ELEKTR O¹LCHASH USULLARI VA TURLARI




Download 0,79 Mb.
bet4/9
Sana07.09.2024
Hajmi0,79 Mb.
#270479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Elektr olchov asboblari kitob

ELEKTR O¹LCHASH USULLARI VA TURLARI





    1. BEVOSITA, BILVOSITA, BIRGALIKDA O¹LCHASH TURLARI

Umuman o‘lchash juda xilma-xil yo‘sinda o‘tkazilishi mumkin. Bu, albatta, o‘lchanadigan elektrik va noelektrik kattaliklarning ko‘pligiga, ularning vaqt bo‘yicha har xil xarakterda o‘zgarishiga, o‘lchash aniqligiga, qo‘yiladigan har xil talablarga va o‘lchash natijalarining har xil yo‘l bilan olinishiga bog‘liqdir.


Metodologik nuqtayi nazardan o‘lchash natijasi qanday usulda olinishiga qarab, o‘lchash quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Bevosita

  2. Bilvosita

  3. Birgalikda.

Bevosita o‘lchash — natija bevosita tajriba orqali olinsa, bunda bevosita o‘lchashni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:

X = Y


bu yerda: X — o‘lchanadigan kattalik, Y — tajriba natijasi.


Bilvosita o‘lchash. Bunda natija bevosita o‘lchashlar asosida topiladi.
X = f (Y ); X = f (Y1, Y2, ..., Yn).
Birgalikda o‘lchash. Izlanayotgan kattalik tenglamalar sistemasi- ning yechimidan topilib, bunda tenglamaning parametrlari bevosita va bilvosita o‘lchashlar natijasida hisoblanadi:


Y1(Y1 Y2 Y3, ..., X 1', X 2', X 3', ...) = 0;
Y2(Y1 Y2 Y3, ..., X 1", X 2", X 3", ...) = 0;
X1, X2, X3 — izlanayotgan kattaliklar,
Y1, Y2, Y3 — bevosita o‘lchangan kattaliklar.



    1. MUTLAQ VA NISBIY O¹LCHASHLAR



Mutlaq o‘lchash — bir yoki bir necha asosiy kattaliklarning bevosita o‘lchanishini va (yoki) fizik doimiyning qiymatlarini qo‘llash asosida o‘tkaziladigan o‘lchash.
Nisbiy o‘lchash — kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh kattalikning o‘zgarishini o‘lchash.



    1. O¹LCHASH USULLARI

O‘lchash usullari deganda o‘lchash qonun-qoidalari va o‘lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish usullarini tushunamiz.


O‘lchash usullari o‘lchash eksperimentini o‘tkazish algoritmi va o‘lchash vositalarining yig‘ilmasi bilan xarakterlanib, ikki usulga bo‘linadi: bevosita baholash usuli va solishtirish usuli.
Bevosita baholash usuli — bevosita o‘lchash asbobining kuzatish, sinash qurilmasi yordamida to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini topish. Masalan, prujinali manometr bilan bosimi o‘lchash yoki ampermetr yordamida tok kuchini topish.
O‘lchov bilan taqqoslash (solishtirish) usuli — o‘lchanayotgan kattalikni o‘lchov orqali yaratilgan kattalik bilan taqqoslash (solish-
2 235 ZAK. 17
tirish) usuli. Masalan, tarozi toshi yordamida massani aniqlash. O‘lchov bilan taqqoslash usulining bir nechta turlari mavjud:
Ayirmali o‘lchash (differensial) usuli — o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lchanayotgan kattalikning va o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasi (farqi)ning o‘lchash asbobiga ta'sir qilish usuli. Misol qilib uzunlik o‘lchovini qiyoslashda uni kom- paratorda namunaviy o‘lchov bilan taqqoslab o‘tkaziladigan o‘lchashni keltirish mumkin. Yoki, voltmetr yordamida ikki kuchlanish orasidagi farqni o‘lchash, bunda kuchlanishlardan biri juda yuqori aniqlikda ma'lum bo‘lib, ikkinchisi esa izlanayotgan kattalik hisoblanadi:

ΔU = U0 — Ux; Ux = U0 — ΔU.


Ux bilan U0 qancha yaqin bo‘lsa, o‘lchash natijasi ham shuncha- lik aniq bo‘ladi.
Nolga keltirish usuli — bu ham o‘lchov bilan taqqoslash usulining bir turi hisoblanadi. Bunda kattalikning taqqoslash asbobiga ta'siri natijasini nolga keltirish lozim bo‘ladi. Masalan, elektr qarshiligini qarshiliklar ko‘prigi bilan to‘la muvozanatlashtirib o‘lchash.


O‘rindoshlik usuli — o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi hisoblanib, o‘lcha- nayotgan kattalikning o‘lchov orqali yara- tilgan ma'lum qiymatli kattalik bilan o‘rin almashishiga asoslangan. Misol, o‘lcha- nadigan massa bilan tarozi toshini bir pallaga galma-gal qo‘yib o‘lchash yoki qarshiliklar magazini yordamida tek- shirilayotgan rezistorning qarshiligini to- pish.
Bunda «K» ni ikkala holatda (1, 2) qo‘yganda α1 = α2 shart baja- rilishi kerak:

I = U/R →α ,


1 0 1
I2 = U/Rx→α2.
Mos kelish usuli — o‘lchov bilan taqqoslash usulining turi. O‘lchanayotgan kattalik bilan o‘lchov orqali yaratilgan kattalikning ayirmasini shkaladagi belgilar yoki davriy signallarni mos keltirish orqali o‘tkaziladigan o‘lchash. Masalan, kalibr yordamida val diametrini moslash.
Har bir tanlangan usul o‘z uslubiyatiga, ya'ni o‘lchashni bajarish uslubiyatiga ega bo‘lishi lozim. O‘lchashni bajarish uslubiyati deganda, ma'lum usul bo‘yicha o‘lchash natijalarini olish uchun belgilangan tadbir, qoida va sharoitlar tushuniladi.
Bundan tashqari o‘lchanadigan kattalikning vaqt bo‘yicha o‘zgarish jarayoniga qarab o‘lchash quyidagicha turlanadi:
O‘lchash jarayonida vaqt bo‘yicha o‘zgarmaydigan kattalikni o‘lchash statik (bunga: turg‘un, ta'sir etuvchi, amplituda qiymatlarni o‘lchash misol bo‘ladi), vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan qiymatlarni o‘lchash esa dinamik o‘lchash deyiladi (masalan, aniq qiymatlarni o‘lchash).
Dinamik o‘lchashlarda o‘lchash vositasi o‘lchanadigan kattalik- ning uzluksiz o‘zgarishini qayd qila olsa,
uni u luksi o‘lchash deyiladi.
Yuqorida ko‘rilgan usullardan tubdan farq qiluvchi diskret o‘lchash usuli ham mavjud, bunda vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchi kattalikning hamma qiymati (0 ÷ t )
emas, balki ba'zi momentlarga tegishli
qiymatigina ma'lum bo‘ladi.



  1. Download 0,79 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,79 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ELEKTR O¹LCHASH USULLARI VA TURLARI

Download 0,79 Mb.