. Harflar va sonlarni kiritadigan tugmalar, u oddiy yozuv mashinkalarning tugmalariga



    о xshaydi.

    1. Boshqaruvga oid tugmalar.

    2. Funktsional yoki amal tugmalar.

    3. Sonlar kiritadigan tugmalar.

    4. Maxsus belgilardan iborat tugmalar.

    Eng katta guruh - birinchi guruh bo'lib, ular yordamida rus va lotin
    katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo'lmagan klavishning nomi Spacebar yoki Space deb ataladi va bo'shliq belgisini kiritishga mo'ljallangandir. Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo'ljallangan.
    Pastki registrda kichik, yuqori registrda esa katta harflar kiritiladi.
    Kirill (rus) alifbosidan lotin (ingliz) alifbosiga yoki aksincha, lotinchadan ruschaga o'tish Siz ishlaydigan dasturga bog'liq. Masalan, Windows da alifbo avtomatik ravishda tanlanadi. (Ekranning eng pastki qismida).
    Ekranga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi. Buning uchun maxsus belgi bor, u kursor deb ataladi. Agar ekran matn kiritish holatida ishlab turgan bo'lsa, unda kursor o'chib-yonib turadigan vertikal chiziqcha yoki harfning ustiga tushadigan to'rtburchakka o'xshaydi va matn kursori deb nomlanadi.
    Agarda ekran grafik holatda ishlab turgan bo'lsa, unda kursor yonib-o'chib turadigan gorizontal chiziqchaga o'xshaydi. Xullas, kursor ko'rinishi holatga qarab o'zgaradi.
    Boshqarishga oid klavishlar har xil boshqarish vazifalarini bajaradi. Ayrim klavishlar, masalan: CapsLock, NumLock va Scroll Lock klavishlarining ishlash vazifasini o'zgartirib turadi.
    Shift, Ctrl, Alt klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi. Masalan, Ctrl+Alt+F degani Ctrl, Alt va F klavishlarini birdaniga bosishni bildiradi.
    Fl dan F12 gacha bo'lgan klavishlar funktsional klavishlar deb nomlanadi. Dastur tuzilishiga qarab, ushbu klavishlar har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Bular 12 ta bo'lishiga qaramasdan, ko'pincha Fl dan F10 gachasi ishlatiladi. Odatda Fl klavishi yordamchi ma’lumotlarni olish uchun xizmat qiladi (Spravochnik).
    Num Lock (sonlarni saqlash) - sonlar kiritishning kichik klaviaturasi sonni kiritishga yoki kursorni boshqarishga moslanadi. Sonlarni kiritish klavishlari ikki rejimda ishlashi mumkin:

    • sonlarni kiritganda,

    • kursorni boshqarishda.

    Ikki holatning biridan ikkinchisiga o'tishni Num Lock klavishi bajaradi. Sonlarni kiritish paytida sonlar klaviaturasi kalkulyatorning klaviaturasiga o'xshaydi. Sonlarni va arifmetik amallar belgilarini kiritish uchun qulaylik yaratadi. Sonlarni kiritgan paytda Num Lock chirog'i yonib turishi kerak, agarda Num Lockni ko'rsatuvchi chiroq o'chgan bo'lsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin.

    Download 7.39 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   104




    Download 7.39 Mb.