3.1. Landshaftlarni muhofaza qilish masalalari va landshaftlar taraqqiyotini bashorat qilish
Landshaft qobig‘ini muhofazasi har-xil ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin. Ularning eng muhimlari quyidagilar: tabiatning tipik joylarini o‘z holicha saqlab qolish uchun qo‘riqxonalar, rezervatlar tashkil etish, ba’zi tabiiy ob’ektlarni, xalq parklarini buyurtmaxonalarga aylantirish, ajoyib tabiiy ob’ektlar: sharshara, g‘or, qoya, keksa daraxt, jilg‘a, buloqlarni hisobga olish, antropogen landshaftni rekultivatsiya qilish va boshqalar.
Landshaft elementlari inson yashaydigan aniq muhit hisoblanib, uni har qanday ko‘ngilsiz va nooqilona o‘zgarishlar hamda ifloslanishlardan muhofaza qilish zarur. Landshaftlarni muhofaza qilish deganda biz uning unsurlarini iloji boricha toza saqlash, undagi muvozanatning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, tabiatning tipik va ajoyib hududlarini tabiiy holicha saqlab qolish kabilarni tushunamiz.
Landshaft va uning unsurlarini turli shakllarda muhofaza qilish mumkin. Ularni umumlashtirib quyidagi uch guruhga ajratamiz:
Landshaftning butun komponentlarini to‘la-to‘kis muhofaza qilish;
Antropogen landshaftning vujudga kelishi va uni asl holatini saqlash;
Landshaftning butun komponentlarini muhofaza qilishda qo‘riqxonalarning ahamiyati juda katta;
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosobatlarning tobora keskinlashib borishi, antropogen ta’sirning kuchayishi ta’sirida tabiiy muhitda yuz berayotgan o‘zgarishlar tabiatni muhofaza qilishni ongli va rejali tashkil etishni taqozo etadi. Shu munosobat bilan alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini tashkil etish muhim amaliy ahamiyatga ega. Ular bir necha tiplarni o‘z ichiga oladi: qo‘riqxonalar, milliy bog’lar, tabiatdagi muzeylar, ta’qiqlangan va muhofaza zonalari, rekreatsiya hududlari. Ular u yoki boshqa darajadagi intensiv xo‘jalik faoliyatidan chiqarilgan hududlar bo‘lib, ular turli darajada tabiat muhofazasi bilan shug‘ullanadi.
O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan turlarni saqlab qolish, sonini ko‘paytirishda qo‘riqxona, xalq parklari, zakazniklarning ahamiyati kattadir. Dunyoda muhofaza qilinadigan hududlarning soni 20 mingdan ko‘proqdir. BMTning tavsiyasiga ko‘ra, har bir mamlakatning kamida 10% hududi muhofaza qilinadigan hududlar bo‘lishi kerak. Bu ko’rsatgich mamlakatimizda 6 % ni tashkil qiladi.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning asosiy turi qo‘riqxonalardir. Ularning quruqlik va suv havzasining xarakterli tabiiy landshaftlari bilan ma’lum bir tabiiy hudud bo‘lib, tabiat muhofazasining eng samarali shaklidir. Qo‘riqxonalarning asosiy vazifasi tabiatni diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini asrash, saqlab qolish va muhofazalashdan iboratdir.
Zakazniklar yoki burtmaxonalar - alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning 3-tipi hisoblanadi. Ularning qo‘riqxonalardan farqi ob’ektlaridan va ularning resrslaridan xo‘jalik maqsadlarida ma’lum mavsumlarida tabiatga zarar etkazmasdan foydalanishga ruxsat beriladi. Bir vaqtning o‘zida tabiat ob’ektlarini va ularning bo‘limlari, ayrim hayvon va o‘simlik turlari muhofaza qilinadi.
Tabiat yodgorliklarini kichik maydonni egallaydigan qimmatli tabiat ob’ektlari: sharsharalar, geologik ochilma qatlamlar, noyob va tarixiy qimmatga ega daraxtlar, g‘orlar va boshqa muhofaza qilinadigan ob’ektlar qatoriga kiradi.
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini barpo etishni loyihalashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilinadi:
1).Ular tizimini tabiiy majmualarning asosiy birligi daryo havzalariga keladigan yo‘nalishda barpo etish;
2).Tabiat muhofazasi tizimini tabiatning xilma-xilligini aks ettiruvchi to‘liq spektorda barpo etish;
3).Tabiat ekologik yo‘laklarni barpo etish;
4).Milliy tabiiy parklar maydonini kengaytirish va ularning sonini ko‘paytirish;
5).Keng maydonni egallaydigan uzoq muddatli zakazniklarni barpo etish;
6).Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarda rekreatsiya imkoniyatlaridan foydalanish va rekratsiya rolini oshirish hamda turli rejimda faoliyat ko‘rsatadigan hududiy rekreatsiya tizimlarni barpo etish;
7).Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning kadastrini tuzish asosida loyihalashtirishni amalga oshirish;
2-jadval
|