O‘ZBEKI TON RE PUBLIKA I
OLIY VA O‘RTA MAX U TA'LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAX U , KA B-HUNAR TA'LIMI MARKAZI
P. ISMATULLAYEV, SH. QODIROVA, G‘. G‘OZIYEV
ELEHTR O‘LCHASH ASBOBLARINI ROSTLASH VA TA’MIRLASH
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
I-QISM
«ELEHTR O‘LCHASHLAR VA O‘LCHASH ASBOBLARI
« HARQ» NA HRIYOT-MATBAA AK IYADORLIK KOMPANIYA I BO H TAHRIRIYATI
TO HKENT — 2007
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirli- gining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
Taqriz chilar :
TDTU «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» kafedrasining professori, t. f. d. R. H. Azimov.
Mirzo Ulug‘bek nomli Informatika kasb-hunar kolleji maxsus fanlar bo‘yicha oliy toifali o‘qituvchisi T. X. Ulmasov.
P. R. Ismatullayev va boshq.
Elektr o‘lchashlar va o‘lchash asboblari. Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma./ P.R. Ismatullayev, h.A. Qodirova, G‘. G‘oziyev. —T.: « HARQ», 2007. — 96 bet.
Ushbu o‘quv qo‘llanma tayanch oliy o‘quv yurti (TDTU) ning «Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan bo‘lib, unda «Elektr o‘lchash asboblarini rostlash va ta'mirlash» fani bo‘yicha «Elektr o‘lchashlar va asboblar» hamda ularning maqsad va vazifalari, ularga oid asosiy tushuncha va atamalar, o‘lchash usullari va asboblari, ularning ishlash prinsiplari sodda va ravon yozilgan bo‘lib, asosan kasb-hunar kollejlarining
«Avtomatika vositalari jihozlariga xizmat ko‘rsatish va ishlatish» (kod—3521802) mutaxassisligi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Qo‘llanmadan bakalavriyat talabalari hamda shu sohada ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatadigan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
ISBN 978-9943-00-178-7
© « harq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2007-y.
SO¹ZBOSHI
«Elektr o‘lchashlar va o‘lchash asboblari» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmada hayotimizning barcha jabhalarida, xalq xo‘jaligining, sanoatning, ilmiy izlanishlarning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan o‘lchash haqidagi asosiy tushunchalar, ta'riflar, o‘lchov va kattaliklar, har xil o‘lchash vositalari va ular yordamida har xil kattaliklar (elektrik, noelektrik, elektr zanjirlarining parametrlari, tex- nologik parametrlar va h. k) ni o‘lchash, elektr hodisalarini, vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan signallarni tekshirish, kuzatish, o‘lchash xatoliklari, o‘lchash natijalarini qayta ishlash, ularni ehtimoliy baholanishi kabi masalalari xususida yetarli va zarur ma'lumotlar keltirilgan.
«Elektr o‘lchashlar va o‘lchash asboblari» fani uzoq tarixga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy nuqtayi nazardan xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan va ayniqsa, O‘rta maxsus ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tayyorlanadigan mutaxassislar uchun muhim hamda doimo va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo‘luvchi fanlar qatoriga kiradi.
Mazkur o‘quv qo‘llanma respublikamizdagi ta'lim, fan, texnika va iqtisoddagi rivojlanish, o‘zgarish hamda ilmiy izlanishlarni hisobga olgan holda yaratildi. Respublikamiz juda boy ilmiy, madaniy va ma'rifiy merosga ega. Ushbu meros G‘arb falsafasining, ilm-fanning shakllanishida, buyuk olimlarning va allomalarning muvaffaqiyat qozonishlarida munosib o‘rin egallagan. Bundan tashqari respubli- kamiz «Buyuk ipak yo‘li» asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo‘lganligi sababli xalqaro ilmiy, iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan. Vatanimizda ilmni shakllantirgan buyuk allomalarning hozirda ham ahamiyatli kashfiyotlari va ilmiy yutuqlari jahon fanlari taraqqiyotida munosib o‘rin egallagan. G‘arbda Alfraganus nomi bilan tanilgan Ahmad Farg‘oniyning Nil daryosining sathini o‘lchash uchun mo‘ljal-
langan «Miqyosi Nil» qurilmasi, mashhur Ulug‘bekning oddiy va sodda o‘lchash asboblari bilan o‘ta yuqori aniqlikda tuzilgan
«Yulduzlar jadvali», qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning moddalar tarkibini aniqlash borasidagi ulkan yutuqlari va hokazolar (ularni sanab tugatishimiz mushkul) shular jumlasidandir.
Ma'lumki, respublikamizda keyingi paytlarda tub o‘zgarishlar, tub iqtisodiy islohotlar ro‘y berayaptiki, bular ichida, ayniqsa
«raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta'minlash» masalasi ustuvor hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, muhandis-texnik xodim- larga va umuman texnika sohasi bo‘yicha mutaxassislarga o‘ta murakkab mas'uliyat yuklaydi. Bugungi kun muhandislari, ilmiy- texnik xodimlari yangi texnika va texnologiyadan foydalanishga, tex- nologik jarayonlarni avtomatlashtirish, boshqarish va ularni komp- leks yechishga, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va jadallashti- rishga qodir bo‘lishlari kerak. Bular esa, o‘lchash nazariyasidan, o‘lchash vositalari, o‘lchash usullari va ular yordamida har xil kattaliklarni o‘lchash, o‘lchash natijalarini qayta ishlash va h. k. qator masalalar bo‘yicha yetarli bilim va malakaga ega bo‘lishlarini taqozo etadi.
|