|
«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar»
|
bet | 21/24 | Sana | 26.06.2021 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #15197 |
«Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar» bo‘limi tomonidan «O‘simlik olamini muhofaza qilish» bo‘limi bilan birgalikda 100 yosh va undan katta daraxtlarni hisobga olish va ularga «Davlat tabiat yodgorligi» maqomini berish uchun viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitalaridan kelgan axborotni jamlash va umumlashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi. Mazkur ma’lumotlar asosida umumlashtirilgan jadval tuzildi va barcha daraxtlar hisobga olindi. O‘zbekiston Respublikasidagi suv omborlari va boshqa hovuzlar, daryolar va magistral kanallar, shuningdek iste’mol va maishiy suv ta’minoti, dorivor va madaniy-sog‘lomlashtirish suv manbalari haqidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.92 y.dagi 174-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator qarorlari bilan «Chirchiq, Oxangaron, Surxondaryo, Chimyon-Ovval yer osti chuchuk suvlari manbalarining shakllanish zonalariga alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida»gi, «Zarafshon daryosi zamonaviy vodiysi, Osh-Aravon, Norin, Kitob-Shahrisabz yer osti chuchuk suvlari manbalarining shakllanish zonalariga alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomini berish to‘g‘risida»gi, shuningdek, Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryo; Toshkeng viloyati va Toshkent shahridagi Chirchiq; Surxondaryo viloyatidagi Surxondaryo; Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatidagi Zarafshon; Andijon va Namangan viloyatidagi Qoradaryo; Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Amudaryo; Andijon, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi Sirdaryo daryolari suvni muhofaza qilish zonalari va sohil bo‘yi polosasini belgilash haqidagi nizomlar tasdiqlandi.
|
| |