Wordda hujjatga har xil obyektlar qo'yish.
Wordda obyekt va jadvallar bilan ishlash uchun [Вставка] joylashtirish lentasidan foydalanamiz. [Вставка] joylashtirish lentasida Wordda joylashtiriladigan barcha obyektlar bor. Ularga [Страницы] betlar, [Таблица] jadval, [Иллюстрации] ko'rgazmali va tasvirli obyektlar, [Связи] aloqalar, [Колонтитулы] kolontitullar (har betning hoshiyasiga bosilgan yozuvlar), [Текст] matnli obyektlar, [Символы] belgilar kiradi. Har bir bo'limning vazifasi haqida to'xtalib o'tamiz.
1. Betlar bo'limida 3 ta asosiy buyruqlar mavjud. [Титульнаястраница] titul betlar o'rnatish uchun ishlatiladi. Asosan tayyorlangan hujjatning titul betlari birinchi varaqda joylashgan bo'ladi. Bu buyruq orqali titul betlarni yaratish qulay bo'lib, lOdan ortiq tayyor qoliplar bor. Bu qoliblardan biri tanlab, titul betning o'zgaruvchan xossalarini kiritish lozim. Masalan, hujjatning nomlanishi, yil, qisqacha mazmuni va boshqalar. [Пустаястраницы] bo'sh betlarni joylashtiradi. Kursor turgan joriy betdan so'ng yangi bo'sh bet joylashtiradi. [Разрывстраницы] betlar orasida uzilish o'rnatish yoki yangi bet yaratish.
Jadval o'rnatish
2. Jadvallar bo'limidan hujjatda turli usullar bilan jadval o'rnatish, chizish mumkin.
Bu bo'limda asosan 1 ta buyruq bo'lib, unga sichqoncha bosilganda ekranda muloqot oynasi hosil bo'ladi (1-rasm). Muloqot oynasida jadvalni 6 xil usulda yaratish yo'llari ko'rsatilgan.
1- usul - bu jadvaldagi qator va ustunlar soni bilan yaratiladi. Bu usul bilan 10x9 o'lchamli jadvalgacha yaratish mumkin. Buning uchun kerakli qator va ustunlar soni tanlanadi va hujjatda jadval hosil bo'ladi. Masalan, 5x5 yani 5 qator va 5 ta ustunli jadval yaratish talab qilingan bo'lsin. Buning uchun sichqoncha yordamida 5 ta qator va 5 ta ustun tanlanadi. Jadvallarning qator va ustunlari avtomatik ravishda yaratiladi. 2- usul - [Вставитьтаблицу] jadval qo'yish bo'lib, ixtiyoriy o'lchamdagi jadvalni yaratish imkoniyatini beradi. Bu buyruq tanlanganda ekranga [вставкатаблицы] muloqot oynasi chiqadi. Muloqot oynada jadvalning va qator, ustunlarning o'lchami tanlanadi.
usul - [нарисоватьтаблицу] jadval chizish bo'lib, tanlanganda kursor o'rnida qalam hosil bo'ladi. Qalam bilan ixtiyoriy jadvalni chizish mumkin. Bu usulda avval jadvalning chegarasi chiziladi va qator, ustunlar ketma-ket chiziladi.
usul - [преобразоватьвтаблицу] jadvalga akslantirish bo'lib, ma’lum bir qoida asosida yozilgan matnlarni jadval ko'rinishiga o'tkazish. Matnni yozish qoidalarini oldindan bilish talab qilinadi. Agar bilmasangiz shu usulga murojaat qilib, bilib oling. Masalan, abzas, tab, nuqta vergul [;] amallari bilan yozish. Matn quyidagicha berilgan bo'lsin: t.r; ismi; familiyasi; yoshi; bahosi. Bu matnni jadvalga akslantirish uchun avval matn tanlanadi va jadvalga akslantirish bajariladi. Natijada matn o'rnida 1 ta qator va 5 ta ustunli jadval matnlar bilan hosil bo'ladi.
usul Microsoft Excel dasturining jadvalini o'rnatish. Bu usul bilan Excel dasturini bilganlar ishlay oladi.
usul - tayyor shablonli jadvallarni o'rnatish uchun foydalaniladi.
Yaratilgan jadval tanlanganda, jadval obyektiga murojaat qilinganda, kursor jadvalning biror elementida qo'yilganda wordda qo'shimcha lentalar guruhi [работастаблицами] hosil bo'ladi. Unda ikkita [Конструктор] jadval loyihasi bilan ishlash, [Макет] jadval elementlari bilan ishlashga mo'ljallangan lentalardir.
Jadval loyihasi bilan ishlash lentasida jadval stillarning parametrlari bilan ishlanadi. Jadvalda birinchi qatorni sarlavha sifatida olinsa, [Строказаголовка] buyrug'i tanlanadi. [Строкаитогов] buyrug'i tanlanganda qatorlar oxirida qatorlarning jamisini yuzish uchun qator qilib belgilanadi. Jadvalning tanlangan stillari jadvalda va [Стилитаблица] bo'limida aks topadi. Bu bo'limda tayyorlangan parametrlar yordamida turli jadvallar shabloni taqdim etiladi. [Заливка] buyrug'iyordamida jadvalning yacheykasi, qator, ustun yoki kerakli sohasining ostki rangini oʻzgartirish mumkin. [Границы] buyrugʻi bilan jadval chegaralarini turli koʻrinishlarini tanlash mumkin. Jadval stillarini ham oʻzgartirish mumkin. Stillarga shablonni chiqaruvchi tugmani bosib, oxirgi [изменитьстильтаблицы], [очистить], [создать стиль таблицы] buyruqlaridan foydalanish mumkin.
|