|
Ismatullayev
|
bet | 3/9 | Sana | 07.09.2024 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #270479 |
Bog'liq Elektr olchov asboblari kitob
Atrofimizdagi hayot uzluksiz tarzda kechadigan muayyan jarayonlar, voqealar, hodisalarga nihoyatda boy bo‘lib, ularni aksariyat holda sezmaymiz yoki e'tiborga olmaymiz. Chetdan qaraganda ularning orasidagi bog‘liqlik yoki uzluksizlik bilinmasligi ham mumkin. Yuqorida aytilgan hodisalar, xossalar, jarayonlar qanchalik ko‘p va xilma-xil
bo‘lmasin, ularda shunday umumiylik borki, bu umumiylik bir xilda tavsif bilan tushuntiriladi. Bu sifat va miqdor tavsiflari.
sifat tavsifi olingan kattalikning mohiyatini, mazmunini ifoda- laydigan tavsif hisoblanadi. Masalan, biror obyektning o‘lchamlarini, uzun — qisqaligini, yuqori-pastligini, og‘ir yoki yengil ekanligini tushunish mumkin. Mana shular kattalikning sifat tavsifi hisoblanadi. Endi olingan obyektlarda biror-bir kattalikning ko‘p yoki kam
«mujassamlashtirilganligi» esa uning miqdor tavsifi bo‘ladi.
Fizik kattalik bu sifat tomonidan ko‘pgina fizik obyektlarga (fizik tizimlarga, ularning holatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy, miqdor tomonidan esa har bir obyekt uchun xususiy bo‘lgan xossa. Bu yerda miqdor tomonidan xususiylik deganda, bi- ror obyektning xossasi ikkinchi obyektga nisbatan ma'lum darajada kattaroq yoki kichikroq deb tushunish kerak.
Fizik kattalikning o‘lchami — ayrim obyekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan fizik kattalikning miqdoridir.
Fizik kattalikning qiymati deganda qabul qilingan birliklarning ma'lum bir soni bilan fizik kattalikning qiymatini baholash tushuniladi. Fizik kattalikning chinakam (asli) qiymati — bu obyektga te- gishli xossalarning sifat va miqdoriy tomonlarini to‘la ifoda qiladigan
fizik kattalikning qiymatidir.
Fizik kattalikning haqiqiy qiymati tajriba orqali topilib, qiymatga juda yaqin bo‘lgan va uning o‘rnida qo‘llaniladigan fizik kattalikning qiymatidir. Fizik kattalikning tizimi deganda o‘zaro munosabatda bo‘lgan kattalikning to‘plami tushuniladi va u asosiy va hosilaviy fizik katta- liklarga bo‘linadi. Asosiy fizik kattalik tizimga kiradigan va shart bo‘yicha tizimning boshqa kattaliklariga nisbatan mustaqil ravishda qabul qilib olingan fizik kattalik. Masalan, uzunlik l, massa m, vaqt
t — asosiy kattaliklardandir.
Hosilaviy fizik kattalik tizimga kiradigan va tizimning kattalikla- ri orqali ta'riflanadigan fizik kattalikdir.
Fizik kattalikning o‘lchamliligi deb, kattalikning tizimdagi asosiy kattaliklar bilan bog‘liqligini ko‘rsatadigan va proporsional koeffitsienti 1 ga teng bo‘lgan ifodaga aytiladi.
FIZIK KATTALIKNING BIRLIKLARI
Fizik kattalikning birligi — ta'rif bo‘yicha son qiymati 1 ga barobar qilingan kattalik bo‘lib, bu atama ko‘paytiruvchi bo‘lib, fizik kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ham ishlatiladi.
Qandaydir kattalikning birliklari o‘z o‘lchamlari bilan ajralishlari mumkin. Masalan, har xil o‘lchamga ega bo‘lgan uzunlik birliklari: 1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4·10—3 m.
Fizik kattalikning asosiy, hosilaviy birligi, kogerent hosilaviy birligi,
ulushiy birligi, karrali birligi ishlatiladi.
Fizik kattalikning asosiy birligi — bu birliklar tizimi tuzilganda ixtiyoriy ravishda tanlangan asosiy fizik kattalikning birligidir. Misol: metr, kilogramm, sekund, amper va h. k.
Berilgan birliklar tizimining birliklaridan tuzilgan, ta'riflovchi tenglama orqali keltirib chiqariluvchi hosilaviy birliklar bor. Misol: 1 m/s — tezlik birligi, 1 N = 1 kg·m/s2 — kuch birligi va h. k.
Tizimli yoki tizimdan tashqari bo‘lgan birlikdan butun son marta
kichikroq bo‘lgan birlik — ulushiy birlik bo‘ladi.
Tizimli yoki tizimdan tashqari bo‘lgan birlikdan butun son marta kattaroq bo‘lgan birlik karrali birlik hisoblanadi. Misol, kilometr (1000 m) , kilovatt (103 W) va h. k.
XALQARO BIRLIKLAR TIZIMI
1960-yili o‘lchov va og‘irliklarning XI Bosh konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan bo‘lib, buni I ( I— ystem International) xalqaro birliklar tizimi deb yuritiladi. Keyingi Bosh konferensiyalarda I tizimiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi holati va birliklarga qo‘shimcha va ko‘paytirgichlar haqidagi ma'lumotlar 1- va 2-jadvallarda keltirilgan.
BIRLIKLARNI VA O¹LCHAMLARNI BELGILASH HAMDA YOZISH QOIDALARI
Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozish borasida standartlar asosida me'yorlangan tartib va qoidalar mavjud.
1-jadval
T.r.
|
Kattalikning nomi
|
O‘lchamligi
|
Birlikning nomi
|
Xalqaro belgilar
|
Ilova
|
1.
|
Uzunlik
|
L
|
metr
|
m
|
|
2.
|
Massa
|
M
|
kilogramm
|
kg
|
|
3.
|
Vaqt
|
T
|
sekund
|
s
|
|
davomi
-
T.r.
|
Kattalikning nomi
|
O‘lchamligi
|
Birlikning nomi
|
Xalqaro belgilar
|
Ilova
|
4.
|
Elektr tokining kuchi
|
I
|
Amper
|
A
|
|
5.
|
Temperatura
|
8
|
Kelvin
|
K
|
|
6.
|
Modda miqdori
|
V
|
mol
|
mol
|
|
7.
|
Yorug‘lik kuchi
|
J
|
kandela
|
cd
|
|
8.
|
Yassi burchak
|
I
|
radian
|
rad
|
keyin
kiritilgan
|
9.
|
Fazoviy burchak
|
I
|
steradian
|
sr
|
2-jadval
SI BIRLIHLARIGA HO‘PAYTUVCHI VA QO‘SHIMCHALAR
-
Ko‘paytuvchi
|
Qo‘shimcha
|
Nomi
|
Kelib chiqishi
|
Belgilanishi
|
Ma'nosi
|
Tili
|
Xalqaro
|
Ruscha
|
1000000000000000000=1018
|
eksa
|
6 marta ming
|
grekcha
|
E
|
S
|
1000000000000000=1015
|
peta
|
5 marta ming
|
grekcha
|
P
|
M
|
1000000000000=1012
|
tera
|
juda katta
|
grekcha
|
T
|
T
|
1000000000=109
|
giga
|
gigant
|
grekcha
|
G
|
F
|
1000000=106
|
mega
|
katta
|
grekcha
|
M
|
Б
|
1000=103
|
kilo
|
ming
|
grekcha
|
k
|
k
|
100=102
|
gekto
|
yuz
|
grekcha
|
h
|
F
|
10=101
|
deka
|
o‘n
|
grekcha
|
da
|
дa
|
0,1=10—1
|
detsi
|
o‘n
|
lotin
|
d
|
д
|
0,01=10—2
|
santi
|
yuz
|
lotin
|
c
|
c
|
0,001=10—3
|
milli
|
ming
|
lotin
|
m
|
m
|
0,000001=10—6
|
mikro
|
kichik
|
grekcha
|
|
mk
|
0,000000001=10—9
|
nano
|
karlik
|
lotin
|
n
|
h
|
0,000000000001=10—12
|
piko
|
pikkolo (kich)
|
italyan.
|
p
|
п
|
0,000000000000001=10—15
|
femto
|
o‘n besh
|
daniya
|
f
|
ф
|
0,000000000000000001=10—18
|
atto
|
o‘n sakkiz
|
daniya
|
a
|
a
|
Birliklarni ifodalash uchun maxsus harflar yoki belgilardan foydalanish mumkin — A, W, % va h. k.
Birlikni ifodalovchi harf to‘g‘ri shrift bilan yoziladi. Qisqartirish maqsadida nuqtadan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Birlik belgisini kattalikning son qiymatidan keyin, u bilan bir qatorda, keyingisiga o‘tkazmay ifodalanadi. on qiymatning oxirgi raqami bilan belgini bir harf oralig‘ida joy qoldirib yoziladi:
To‘g‘ri: Noto‘g‘ri:
100 kW 100kW
80 % 80%
20˚ C 20˚C yoki 20˚C
(Qatorning yuqorisida yoziladigan belgilar bundan mustasno) 25˚ 20˚
O‘nli kasr bilan son qiymati ifodalanganda: To‘g‘ri: Noto‘g‘ri:
423,06 m 423 m, 06
5,758˚ yoki 5˚45,48' 5˚,758 yoki 5˚45',48
5˚45' 28,8" 5˚45' 28",8
Qiymat oralig‘i ko‘rsatilayotganda:
To‘g‘ri: Noto‘g‘ri:
(100,0 + /— 0,1) kg 100.0 + /— 0,1 kg
50 mm + /— 1 mm 50 + /— 1 mm
Jadvallarning grafalarida va qator boshlarida umumiy tarzda birlik belgisini berish mumkin.
Formula bilan ifodalangan hollarda tushuntirish tarzida berish uchun:
To‘g‘ri: Noto‘g‘ri:
v= 3,6 s/t v= 3,6 s/t km/s bunda: v — tezlik, km/s bunda: s — masofa, m s — masofa, m t — vaqt, s
t — vaqt, s
Belgilar ko‘paytma shaklida ko‘rsatilganda harfning o‘rta balandligida nuqta qo‘yish mumkin:
To‘g‘ri: Noto‘g‘ri:
N·m Nm
Pa·s Pas
Kasrli ifodada birdan ortiq kasr chizig‘ini ishlatib bo‘lmaydi: To‘g‘ri: Noto‘g‘ri:
W/(ms) W/m s
|
| |