Amonova aziza avaz qizining




Download 0,54 Mb.
bet17/24
Sana26.06.2021
Hajmi0,54 Mb.
#15197
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Davlat buyurtmaxonalari «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq davlat buyurtmaxonalari (TMXR 4-toifasi) va tabiat yodgorliklari (TMXR 5-toifasi) muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sirasiga kiritilgan. 1988 yilda O‘zbekistonda 6 ta buyurtmaxona faoliyat yuritardi:

Arnasoy – Jizzax viloyati;

Dengizko‘l – Buxoro viloyati;

Qo‘hitong – Surxondaryo viloyati;

Sangardak – Surxondaryo viloyati;

«Efa» - Surxondaryo viloyati;

Gurlan – Xorazm viloyati.

Bugungi kunda O‘zbekiston hududida 10 ta faoliyat yuritayotgan buyurtmaxona mavjud. «Dengizko‘l» davlat ornitologik buyurtmaxonasi Respublika Vazirlar Kengashining 1973 yildagi 530-sonli qarori bilan tashkil qilingan, faoliyati muddati Buxoro viloyati ijroqo‘mining 26.06.90 yildagi 157-11-sonli qarori bilan (muddatsizga) uzaytirildi. Buyurtmaxona maydoni 50 ming ga. Tashkil qilishdan maqsad – uchib o‘tadigan suvda suzuvchi qushlarni muhofaza qilish va qayta tiklash, qishlash erlarini, yashash muhitini saqlab qolishdir. Buyurtmaxonani muhofaza qilish davlat tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Muhofaza doimiy emas, operativ reydlar orqali yuritiladi. «Qoraqir» davlat buyurtmaxonasi Buxoro viloyati ijroqo‘mining 25.01.92 yildagi 151-sonli qarori bilan tashkil qilingan. Buyurtmaxonaning muddati cheklanmagan. Maydoni 30 ming ga. Tashkil qilishdan maqsad – uchib o‘tadigan qushlar va boshqa hayvonlarni, ular yashash va ko‘payish erlarini muhofaza qilishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ixtiyorida. Buyurtmaxona hududini muhofaza qilish davlat tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Buyurtmaxona o‘z soqchilariga ega emas. Arnasoy ornitologik buyurtmaxonasi Jizzax viloyati Forish tumanidagi Tuzkon ko‘lida O‘zSSR Vazirlar Kengashining 9.09.83 y.dagi 521-sonli qarori bilan tashkil qilingan. Buyurtmaxona maydoni 63,3 ming ga. Buyurtmaxona muddati cheklanmagan. Tashkil qilishdan maqsad – uchib o‘tadigan va uya quradigan qushlarni muhofaza qilishdir. Buyurtmaxonani O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi – Jizzax viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va Davbionazoratning Arnasoy inspeksiyalari muhofaza qiladi.«Saygachiy» davlat buyurtmaxonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 29.11.91 y.dagi 311/42-sonli qarori bilan tashkil qilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida joylashgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 11.02.2001 y.dagi 33/1-sonli qarori bilan buyurtmaxona tartibining amal qilish muddati 2010 yilgacha uzaytirildi. Buyurtmaxona maydoni 1 mln. ga. Buyurtmaxona sayg‘oqlar (Saiga tatarica) CITES II va ular yashash joylari – migratsiya yo‘llari, qishlash va ko‘payish erlari, shuningdek, boshqa, birinchi navbatda, Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar – tuvaloq (Otis Tarda) UzRDBRL, yo‘rg‘a-tuvaloq (Chlamydotis undulata) UzRDB RL kabilarni muhofaza qilish maqsadida tashkilqilingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga bo‘ysunadi.




Download 0,54 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Download 0,54 Mb.