|
«Qo‘shrabod» davlat buyurtmaxonasi
|
bet | 19/24 | Sana | 26.06.2021 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #15197 |
«Qo‘shrabod» davlat buyurtmaxonasi Samarqand viloyati ijroqo‘mining 8.07.92 y.dagi 86-k-sonli qarori bilan tashkil qilingan (muddati cheklanmagan). Buyurtmaxona maydoni 16 ming ga. Tashkil qilishdan maqsad – Qizil kitobga kiritilgan hayvonlar – yirtqich qushlar, Nurota qo‘riqxonasidan buyurtmaxona hududiga kiradigan Seversov qo‘yini (Ovis ammon severtzovi) muhofaza qilishdir. Samarqand viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ixtiyorida.
«Nurobod» davlat buyurtmaxonasi Samarqand viloyati ijroqo‘mining 8.07.92 y.dagi 86-k-sonli qarori bilan tashkil qilingan (muddati cheklanmagan). Buyurtmaxona maydoni 40 ming ga. Tashkil qilishdan maqsad – yovvoyi hayvonlar, jumladan, yo‘rg‘a-tuvaloq (Chlamydotis undulata) va uning yashash joylari, butun tabiiy cho‘l kompleksini muhofaza qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi – Samarqand viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi ixtiyorida. Davlat tabiiy yodgorliklari (O‘zbekiston Respublikasining «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi Qonuni 26-moddasiga muvofiq Davlat tabiiy yodgorliklari III toifadagi METHga kiradi): Vardanzi Navoiy viloyati hokimligining 21.04.97 y.dagi K-113-sonli qaroriga muvofiq tuzilgan (SSRI davrida qo‘riqxona maqomiga ega bo‘lgan),maydoni 320 ga ni tashkil qiladi.
|
| |