Tabiiy geografik bashorat metodlari va usullari tizimi
(A.G.Emelyanov, 1982)
Xulosa
1. Tabiat bilan jamiyat orasidagi o‘zaro ta'sir va aloqadorlik nihoyatda murakkab jarayon bo‘lib, u dastavval kichik hududlarda landshaft, urochishe va fatsiya kabi tabiiy geografik komplekslarda, ularning tabiiy resurslaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan holda kechadi. Shuning uchun ham kichik hududlar tabiiy geografiyasi yoki landshaftshunoslikning asosiy vazifalari hisoblanmish landshaft va uning morfologik qismlarini aniqlash, xaritaga tushirish, ularning strukturasini, ichki aloqadorliklarini, dinamikasini, rivojlanishi va barqarorligini tadqiq qilish, kichik hududlarni xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan baholash, ichki imkoniyatlarini aniqlash va samaradorligini oshirish va hokazolar muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi;
2. Hozirgi vaqtda tabiiy landshaftlar inson faoliyati natijasida shunday tashqi ta'sirga duch kelmoqdaki, bu o‘z navbatida tabiiy geografiyaning bir qismi bo‘lgan landshaftshunoslik oldiga yangi-yangi ilmiy va amaliy muammolarni qo‘ymoqda. Ularning ichida eng muhim va dolzarb hisoblanganlari landshaftlarning turli tashqi ta'sirlarga barqarorligini aniqlash, ularni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida foydalanish nuqtai nazaridan baholash, ularning inson ta'sirida o‘zgarishini va bu o‘zgarish qaysi yo‘nalishda ro‘y berishini oldindan aytib berish, ya'ni prognozlash, o‘zgartirilishi lozim bo‘lgan landshaftlarni haqiqiy madaniy landshaftlarga aylantirish va ularning samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish kabilardir;
3. Landshaftlar ham, ularning morfologik qismlari ham xuddi ekologik tizimlar kabi tabiiy tizimlardir. Ular ham komponentlari o‘zaro aloqador va bog‘liq bo‘lgan bir butun tabiiy hosilalar sifatida o‘rganilishi lozim. Bu o‘z navbatida landshaft tadqiqot ishlarida eng asosiy vazifalardan biri sifatida ularning strukturasini, dinamikasini va rivojlanishini, maxsus faoliyatini, inson faoliyati ta'sirida o‘zgarganlik darajasi va h.k. larni ilmiy tahlil qilib berish kerakligini ko‘rsatadi;
4. Inson bilan tabiat aloqadorligi muammolarini ijobiy hal etishda ekologiya fani biologik fanlar ichida qanday ahamiyatga ega bo‘lsa, landshaftshunoslik fani ham geografik fanlar tizimida shunday ahamiyatga ega bo‘lishi kerak.
5. Mamlakatimizda quyidagi landshaftlarni tafovut qilish mumkin:
-O’zbekiston hududi cho’l mintaqasi landshaftlari;
-O’zbekiston hududi adir mintaqasi landshaftlari;
- O’zbekiston hududi tog’ mintaqasi landshaftlari;
- O’zbekiston hududi yaylov mintaqasi landshaftlari;
- O’zbekiston hududi antropogen landshaftlari;
6. O’zbekiston tabiatining biologik va landshaftlar xilma-xilligi milliy boyligimizdir. Bu boylik o’z tarixiy taraqqiyotiga ega va ajdodlarimizdan qarzga olingan ne’matdir. So’ngi yillarda qishloq xo’jaligi va sanoat hamda urbanizatsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida mamlakatimiz tabiatining xilma-xilligiga putur yetkazildi. Bularning hammasi landshaftlarda ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keluvchi salbiy jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’ldi.
7. Shaharlarning rivojlanishida tabiiy landshaftlarning biotik va abiotik omillari ta’sir ko‘rsatsa-da, urbanizatsiya natijasida turlar genofandi yangilanadi, aholining o’rtacha umri ko’rishi yuksaladi, sinantrop turlar soni ortadi, aholining ekologik savodxonligi oshadi va boshqalar.
8. Mamlakatimizda landshaftlar muhofazasiga oid quyidagi qonunlar qabul qilingan:
-1992 yil 9 dekabrda “Tabiatni muhofaza qilish” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-1993 yil 6 mayda “Suv va suvdan foydalanish” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-1993 yil 7 mayda “Alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-1994 yil 23 sentabrda(2002 yil 13 dekabrda yangi tahriri) “Yer osti boyliklari” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-1995 yil 30 avgustda “O’simliklar karantini” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-1996 yil 26 aprelda “Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi” to’g’risidagi nizom qabul qilingan;
-1997 yil 25 aprelda “Geodeziya va kartografiya” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-1997 yil 26 dekabrda “O’simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish hamda foydalanish” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-1998 yil 30 aprelda “Yer kodeksini tasdiqlash” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-1999 yil 15 aprelda “O’rmon” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-2002 yil 4 aprelda “Shaharsozlik” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-2002 yil 5 aprelda “Chiqindilar” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
-2004 yil 3 dekabr “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar” to’g’risidagi qonun qabul qilingan;
|