• Microsoft Excel 2010 dasturi haqida umumiy ma ’lumotlar.
  • 2. Microsoft Excel 2010 dasturini yuklash.
  • Выход
  • Свернуть , Развернуть , Закрыть
  • Obyekt va jadvallarni tayyorlash




    Download 7,49 Mb.
    bet13/56
    Sana25.12.2019
    Hajmi7,49 Mb.
    #4861
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56
    Obyekt va jadvallarni tayyorlash

    Wordda turli obyektlarni joylashtirish qo'shimcha lentalarni ochib beradi. Bu lentalar tanlangan obyekt bilan ishlash (formatlash, parametrlarini o'zgartirish, ko'rinishlarini, o'lchamlarini belgilash kabi) imkoniyatlar beradi. Bu imkoniyatlar foydalanuvchida obyektlar bilan ishlashni, tezda kerakli parametrlarini o'zgartirishda, obyekt elementlari bilan tanishish va ularni o'zgartirish bilan bir qatorda wordning tayyor shablonlaridan foydalanishda qulay bo'lib, uch o'lchovli obyektlarni ham yaratishga imkoniyat yaratib beradi.


    1. Microsoft Excel 2010 dasturi haqida umumiy ma’lumotlar.

    Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minotining tarkibiy qismiga kiruvchi Microsoft Office 2010 paketidagi asosiy vositalardan biri jadval muharriri deb ataluvchi MS E xcel 2010 dasturidir. MS Excel 2010 Windows operatsion qobig'i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo'ljallangan.

    Elektron jadvallar asosan iqisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan bo'lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo'yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar ko'rishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun Excel 2010 dasturini o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan Excel 2010 bilan ishlay olish ko'nikmasiga ega bo'lish talab etiladi.

    Inson o'z ish faoliyati davomida ko'pincha biror kerakli ma’lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba’zida esa, murakkab bo'lgan ishlarini bajarishga majbur bo'ladi. Microsoft Excel 2010 dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.

    Microsoft Excel 2010 elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi xarid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro'zg'or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.



    2. Microsoft Excel 2010 dasturini yuklash.

    Excel elektron jadval bo'lib, Windows uchun ilova dasturdir. Boshqa ilova dasturlarga o'xshash Excel ilova dasturini quyidagicha ishga tushirish mumkin:



    1. Пуск/Программы/Ms Office/Microsoft Excel 2010;

    2. Windows ish stolidagi Excelga oid biror hujjat yordamida va h.k.

    Excel dasturi ishini yakunlash uchun bosh menyuning Fayl bo'limidan Выход buyrug'ini yoki masalalar qatoridan dastur tugmasi kontekst menyusidan Закрыть buyrug'ini tanlash yoki Excel darchasining o'ng yuqori burchagidagi “x” Закрыть tugmasiga bosish bilan amalga oshirish mumkin.

    3. Microsoft Excel 2010 dasturini darchasi.

    Excel dasturi darchasi boshqa ilova dasturlarniki kabi standart ko'rinishga ega bo'lib, darchadagi elementlarning joylashish tartibi quyidagicha:

    • ilova dasturning hamda tahririanuvchi hujjatning nomi, shu qatorning o'ng tomonida esa dastur darchasi holatini o'zgartiruvchi uchta tugma (Свернуть, Развернуть, Закрыть),

    • ilova dasturning bosh menyusi;

    • uskunalar paneli;

    • formula qatori;

    • ikkilamchi darcha ya’ni hujjat darchasi.

    Siz fayllar menyusini ishga tushirganingizda Excellda asosan ishlatadigan tanlovni (saqlash, .. .dek saqlash, ochishvayopish) dasturning yuqori qismida keltiriladi. Ma’lumotlar panelining chap tomonida 3 ta buyruqlar keltirilgan.



    • Ishchi kitobini himoyalash: Excell ishchi kitobi uchun parol tasdig'ini ya’ni uichiga tasdiq kodi va raqaml iimzoni so'raydi.

    • Tekshirish dastur yana berkitilgan malumotlarni (fayl haqida malumotlarni) va malumotlarni ishonchliligi va yaroqliligini tekshiradi. Shuningdek oldingi Excell dasturini ham.

    >Versiyalar niboshqarish: Eski versiyadagi ma’lumotlarni tiklash yoki o'chirish bilan Excellning qayta avtotiklash bo'limining qulayliklarida.

    Download 7,49 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   56




    Download 7,49 Mb.