Jadval loyihasi bilan ishlovchi lentaning oxirgi boʻlimi jadvallarni chizish uchun foydalaniladi. Jadval yaratish, chizish uchun jadvalning chiziqlari koʻrinishi, chiziqning qalinligi,
rangi tanlanadi.
Jadvalchizish
[Нарисовать таблицу] buyrugʻi yordamida jadvalni chizish mumkin. Jadvalda ortiqcha chiziqlar chizilgan boʻlsa, [Ластик] buyrugʻi bilan oʻchirish mumkin.
Jadval elementlari
Jadval elementlari bilan ishlash lentasi 6 ta boʻlimdan iborat. [таблица] boʻlimida jadval elementlarini tanlash uchun [Выделить] buyrugʻidan foydalanish mumkin. Odatda jadvalning yacheykasini, qator, ustun yoki butun jadvalni belgilash imkoniyati bor. [Отобразитьсетку] buyrugʻi jadvalni toʻr koʻrinishda tasvirlaydi. [Свойства] jadval xususiyatlari bilan ishlashga yordam beradi.
Qator va ustunlar bilan ishlash
[Строки и столбцы] boʻlimi jadvalda elementlarini qoʻshish va oʻchirish imkoniyatlarini beradi. [Удалить] buyrugʻi yordamida jadvalning yacheykasini, qator, ustun yoki butun jadvalni oʻchirish mumkin. [Вставить сверху] buyrugʻi kursor turganjoydan bitta yuqoriga qator joylashtiradi. [Вставить снизу] esa kursor turgan joydan bitta pastga qator joylashtiradi. [Вставить слева], [Вставить справа] buyruqlari kursorning mos ravishda chap va oʻngidan ustun joylashtiradi. Agar bir nechta qator yoki ustun belgilangan vaqtda bu buyruqlar amalga oshirilsa, shuncha qator yoki ustun qo'shiladi.
Yacheyka bilan ishlash
[Размер ячейки] bo'limi faqat jadvalning yacheykasi bilan ishlashga mo'ljallangan bo'lib, [Автоподбор] jadvalni hujjatning ko'rinishiga moslab olish, jadvalda yozilgan matnlar bo'yicha tekislash ishlarini bajaradi. Yacheykaning balandligi va uzunligini kiritish, o'zgartirish ham mumkin. [Выровнять высоту строк] buyrugi qatorlarning balandligini bir xil O’lchamga keltiradi. [Выровнять ширину столбцов] buyrui esa ustunlarning uzunligini bir xil o'lchamga keltiradi.
Birlashtirish
[Объединить] bO’limidagi [Объединить ячейки] buyrui tanlangan bir nechta yacheykani birlashtiradi, [Разбить ячейки] yacheykani qator va ustunlarga bo'ladi, [Разбить таблицу] jadvalni ikkita jadvalga ajratadi.
Matnni joylashtirish
[Выравнивание] bo'limida ham yacheykalar bilan ishlash ko'zda tutilgan bo'lib, yacheykada yozuvni joylashtirish (9 ta usuli bor: yuqori chap, yuqori o'rta, yuqori o'ng, o'rta chap, o'rta, o'rta o'ng, past chap, past o'rta, past o'ng) imkoniyatini beradi, [Направление текста] yacheykadagi yozuvning yo'nalishini (3 ta: oddiy chapdan o'ngga, pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga) ta’minlaydi. [Поле ячейки] yacheykaning chagaralarini tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Ma’lumotlar
[Данные] bo'limi jadvaldagi ma’lumotlar bilan ishlash mumkin. [Сортировка] tanlangan ustun yoki qatorlarni o'sib borish tartibida tartiblaydi. [Повторить строки заголовков] javdal sarlavhasini takrorlaydi, agar u boshqa betga o'tgan bo'lsa. [Преобразовать в текст] Jadvalni matn ko'rinishida tasvirlash. [Формула] yordamida jadvalda hisoblash ishlarini olib borish mumkin. Masalan, qatorlar yig'indisini hisoblash uchun formula qatorida [=SUM(ABOVE)] ni, ustunlar yig'indisini hisoblash uchun esa [=SUM(LEFT)]ni yozish kerak.
3. [Вставка] lentaning keyingi bo'limi [Иллюстрации] ko'rgazmali va tasvirli obyektlar o'rnatishga mo'lj allashtirilgandir.
[Рисунок] rasmlarni fayldan joylashtirish uchun mo'ljallangan. [Клип] wordning rasmlar to'plamidan rasmlarni joylashtirishga mo'jallangan. [Фигуры] wordda turli xil shakllarni chizish va rasmlarni yaratish imkoniyatini beradi. [SmartArt] va [Диаграмма] turli xildagi diagrammalarni o'rnatish uchun ishlatiladi.
[Связи] bo'limi hujjatda bo'limlarni o'zaro bog'lash va havolalar qo'yish uchun ishlatiladi. [Гиперссылка] hujjatda havolalarni o'rnatish imkoniyatini beradi. [Закладка] hujjatning zarur matnlariga murojaat qilish uchun belgila bolish. [Перекрестная ссылка] tayyorlangan hujjatning bandlari bo'yicha havolalar o'rnatish uchun foydalaniladi.
[Колонтитул ]bo'limi hujjat betining yuqori va pastki qismlarida yozuvlarni hamda hujjat betlarini raqamlash uchun ishlatiladi.
[Текст] bo'limi matnli obyektlarni o'rnatish uchun foydalaniladi.
7. [Символы] bo'limi hujjatda simvollar va matematik formulalarni yozish imkoniyatini
beradi.
Yozuv va belgilarni o'rnatish
|