• Davlat tabiat yodgorliklari
  • O‘zbekiston respublikasining muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarining asosiy hududlari




    Download 0,54 Mb.
    bet14/24
    Sana26.06.2021
    Hajmi0,54 Mb.
    #15197
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
    O‘zbekiston respublikasining muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarining asosiy hududlari

    t/r

    Rasmiy nomi,

    tashkil etilgan yili

    Joylashgan manzili

    Maydoni km2

    I

    II

    III

    IV

    1.

    Chotqol tog‘-o‘rmon

    biosfera qo‘riqxonasi

    (1947 y)


    Toshkent viloyati,

    Ohangaron va Toshkent tumanlari


    451,6


    I

    II

    III

    IV

    2.

    Hisor tog‘-archa (1983 y )

    Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ va SHaxrisabz tumanlari

    814,3


    3.

    Zomin tog‘-archa (1926,1960y )

    Jizzax viloyati Zomin va Baxmal tumanlari

    268,4


    4.

    Baday-to‘qay tekistlik- to‘qay (1971 y )

    Qoraqalpog‘iston respublikasi, Beruniy tumani

    64,6


    5.

    Qizilqum to‘qay-qum

    (1971 y)


    Buxoro Romitan tumani, Xorazm , Do‘stlik tumani

    101,4


    6.

    Zarafshon vodiy-to‘qay

    (1971 y)


    Samarqand viloyati Bulung‘ur va Jomboy tumani

    23,5


    7.

    Nurato Biosfera qo‘riqxonasi (1975 y )

    Jizzax viloyati Forish tumani

    177,5


    8.

    Kitob geologiya qo‘riqxonasi(1971)

    Qashqadaryo viloyati Kitob tumani

    53,7


    9.

    Surxon tog‘-o‘rmon (1987 )

    Surxandaryo viloyati Termiz va Sherobod tumani

    276,7

    O‘zbekistonda turli darajada muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning umumiy maydoni 20,6 ming km2

    3-jadval


    Davlat milliy parklari

    t/r

    Rasmiy nomi,

    tashkil etilgan yili

    Joylashgan manzili

    Maydoni km2

    1.

    Zomin xalq parki (1976)

    Jizzax, Zomin tumani

    241,1

    2.

    Ugom –Chotqol tabiiy milliy parki (1990)

    Toshkent viloyati Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumani

    5745,9

    4-jadval


    Davlat zakazniklari

    t/r

    Rasmiy nomi,

    tashkil etilgan yili

    Joylashgan manzili

    Maydoni km2


    1.

    Arnasoy (1983 )

    Jizzax viloyati

    663,0

    2.

    Qorako‘l (1980)

    Buxoro viloyati

    100,0

    3.

    Sayg‘oq (1991)

    Qoraqalpog‘iston respublikasi

    10000,0

    4.

    Sudochi (1991)

    Qoraqalpog‘iston respublikasi

    5000,0

    5.

    Sarmish (1991)

    Navoiy viloyati

    25,2

    6.

    Qoraqir

    Buxoro viloyati

    300,0

    7.

    Qarnob cho‘l

    Samarqand viloyati

    400,0

    8.

    Qo‘shrabot

    Samarqand viloyati

    165,0

    9.

    Dengiz ko‘l

    Buxoro viloyati

    86,0

    5-jadval


    Davlat tabiat yodgorliklari

    t/r

    Rasmiy nomi,

    tashkil etilgan yili

    Joylashgan manzili

    Maydoni km2


    1.

    Vardanze (1975-1983)

    Buxoro viloyati

    3,0

    2.

    Yozyovon (1991)

    Farg‘ona va Namangan viloyati

    31,8

    Hozirgi paytda muhofaza qilinadigan hududlar tizimi tarkibiga umumiy maydoni 2164 km2 9 ta davlat qo‘riqxonasi, maydoni 6061 km2 bo‘lgan 2 ta milliy park, maydoni 12186,5 km2bo‘lgan 9 ta davlat zakazniklari, 1ta respublika noyob hayvonlarni ko‘paytirish markazi kiradi. Lekin muhofaza qilinadigan hudularning faqatgina 1,8 % zi uzoq muddatli hisoblanadi. Bu albatta etarli emas.

    Qo‘riqxonalar mamlakatning muhofaza qilinadigan hududlari tizimini 10%ini tashkil qiladi.

    Milliy parklar yaqin yillarda tashkil qilingan,1976 yilda Ugom-Chotqol milliy parkini tashkil qilish bilan Milliy parklar muhofaza qilinayotgan jami hududning 30%ini tashkil qiladi. Davlat zakazniklari muhofaza hududlarini 39%ini tashkil qiladi. Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimi O‘zbekiston viloyatlari va tabiiy ekologik zonalar bo‘yicha nihoyatda notekis joylashgan. Ularning asosiy qismi Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, muxofaza qilinadigan tabiiy hududlar mintaqalarning umumiy rivojlanish strategiyasining elementiga aylanmagan. Ularning umumiy maydoni normativlardan 3-6 marta kamdir. Ma’lumki, biosferaning o‘z-o‘zini tiklash va takror ishlab chiqarish xossalarini saqlab qolish uchun mamlakatlar hududining 10% dan 25%gacha muhofaza qilinadigan hududlarga aylantirish kerak.

    XXI asrda muhofaza qilinadigan hududlarni rivojlantirish falsafasi xalqaro tabiatni muhofaza qilish uyushmasining tavsiyalariga ko‘ra ekologik barqaror yo‘laklarni barpo etishga, bioxilma-xixxikni saqlab qolishga asoslanishi lozim. SHunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarning ilmiy asoslangan tizimini barpo etish eng muhim ekologik-iqtisodiy vazifalardan biri hisoblanadi.

    Qo‘riqxonalar-bu tabiat etaloni bo‘lib tabiatni muhofaza qilishda bir qancha vazifalarni amalga oshiradi. Qo‘riqxonalar tashkil etish orqali ma’lum bir joy yoki geografik zona tabiatning barcha majmualari bilan birga namunasi tabiiy holicha kelajak avlod uchun saqlab qolinadi.

    Qo‘riqxona-bu tabiatning tarkibiy qismi sifatida tabiat majmualari yaxshi saqlangan maydonlar hisoblanib, unda tabiiy-hududiy majmualarning rivojlanish qonuniyatlari, o‘zaro aloqasini, organizm bilan muhit o‘rtasidagi munosabatlarni ilmiy jihatdan o‘rganiladigan tabiiy laboratoriyadir. Bu tabiiy laboratoriyada olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasi, insonning xo‘jalik faoliyati tufayli o‘zlashtirilgan qo‘shni hududda sodir bo‘lgan va ijobiy o‘zgarishlarga taqqoslanib, ilmiy tavsiyalar beriladi.

    Qo‘riqxonalar soni va turi kamayib borayotgan o‘simlik va hayvonlarni qo‘riqlash va ko‘paytirishda juda muhim rol o‘ynaydi. Qo‘riqxonalar tufayli noyob hayvon yoki o‘simlik ko‘paytirib, boshqa joylarga tarqatiladi. Bunga Badxiz qo‘rikxonasida ko‘paytirilgan quyonlarni Turkmaniston hududiga qo‘yib yuborilishi yaqqol misoldir.

    Qo‘riqxonalar yovvoyi hayvonlarni saqlash ularni ko‘paytirishda ham ahamiyatlidir. Qo‘riqxonada turli hayvonlar muhofaza ostiga olingach bugungi kunga kelib, shunchalik ko‘payar ediki, uni ov qilishga ham ruxsat etish mumkin bo‘lardi. Qo‘riqxonalar tabiatning ajoyib, qiziqarli, noyob joylarini (g‘or, qoya, jar, ochilib qolgan jins, sharshara, geyzer, buloq, nurash tufayli vujudga kelgan rel’ef shakllari va boshqalar) tabiiy holicha saqlab qolishda juda muhim vazifani bajaradi. Qo‘riqxonalarning madaniy-oqartuv va estetik jihatdan ahamiyati katta. Qo‘riqxonalar orqali tabiatning ajoyib joylari keng omma orasida namoyon etiladi va tabiatni muhofaza qilish zarurligi targ‘ibot qilinadi. Qo‘riqxona uchun ajratilgan joylar ajoyib tabiiy manzarasining ko‘rkamligi bilan kishilarni xordiq chiqarib madaniy dam oladigan joy, ularga estetik zavq beradigan ob’ekti sifatida ham ahamiyatlidir. Qo‘riqxonalar muhofaza qilinadigan ob’ektning harakteriga ko‘ra majmuali va maxsus qo‘riqxonalarga ajratiladi. Biror hududdagi tabiiy-hududiy majmualar to‘liq butunlay muhofaza qilinsa, uni majmuali qo‘rikxona deb aytiladi. O‘zbekistondagi qo‘riqxonalarning ko‘pchiligi shunday qo‘riqxonalardir. O‘zbekiston hududida to‘qay, cho‘l, tog‘ landshaftini muhofaza qilish va u yerdagi tabiat komponentlarini, xususan o‘simlik va hayvonlarning hayotini chuqur o‘rganish hamda ko‘paytirish maqsadida qo‘riqxonalar tashkil etilgan.

    Landshaftlarni muhofaza qilishda yana milliy (xalq) parklarni, buyurtmaxona (zakaznik) lar va tabiat yodgorliklarning ham ahamiyati kattadir.

    O‘zbekistonda hozircha Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy yon bag‘rida joylashgan Zomin xalq parki (1977 yil) mavjud. Uning maydoni 47,7 ming ga bo‘lib, dengiz sathidan 1000-4030 metr balandlikda joylashgan. Bu xalq parkida mehnatkashlarning dam olishi, sport mashg‘ulotlari va turizm bilan shug‘ullanishlari uchun qulay sharoitlar yaratilishidan tashqari, tog‘ landshafti va u yerdagi organizmlar, o‘tloqlar, hayvonlar, tabiatning ajoyib ob’ektlari muhofazaga olingan.

    Landshaftlarni muhofaza qilishda buyurtmaxona (zakaznik) lar ham ishtirok etadi. Buyurtmalar hududida tabiat komponentlarining bir qismi (o‘simlik, hayvon, parranda yoki tabiatning ajoyib qismi va boshqa) qo‘riqlanadi. Buyurtmaxonalar doimiy va vaqtinchalik bo‘ladi. Buyurtmaxonalarni asosiy vazifasi noyob hayvon, parranda yoki o‘simlik turlarini yoki tabiatni ajoyib joylarni yo‘q bo‘lib ketishidan asraydi, hayvon va o‘simliklarini ko‘payishi uchun sharoit yaratadi.

    Landshaftlarning ajoyib, diqqatga sazovor unsurlarini saqlab qolishda tabiat yodgorliklarning ahamiyati juda katta. Ilmiy, madaniy va tarixiy jihatidan qimmatli, ajoyib, noyob tabiat ob’ektlarini muhofaza qilib, saqlab qolish uchun ancha katta maydonni egallovchi qo‘riqxonalar, zakazniklar barpo etish shart emas. Ularni maydoni juda kichik bo‘lgan «tabiat yodgorliklari» sifatida saqlab qolib, muhofaza qilish mumkin. Bu birinchidan tez amalga oshiriladi, ikkinchidan kichik joy bo‘lganligidan katta mablag‘ sarflashni talab etmaydi.

    Tabiat yodgorliklari deganda, biz g‘orlarni, kanonlarni, sharsharalarni, ajoyib buloq va geyzerlarni, daralarni, jarlik joylarni, qoyali rel’ef shakllarini, ochilib qolgan yotqiziqlarni, ayrim noyob va qimmatli daraxtlarni, toshqotgan hayvonlarni, tarixiy obidalarni va boshqa tabiatning ajoyib ob’ektlarini tushunamiz. Tabiat yodgorliklarini saqlash va muhofaza qilishning ilmiy, tarixiy, madaniy-estetik va vatanparvarlik ahamiyati katta.

    O‘zbekistonda mingga yaqin tabiat yodgorliklari mavjud. Lekin ularning ko‘pchiligi hisobga olinmasligi oqibatida holati yomonlashib bormoqda. Shu sababli zudlik bilan har bir qishloq, rayon, viloyat hududida mavjud bo‘lgan tabiiy yodgorliklarni nazorat ostiga olish zarurdir. Tabiat yodgorliklari xususiyatlariga qarab geologiya, paleontologiya, landshaft, arxeologik va botanik yodgorliklarga bo‘linishi mumkin.

    Landshaft yodgorliklari juda ko‘p bo‘lib unga ajoyib qoyalar, sharsharalar, daralar, qiziqarli jarlar va boshqalar kiradi. Landshaft yodgorliklariga Ilono‘tti darasi, Arslonbobdagi katta sharshara, Surxondaryodagi Kalif -Sherobod marzasi, Katta va Kichik Chilan soyligi, Oqtosh soyligi, Sangzor darasi, Shovvachi va boshqalar kiradi.

    Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (qo‘riqxonalar, tabiiy va milliy bog‘lar, buyurtmaxonalar, tabiat yodgorliklari) Barqaror taraqqiyoti uchun tabiatni muhofaza qilish va biologik xilma-xillik resurslarini saqlab qolish katta ahamiyatga ega bo‘lganligi tufayli O‘zbekiston Respublikasi 1995 yilda Xalqarobiologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyaga(CBD, Rio-de-Janeyro) qo‘shildi. 1998 yilda hukumat tomonidan O‘zbekiston Respublikasida Biologik xilma-xillikni saqlab kolish bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasining tasdiqlanishi bioxilma-xillikni saqlab qolish yo‘lidagi birinchi qadam bo‘ldi. Bu strategiyaning asosiy vazifalaridan biri mamlakat umumiy maydonining 10%gacha qismini qamrab oluvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barqaror tizimini tashkil qilish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida bioxilma-xillikni muhofaza qilish aynan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda to‘laqonli amalga oshirilmoqda.

    Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tashkil qilish, muhofaza etish va foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi hukumat, joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek maxsus vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Xalqaro darajada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimining taraqqiyoti Umumjahon tabiatni muhofaza etish uyushmasi, xususan, Umumjahon muhofaza etiladigan tabiiy hududlar komissiyasi (WCPA) tomonidan muvofiqlashtiriladi. Biroq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar butligi va samarali menejmentini davlat miqyosida ta’minlash muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarishning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi.

    Muhofaza etiladigan hudud – bu biologik xilma-xillikni hamda tabiiy resurslar va ular bilan bog‘liq madaniyat elementlarini saqlab qolish uchun mo‘ljallangan.

    O‘zbekiston Respublikasi tomonidan Bonn Konvensiyasi (CMS, Bonn, 1998), Ramsar Konvensiyasi (Ramsar, Convention on Wetland), Yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo qilish to‘g‘risidagi Konvensiya (CITES, Vashington, 1997), yaqin va uzoq xorij davlatlar bilan tabiatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha xalqaro bitimlar imzolangan.

    1972 yilda YUNESKO tomonidan «Umumjahon madaniy va tabiiy merosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Konvensiya qabul qilindi, unda birinchi marta jahon xalqlarining «Umumjahon merosi»ni tashkil qiladigan universal qadriyatga ega bo‘lgan ba’zi tabiiy va madaniy boyliklarni himoya qilish va saqlash mas’uliyati belgilab berildi. 1975 yilda ushbu konvensiyani 21 davlat ratifikatsiya qildi, hozirgi paytda konvensiya tomonlariga aylangan davlatlar umumiy soni 180 ga etdi. O‘zbekiston Respublikasi bu konvensiyaga 13.01.93 yilda qo‘shildi. «Umumjahon merosi» ro‘yxatiga taqdim etilgan ob’ekt madaniyat yoki tabiat boyligi merosi, madaniy landshaft bo‘lishi mumkin. Tabiat boyliklari – bu yuksak estetik yoki ilmiy qadriyatga ega bo‘lgan tabiiy (jismoniy yoki biologik) tuzilmadir.

    O‘zbekiston bo‘yicha «Umumjahon merosi» ro‘yxatiga 4 ta (madaniy, tarixiy) ob’ekt kiritilgan: bular Xivadagi Ichan qal’a (1990), Buxoro (1993) va SHaxrisabzning tarixiy markazlari (2000),Samarqand – madaniyatlar chorrahasi (2001). Hozirgi paytda Davlat biologik nazorati (Davbionazorat) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining tabiat boyliklari merosi dastlabki ro‘yxati tayyorlandi hamda Umumjahon merosi» qo‘mitasiga taqdim etildi. «Umumjahon merosi» ro‘yxatiga 6 ta (tabiiy) ob’ekt: Tog‘li Hisor, CHotqol biosfera qo‘riqxonasi, Zomin tog‘lari (Zomin qo‘riqxonasi va Zomin milliy bog‘i), SHohimardon, Boysun tumani (qo‘shma sayt) va Sarmishsoy (qo‘shma sayt) kiritildi.

    Ob’ektning mazkur ro‘yxatga rasman kiritilishi uning xalqaro nufuzini oshirib, keyinchalik uni saqlab qolish bo‘yicha dolzarb masalalarni hal qilish uchun mablag‘ olish imkonini beradi. Ob’ekt rasmiy sertifikat oladi va o‘z nomi, chegara va axborot nashrlari va hokazolarda mazkur rasmiy nishonni joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

    Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq joylari to‘g‘risidagi Konvensiya (Ramsar konvensiyasi) 1971 yilda Ramsar (Eron) shahrida imzolandi. Uning asosiy maqsadi suv-botqoq joylari (ko‘llar, daryo vodiylari, botqoqlashgan hududlar, dengiz qo‘ltiqlari) va suvda suzuvchi qushlarni aniqlash va saqlab qolishdan iborat.

    O‘zbekiston Respublikasi 2001 yilda Ramsar konvensiyasiga qo‘shildi. O‘zbekiston hududida suvda suzuvchi va suv atrofida yashaydigan qushlar to‘planadigan joylar sifatida juda muhim, suv organizmlari katta zahirasiga ega, muhofaza qilinishi va to‘g‘ri barqaror foydalanilishini talab qiladigan taxminan 10 ta suv havzasi (asosiylari – Dengizko‘l, Sudoche, Arnasoy, To‘dako‘l, Achin ko‘loblari, Qoraqir) mavjud. Ro‘yxatga xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq joylari, masalan, Dengizko‘l kiritilgan. Hozirgi paytda ro‘yxatga kiritishga nomzod sifatida Sudoche ko‘lini kiritish rejalashtirilgan. Avvalgi qonunchilik asosi tabiatni muhofaza qilish hududiy shaklining ivojlanishini etarlicha ta’minlamas edi. Yangi qonun qabul qilinishi bilan uni yangilash va takomillashtirish rejalashtirilgan.

    Respublikada muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yaxlit bir tizimdan iborat bo‘ladi, u oxir-oqibat bioxilma-xillikni uzoq vaqt saqlab qolishni ta’minlovchi uzluksiz ekologik zanjirga aylanadi. 2004 yil dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan yangi «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi, u muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi. Ushbu qonunga muvofiq muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ularning maqsad va tartiblaridan kelib chiqib, quyidagi toifalarga bo‘linadi:

    1).Davlat qo‘riqxonalari;

    2).Majmua (landshaft) buyurtmaxonalari;

    3).Tabiiy bog‘lar (milliy bog‘lar, mahalliy milliy bog‘lar);

    4).Davlat tabiat yodgorliklari;

    5).Alohida tabiat ob’ektlari va komplekslarini muhofaza qilish, qayta tashkil qilish va tiklash uchun hududlar (buyurtmaxonalar, tabiiy pitomniklar, baliq xo‘jaligi zonalari);

    6).Muhofaza etiladigan landshaftlar (kurort zonalari, rekreaksion zonalar, suvni muhofaza qilish zonalari, sohilbo‘yi polosalari, suv ob’ektlarini sanitar muhofaza qilish zonalari, er usti va er osti suvlarining shakllanish zonalari);

    7).Alohida tabiiy resurslarni boshqarish uchun hududlar (o‘rmon xo‘jaliklari, ovchilik xo‘jaliklari);

    Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar (METH) yangi klassifikatsiyasi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining tavsiyalarini hisobga oladi va iqtisodiy hamda ekologik manfaatlar birligini ta’minlovchi qo‘riqlanadigan hududlar turli rejimlari yagona ekologik tizimini yaratish imkonini beradi. «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi Qonunda «Biologik xilma-xillik to‘g‘risida»gi, «Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlarini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi, «Asosan suvda suzuvchi qushlar yashash joylari sifatida xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq joylar to‘g‘risida»gi va yana bir qator konvensiyalar bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlarini amalga oshirish bo‘yicha yo‘nalish kuchaytirildi.

    Yangi qonunning asosiy farq qilish belgilariga quyidagilar kiradi:

    -Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xalqaro klassifikatsiyalanishi;

    -Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga fuqarolar kirishlarining asosiy shartlari belgilangan;

    -Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat, notijorat tashkilotlari va fuqarolarning muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilishni va foydalanishni tashkil etishda ishtirok etishlarining qoidalari ko‘zda tutilgan;

    -Muhofaza etiladigan tabiiy hudud pasporti va boshqarish rejasi to‘g‘risida talablarni kiritish;

    -Majmua (landshaft) buyurtmaxonalari alohida I b kategoriyasiga kiritilgan, qonunchilikda bu avval bo‘lmagan;

    -Ikki turdagi tabiiy bog‘larni yaratish mumkinligi ko‘zda tutilgan: respublika ahamiyatidagi milliy tabiiy bog‘lar va mahalliy ahamiyatdagi tabiiy bog‘lar hamda xususiy buyurtmaxonalar va tabiat pitomniklari;

    -Tabiat davlat yodgorliklari klassifikatsiyasi kiritildi;

    -Tabiat pitomniklarini, o‘rmonlarni himoyalash ma’lum kategoriyalari bilan hududlarni va ovchilik xo‘jaliklarining tan olinishi;

    -Davlat biosfera rezervatlari tushunchasining kiritilishi;

    -Davlatlararo muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratish mumkinligi ko‘zda tutilgan;

    Mazkur yangiliklar shu bilan ham izohlanadiki, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarlarni tashkil qilish, muhofaza qilish va foydalanish masalalari faqat muhofaza etiladigan tabiiy hududda yashovchi aholining hayotiy manfaatlari bilangina emas, balki mamlakat barcha fuqarolarining rekreatsion, madaniy, sog‘lomlashtirish va ma’rifiy manfaatlari bilan bog‘liqdir. SHuning uchun fuqarolarning METH alohida kategoriyalariga kirishlarining shartlari hamda ularni muhofaza qilish maqsadida bunday kirishni chegaralash ko‘zda tutilgan. Majmua (landshaft) buyurtmaxonalari, resurslarni boshqarish maqsadida METH uchun muhofaza qilishning yangi kategoriyalari va turlari kiritildi. Bu kategoriyalar METH ob’ektlari va komplekslari vazifalariga fuqarolar va mana shu hududlarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar manfaatlariga javob beradigan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning turlarini yaratishga imkon beradi. Bu muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini bir muncha oshirishga va mana shu ko‘rsatkich bo‘yicha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni mazkur institut mavjud bo‘lgan rivojlangan ilg‘or mamlakatlar ko‘rsatkichlariga yaqinlashtirish imkonini beradi.

    Davlat biosfera rezervati tushunchasini kiritilishi alohida ahamiyatga ega. Davlat biosfera rezervati umumdavlat ahamiyatiga molik er usti va suvli ekologik tizimga yoki ularning kombinatsiyasiga ega bo‘lgan, biologik xilma-xillikni saqlab qolish, barqaror tabiatdan foydalanish va ijtimoiy qtisodiy rivojlantirish, tegishli madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun mo‘ljallangan muhofaza etiladigan tabiiy hudud hisoblanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni moliyaviy ta’minlash to‘g‘risida me’yorlar ham belgilangan.Bunday tabiat hududlarining ba’zi toifalarni qisman o‘zini-o‘zi moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan, bu ekologik turizm, rekreatsiya tashkil etish, tabiat resurslaridan foydalanishga ruxsatnoma berishdan tushgan foyda hisobiga amalga oshiriladi.

    «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, birinchi bor xususiy buyurtmaxonalar va parvarishxonalar yaratish mumkinligi qonuniy ta’minlandi. Bu muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni xususiylashtirishni anglatmaydi. Yer maydonlari va boshqa tabiat ob’ektlari yuridik va jismoniy shaxslarga faqat foydalanishga beriladi. Bu nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar mablag‘larini jalb etishga imkon beradi, shu jumladan tabiat ob’ektlari va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash, qayta tiklash va qayta ishlab chiqarishni ta’minlash uchun turli milliy va chet ellik tabiatni muhofaza qilish tashkilotlarini jalb etishga yordam beradi. O‘zbekiston Respublikasida hozir ikkita xususiy pitomnik tashkil etildi: Buxoro viloyatida (Peshku tumani) yo‘rg‘a tuvaloqni ko‘paytirish bo‘yicha «Emirates Birds Breeding» MCHJ pitomnigi (2007 y.);

    Navoiy viloyatida (Karmana) yo‘rg‘a-tuvaloqni ko‘paytirish bo‘yicha «Emirates Centre for Conservation of Houbara» MCHJ pitomnigi (2008 y.).

    «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilingandan keyin ko‘p sonli ob’ektlarga - o‘rmon xo‘jalik korxonalari va ovchilik xo‘jaliklariga muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maqomi berilmoqda. Bu bioxilma-xillikni muhofaza qilishning hududiy jihatdan qamrab olingan maydonlarni ancha ko‘paytirish imkonini beradi. Qo‘riqxonalar to‘rtta turli idoraga bo‘ysungani tufayli «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi haqidagi Nizomga muvofiq Davbionazorat davlat qo‘riqxonalarida tabiatni muhofaza qilish qonunlariga rioya etilishini nazorat qilishi mumkin, xolos. Bunday tekshiruvlar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashkil etilganidan keyin darhol boshlandi, keyinchalik muntazam o‘tkazib turildi va so‘nggisi 2002 yilda amalga oshirildi. Ularning barchasida jiddiy qonunbuzarliklarni aniqlab, davlat qo‘riqxonalarini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimiga berish zaruratini tasdiqladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashkil etilishining maqsadlaridan biri davlat qo‘riqxonalarini boshqarish bo‘yicha yagona organ tuzish edi. Hukumatning O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashkil etish haqidagi qarorida (05.04.1988 yil 134-sonli) barcha davlat qo‘riqxonalarini uning tizimiga berish vazifasi belgilangan edi. Lekin keyinchalik bu qaror bekor qilindi. Davlat bionazorat (Gosbiokontrol) O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ixtiyorida bo‘lgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlar-Hisor davlat qo‘riqxonasi va «Jayron» ekomarkazi faoliyati ustidan uslubiy rahbarlik va nazoratni amalga oshiradi.

    Hozirgi davrda fan-texnika taraqqiyoti davrida inson tabiat boyliklarini jumladan o‘simlik va hayvonot olamining ham kamayib borishini oldini olish kerakligini tushunib etdi. Bu borada dunyo miqyosida o‘simliklar olamining holatiga nazar tashlaganda yovvoyi o‘simliklar florasi va hayvonot olamining faunasi kamayib borayotganligining guvohi bo‘lamiz.

    Chet ellik muttaxassis olimlarning ma’lumotlariga qaraganda bugungi kunga kelib, quruqlikda tarqalgan o‘simliklarning 150 ming turi tarqalish areali qisqarayotganligi aniqlangan va ularning 1/3 qismi ya’ni 50 ming turi tabiatdan yo‘qolishi mumkin. Mo‘‘tadil iqlim zonasida o‘suvchi 85 ming turdan 45 ming tur yo‘qolishi xavfi borligi ko‘rsatilmoqda. Fan-texnika taraqqiyoti gurkirab o‘sgan sari himoya qilish zarur bo‘lgan hududlarga talab oshib boradi.

    Bunday joylardagi tirik mavjudodlar genofond sifatida saqlash muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun ham, muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nodir turlarning landshaftlarini saqlab qolish uchun alohida muhofaza qilinadigan hududlar alohida ahamiyat kasb etadi. Ular ham biosferani ma’lum qismi sifatida uning tabiiy holatini saqlab qolish zarur.




    Download 0,54 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




    Download 0,54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasining muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarining asosiy hududlari

    Download 0,54 Mb.