III bob. Tabiiy landshaftlarning urbolandshaftlar bilan o’rin almashish oqibatlari (O’zbekiston misolida)




Download 0,54 Mb.
bet12/24
Sana26.06.2021
Hajmi0,54 Mb.
#15197
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
III bob. Tabiiy landshaftlarning urbolandshaftlar bilan o’rin almashish oqibatlari (O’zbekiston misolida)

O’zbekiston tabiiy-ekologik sharoitining turli-tumanligi, uning o’simlik va hayvonot dunyosining ko’p turli bo’lishiga ta’sir ko’rsatgan. Shimolda Ustyurt platosining bepayon landshaftlari, janubi-sharqda tog’ landshaftlarining qorli cho’qqilari, shimoli-sharqda Qizilqum landshaftlari cho’zilib yotibdi. Tog’ landshaftlaridan katta va kichik daryolar orqali hayqirib oqib tushayotgan suvlar madaniy landshaftlarni sug’oradi. Suvsiz qumli cho’l landshaftlar va tog’-o’rmon landshaftlari yoki daryo vodiylari ekologik sharoiti o’simlik va hayvonlarning o’sishi hamda hayot kechirishi uchun bir xil emas. Ekologik sharoitning har xilligi sababli mavjud landshaftlarda turlar notekis taqsimlangan. Shunga ko’ra har qaysi landshaft uchun ma’lum bir sharoitga moslashgan o’simlik va hayvonlarning ayrim turlari xarakterlidir. Biroq, shunday o’simlik va hayvon turlari ham borki, ular har qanday ekologik sharoitga ega landshaftlarda o’sadi va yashaydi. Bunday moslanish mazkur turlarning keng tarqalishiga imkon beradi.

O’zbekiston tabiatining biologik va landshaftlar xilma-xilligi milliy boyligimizdir. Bu boylik o’z tarixiy taraqqiyotiga ega va ajdodlarimizdan qarzga olingan ne’matdir. So’ngi yillarda qishloq xo’jaligi va sanoat hamda urbanizatsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida mamlakatimiz tabiatining xilma-xilligiga putur yetkazildi. Bularning hammasi landshaftlarda ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keluvchi salbiy jarayonlarning rivojlanishiga sabab bo’ldi. Qishloq xo’jaligida paxta yakkahokimligi ustuvorligi, irrigatsiya maqsadida tashqi salbiy ta’sirlarga monand cho’l landshaftlarining keng miqiyosida o’zlashtirilishi- Orol dengizi ekologik falokatiga, Janubiy, Markaziy va Shimoli-g’arbiy mintaqalardagi landshaftlarning ikkilamchi sho’rlanishiga, tabiiy suv landshaftlarining o’zgarishiga, sun’iy tashlama suv havzalari tarmoqlarining hosil bo’lishiga, atrof-muhitning zararli va zaharli defoliantlar hamda pestitsidlar bilan zaharlanishiga olib keldi. Bu omillar cho’l landshaftlaridagi noyob va betakror cho’l biologik majmualarining yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’ldi. Masalan, Farg’ona cho’li tekislik daryolari o’zanlaridagi to’qayzorlar, Amudaryo deltasi va boshq. Bunday jarayonlarning respublikadagi sanitariya-epidemiologiya va parazitologiya holatlari keskinlashuviga, shuningdek tabiiy landshaftlardagi umumiqlimiy o’zgarishlarga ta’sir qilayapti. Zamonaviy uskuna, texnika va texnologiyalari ta’minotisiz yer osti boyliklarini qazib olinishi va uning eksportini jadallashtirish-Ustyurt yassi tekislik landshaftlari va shimoli-g’arbiy Qizilqum landshaftining ekologik tizimlari biologik tanazzulga yuz tutdi. Chirchiq-Ohangaron sanoat majmuasi kimyo va tog’-kon sanoati korxonalarining chiqindilari atmosfera havosi va tuproqlarni ifloslantirib, ta’sirchan tog’ ekologik landshaftiga hamda maxalliy aholi salomatligiga ta’sir qildi.

Cho’l va sahrolardan iborat keng tekisliklar, tog’-dashtlar, o’rmonlar, yaylovlar, to’qayzorlar, suv havzalari, madaniy landshaftlar-bularning barchasi o’ziga xos floristik va faunistik majmualarga ega ekotizimlarni tashkil qiladi. So’ngi yillarda tabiatdan foydalanishning kuchayishi, tabiiy landshaftlarning o’zlashtirilib urbolandshaftlarga aylantirilishi oqibatida mamlakatimizdagi ko’plab o’simlik va hayvon turlarini yashash joylari va sonining qisqarishiga, ba’zilarining butunlay yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’ldi. Ayniqsa ov ahamiyatiga ega yirik qushlar va sutemizuvchilar, shuningdek antropogen o’zlashtirilayotgan, tashqi ta’sirga chidamsiz ekotizimlarning tarqalishi cheklangan va endemik turlar xavf ostiga qoldi. Jumladan, turon yo’lbarsi, gepard, turkman quloni, Orol sulaymon balig’i kabi hayvonlar umuman yo’qolib ketdi. Qoplon, sirtlon, to’xta tuvaloq, Sirdaryo va Amudaryo kichik va katta kurakburunlari, Orol bahrisi kabilari-yo’q bo’lib ketish arafasida turibdi. Hozirda ko’plab o’simlik va hayvon turlari uzluksiz kamayib bormoqda. Bularning barchasiga sabab-tabiiy landshaftlarning urbolandshaftlarga aylantirilishi, xo’jalik maqsadlarida o’zlashtirilishi, atrof-muhitning ifloslanishi, biologik resurslardan me’yorsiz foydalanishdir. O’zbekistonda qishloq xo’jaligining asosini sug’orma dehqonchilik tashkil etadi. So’ngi paytlarda sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida Mirzacho’l, Jizzax, Qarshi va Surxon-Sherobod cho’l landshaftlari, Farg’ona vodiysining markaziy qismi, Tyonshon va Pomir-Oloy tizmalarining g’arbiy etaklaridagi adirlar o’zlashtirildi. Oqibatda bunday o’zgarishga moslasholmay qolgan cho’l o’simlik va hayvonlari soni keskin kamayib ketdi. Urbolandshaftlarda istiqomat qiluvchi aholi ehtiyojlarining ortishi qishloq xo’jaligini rivojlantirishga sabab bo’ldi. Qishloq xo’jaligini suv bilan ta’minlash uchun daryo o’zanlarida o’zgarishlar bo’ldi, to’qayzorlar kesib tashlandi. Oqibatda hayoti to’qay bilan bog’liq o’simliklar va hayvonlar kamayib ketdi. Urbo va suburbolandshaftlarning paydo bo’lishi iqtisodiy o’sish bilan aloqador. Iqtisodiy o’sishga erishish, suvdan ko’p foydalanish bilan bog’liq. Suvdan ko’p foydalanish Orol dengizi suv sathining pasayishi, suvning o’ta sho’rlanishi, 70 ga yaqin baliqlar, qisqichbaqa va molluskalarning ko’plab endemik turlari qirilib ketishiga sabab bo’ldi. Tog’-kon sanoatining rivojlanishi, daraxt va butalarning kesilishi, yaylovlarda ko’p mol boqish natijasida tog’, adir va yaylov landshaftlari o’zgarib, turlarning yashash joylari yo’qolib ketdi.

Shaharlarning rivojlanishida tabiiy landshaftlarning biotik va abiotik omillari ta’sir ko‘rsatsa-da, urbanizatsiya natijasida turlar genofandi yangilanadi, aholining o’rtacha umri ko’rishi yuksaladi, sinantrop turlar soni ortadi, aholining ekologik savodxonligi oshadi.


Download 0,54 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Download 0,54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III bob. Tabiiy landshaftlarning urbolandshaftlar bilan o’rin almashish oqibatlari (O’zbekiston misolida)

Download 0,54 Mb.