«Jayron» ekomarkazi noyob va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi hayvon turlarini saqlab qolish va ko‘paytirishga ixtisoslashgan jahon miqyosida o‘ziga xos bo‘lgan ob’ekt hisoblanadi. 1977 yilda tashkil etilganida ekomarkaz «Buxoro jayronlarni ko‘paytirishga ixtisoslashgan pitomnik» deb nomlanardi va unda 42 ta jayron, 4 ta qulon va sayg‘oqlar boqilardi. Keyinchalik unda Xalqaro va Milliy Qizil kitoblarga kiritilgan xongul (buxoro bug‘usi), gepard, yo‘rg‘a-tuvaloq ham boqildi. Pitomnikning oldiga jayronlarni ko‘paytirish, ular biologiyasini o‘rganish va populyasiyasi resurslaridan oqilona foydalanish vazifasi qo‘yildi. Keyinchalik ijobiy natijalar olinganidan keyin pitomnik boshqa noyob turlar – qulon, Prjevalskiy oti, yo‘rg‘a-tuvaloqni ko‘paytirish bilan shug‘ullandi, bu erda sayg‘oqlar podasi ham bor edi. Faoliyatini kengaytirish va hayvonlarni ko‘paytirish sohasidagi muvaffaqiyatlari tufayli 26.12.98 yilda Vazirlar Kengashining farmoyishi bilan pitomnik «Jayron» ekomarkaziga aylantirildi.
Ekomarkaz maydoni 7153 ga bo‘lib, shundan 5145 ga brakonerlar va yirtqichlardan himoyalanish uchun metall to‘siq bilan to‘silgan. Pitomnikda tutqunlik sharoitida hayvonlarni o‘rganish va zarurat tug‘ilganida hayvonlar bolalarini qo‘lda ovqatlantirish imkonini beradigan volerlar tizimi qurilgan. Hozirgi paytda 2007 yildagi hisobga ko‘ra jayronlar miqdori 549 bosh, Prjevalskiy otlari 35 boshgacha, O‘zbekiston tabiatida yo‘qolib ketgan qulonlar 55 boshgacha etgan. Jayronni volerda ko‘paytirish sohasidagi ishlar eng muvaffaqiyatli ketmoqda. Ekomarkaz faoliyat yuritgan vaqt davomida tutqunlikda ko‘paytirilgan hayvonlarning 30 ta avlodini olishga muvaffaq bo‘lindi. Bunda hayvonot bog‘lari va xususiy kolleksiyalarga 200 dan ortiq jayron, 5 ta Prjevalskiy oti sotilgan, 822 bosh jayron tarqatilgan, ovchilik mahsuloti (jayron) 128 boshni tashkil qildi. Ekomarkazda bajarilayotgan tadqiqotlar natijalari ilmiy va davriy matbuotda, shuningdek ko‘p sonli respublika va xorijiy nashrlarda chop etilgan, majlis va kongresslarda ma’ruza tariqasida taqdim qilingan. Ekomarkaz bo‘yicha ilmiy biblio grafiya maqolalari 200 taga etib qoldi. Ekomarkaz xodimlari bilan birga Rossiya, Fransiya, AQSH va boshqa mamlakatlarning mutaxassislari tomonidan noyob ilmiy ishlar o‘tkazildi. Ekomarkazning ilmiy hisobotlari Fanlar Akademiyasida taqrizdan o‘tadi va Davbionazoratda saqlanadi. Har yili Prjevalskiy oti populyasiyasining holati haqidagi axborot Xalqaro otlar nasli kitobini yuritish uchun Xalqaro Prjevalskiy oti fondiga jo‘natiladi. Buxorodagi Prjevalskiy oti populyasiyasi soni va ko‘paytirish salohiyati bo‘yicha jahondagi beshlikka kiradi. Ekomarkazda hayvonlar bosh suyaklarining noyob
to‘plami mavjud. 2007 yilda unda 937 nusxa, shundan jayronlar bosh suyagi 918 nusxa mavjud edi. Kolleksiya materialining qadrliligi shubhasiz, to‘plam O‘zbekiston ilmiy va madaniy fondlar milliy ro‘yxatiga kiritilgan. Hozirgi paytda Ekomarkaz jayron, qulon, Prjevalskiy oti, Buxoro tog‘li qo‘yini ko‘paytirish bilan shug‘ullanmoqda. 2007 yilda keltirilgan bir juft Buxoro qo‘yidan 2 ta qo‘zichoq tug‘ildi. So‘ngra yana 2 ta Buxoro qo‘yi qo‘zichog‘i va 1 ta morxo‘r uloqchasi keltirildi. Joriy paytdagi umumiy soni 6 bosh Buxoro qo‘yi va 1 ta morxo‘rdan iborat. Maqomi bo‘yicha «Jayron» ekomarkazi ilmiy-ishlab chiqarish tashkiloti hisoblanadi. SHtati 33 kishi, 12 kishidan iborat ilmiy bo‘limi bor. Ilmiy bo‘lim kuchi bilan jayron, qulon, Prjevalskiy oti bo‘yicha monitoring tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari alohida mavzular bo‘yicha qo‘shma ishlanmalar, boshqa tashkilotlarning yakka tartibdagi tadqiqotlari ham mavjud.
Hisor davlat qo‘riqxonasi va «Jayron» ekomarkazi taraqqiyotini yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan Davbionazorati va mazkur muhofaza etiladigan tabiiy hududlar xodimlari bilan birgalikda «2006-2010 yillarga Hisor davlat qo‘riqxonasini rivojlantirish rejasi» va «2006- 2010 yillarda «Jayron» ekomarkazini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-texnik ishlar dasturi» ishlab chiqildi. Davbionazorati xodimlari tomonidan BMTTD loyihasi va Hisor davlat qo‘riqxonasi xodimlari bilan birgalikda «Hisor davlat qo‘riqxonasini boshqarish rejasi» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha qayta ishlash jarayonidadir.
Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazishga alohida e’tibor qaratiladi. SHunday qilib, «Jayron» ekomarkazida 1988 yildan boshlab «Jayronlarni muhofaza qilish, tiklash va xo‘jalikda qo‘llash shakllarini ishlab chiqish» mavzusida ilmiy ish olib borila boshlandi. Keyinchalik «O‘zbekistonda jekning biologik asoslarini va tiklanishini ishlab chiqish», «Gepardni ko‘paytirish va uni tabiatga reintroduksiya qilish usullarini ishlab chiqish» mavzularida tadqiqotlar olib borildi. Bu bilan bir vaqtda «Jayronning sahro o‘simlik qoplamiga ta’siri» mavzusida botanik ishlar bajarildi. Ekomarkazga Prjevalskiy otlari keltirilganida «Prjevalskiy otlarini O‘rta Osiyoning quruq iqlim sharoitiga moslashtirish» mavzusida ilmiy tadqiqotlar boshlandi. Jayron bo‘yicha ishlar davom ettirildi «Jayronlarning pitomnik sharoitida ko‘payish davrida sotsial o‘zini tutishi», «Sahro ekotizimlarida qushlarning qo‘nishi tuzilmasi va mavsumiy dinamikasi» mavzusida qushlar o‘rganildi. Hisor davlat qo‘riqxonasi tashkil etilgan paytdan boshlab «Tabiat solnomasi», fenologik kuzatuvlar muntazam olib boriladi. Qo‘riqxonaning ilmiy xodimlari tomonidan «Hisor tizmasi shimoli g‘arbiy tarmoqlarida noyob va yo‘qolib ketayotgan hayvonlar turlari biologiyasi», «Archali komplekslarda tabiiy tiklanishni o‘rganish», «Noyob va yo‘qolib ketayotgan o‘simlik turlari populyasiyalari, ularning tarqalish qonuniyatlari va genetik bank larni tashkil qilish imkoniyatlari» mavzularida tadqiqotlar olib borilmoqda. .Ulug‘bek nomli O‘zbekiston Milliy Universiteti olimlari tomonidan «Hisor davlat qo‘riqxonasi er usti umurtqasi o‘simliklar hamjamiyati faunasi» ishi bajarildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Zoologiya instituti «Hisor davlat qo‘riqxonasi hayvonot olami inventarizatsiyasi», «Hisor davlat qo‘riqxonasi hayvonot va o‘simliklarining noyob turlari inventarizatsiyasi», «Hisor qo‘riqxonasi asosiy ektomokomplekslari holati va faoliyatining sharhi» mavzularida tadqiqot o‘tkazdi. O‘zbekiston Respublikasi FA «Botanika» IICHM «Hisor davlat qo‘riqxonasi o‘simlik qoplamining geobotanik xaritalashtirish» mavzusida ishlar olib bordi. Qo‘riqxona o‘simliklarining batafsil xaritasi berildi. Qo‘riqxona to‘g‘risida gazetalarda maqolalar chop etildi, hujjatli film suratga olindi. Monitoring va ilmiy ishlar olib borildi. Direktorning fan bo‘yicha o‘rinbosari B.Oromovning 1999 yilda ilvirsni saqlab qolish bo‘yicha Pokistonda, 2001 yilda ekoturizmni rivojlantirish bo‘yicha Germaniyada va 2006 yilda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni boshqarish bo‘yicha AQSHda bo‘lib o‘tgan seminarlarga safari tashkil qilindi. Silovsin, ilvirs, boshqa hayvon turlari biologiyasi bo‘yicha 12 ta maqola chop etildi. Uchta maqola Pokiston, Germaniya va AQShda, qolgani «Trudi zapovednikov Uzbekistana» kitobida e’lon qilindi. Respublika qo‘riqxonalari afsuski yagona tizimni tashkil qilmay, to‘rtta turli idoraga bo‘ysunadi. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ixtiyorida 1 ta – Hisor; Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining o‘rmon xo‘jaligi boshboshqarmasida 6 ta – Baday-to‘qay, Zomin, Zarafshon, Qizilqum, Nurota, Surxon; Davlat geologiya qo‘mitasi ixtiyorida 1 ta – Kitob; Toshkent viloyati hokimligida 1 ta – Chotqol qo‘riqxonalari mavjud. Chotqol biosfera qo‘riqxonasi 2000 yilda xavfsizlik nuqtai nazaridan Toshkent viloyati hokimligiga berildi. Bu erda 1993 yildan beri «Chotqol qo‘riqxonasi tuyoqlilarining populyasion ekologiyasi» mavzusida ilmiy tadqiqotlar o‘tkaziladi, «Tabiat solnomasi» muntazam olib boriladi, hayvonlarning har yillik hisobi yuritiladi. 1995 yilda «Chotqol biosfera qo‘riqxonasida ornitomonitoring» doimiy ilmiy ishi olib borildi. 1996 yilda «O‘zgidromet» markazining gidrobiologiya laboratoriyasi tomonidan «Chotqol qo‘riqxonasidagi Boshqizilsoy havzasi suv oqimlarini ekspeditsiyali gidrobiologik tadqiq qilish haqida» ishlar o‘tkazildi. 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.10.99 yil 469-sonli «1999-2005 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha Milliy harakatlar Dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bioxilma-xillikni saqlash bo‘yich harakatlar rejasi mazkur hujjatga tarkibiy qism sifatida kiritildi. Amaliy jihatdan Markaziy Qizilqum davlat qo‘riqxonasi, Nurota-Qizilqum biosfera rezervati, «Sarmish» milliy bog‘i, «Oqtepa» tabiiy bog‘ini tashkil qilish bo‘yicha ishlar bajarildi. Markaziy Qizilqum qo‘riqxonasi bo‘yicha er tanlandi, tuman va Navoiy viloyati hokimliklarining qarorlari qabul qilindi, 2003 yilda esa qo‘riqxonani tashkil qilish haqidagi qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritildi. O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi erlarni ajratish masalalarida ishtirok etdi.
Milliy Strategiya va Harakatlar Rejasining «Namoyish va nishona loyihalari» bo‘limi GEF mablag‘larini jalb qilish hisobiga Nurota Qizilqum biosfera rezervatini tashkil qilish qismini amalga oshirish boshlandi. Davbionazoratda xona ajratilib, loyiha guruhi jamlandi, vazirliklar va idoralar, shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlari vakillari tarkibidagi loyihaning Muvofiqlashtiruv Kengashi tuzildi. Loyihaning Milliy Koordinatori va Muvofiqlashtiruv Kengashi raisi etib Davbionazorat boshlig‘i tayinlandi. Bo‘lajak biosfera rezervatining loyihaviy hududi 1 mln. ga dan ko‘proqni tashkil qiladi. Loyiha tomonidan biosfera rezervatini tashkil qilish uchun ilmiy va uslubiy baza yaratildi. Bioxilma-xillik holati bo‘yicha butun loyihaviy hudud tadqiq va tahlil etildi. Tadqiqotlar natijalari DAT asosida elektron axborotlar bazasiga aylantirildi. Muvofiqlashtiruv Kengashida biosfera rezervatining hududi va chegaralari ham belgilanib tasdiqlandi. Biosfera rezervatiga foydalanishga beriladigan mutloq muhofaza tartibli birinchi zona erlari bo‘yicha viloyat hokimliklarining erlarni tanlash bo‘yicha qarorlari qabul qilindi. Biosfera rezervatini tashkil etish bo‘yicha loyihatayyorlandi va 2006 yilda Vazirlar Mahkamasiga jo‘natildi. Loyiha hududida Forish tumanining tuman markazi – Yangi qishloqda loyihaning dala ofisi (Tashrif markazi) tashkil qilindi, bu erda loyihani boshqarish amalga oshirildi va tashkil etilgan biosfera rezervatining boshqaruvini joylashtirish rejalashtirildi. Vazirlar Mahkamasining Nurota-Qizilqum biosfera rezervatini tashkil qilish to‘g‘risidagi qarorining qabul qilinishi loyihaviy hududda bioxilma-xillikdan barqaror foydalanish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish va O‘zbekistonning boshqa hududlari uchunbu yo‘nalishda real modellarni berishni tezlashtirish imkonini berar edi. Hozirgi vaqtda loyiha Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining muhofaza etiladigan hududlari tizimini takomillashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan GEF mablag‘larini jalb etgan holda Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari bilan birgalikda Transchegaraviy loyiha amalga oshirildi. Mazkur G‘arbiy Tyan-Shan bioxilma-xilligini saqlab qolish bo‘yicha Markaziy Osiyo Transchegaraviy loyihasining asosiy maqsadi uchta davlat – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning mintaqadagi ta’sirchan va noyob biologik muhitini saqlab qolish bo‘yicha ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, bioxilma-xillikni saqlab qolish sohasidagi milliy siyosat, me’yoriy baza va institutsional taraqqiyotni kuchaytirish va muvofiqlashtirishga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. Loyiha Aksu-Jabagli (Qozog‘iston), Sari-CHelak va Besh-Aral (Qirg‘iziston) hamda CHotqol O‘zbekiston) qo‘riqxonalarini o‘z ichiga olgan G‘arbiy Tyan-SHan mintaqasini qamrab olgandi. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida loyihani amalga oshirish uchun ixtisoslashtirilgan bo‘lim tashkil qilindi. Davbionazorat loyihaga ko‘maklashib, uning ishida tabiatni muhofaza qilish qonunlariga rioya etilishini nazorat qildi. «Sarmish» milliy bog‘ini Navoiy viloyatidagi viloyat ahamiyatga ega bo‘lgan buyurtmaxona negizida tashkil qilish rejalashtirilgan. Hudud sahro pasttog‘liklarini, ularning flora va faunasini muhofaza qiladi. Bu erda 3000 dan ortiq qoyaga tushirilgan rasmlar – petrogliflar mavjud, bu jahon miqyosida ham juda noyob hisoblanadi va turli mamlakatlardan olimlar va shinavandalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Tashkil qilish bo‘yicha barcha hujjatlar tayyorlandi va ekspertlarning xulosalari to‘plandi. Bog‘ Navoiy viloyati hokimligining 21.04.1997 yildagi qarori bilan mahalliy darajada tashkil qilindi. Uning maydoni 5000 ga ni tashkil qiladi va Navoiy viloyati Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi nazorati ostidadir.2005 yilda Surxondaryo viloyati hududida «Oqtepa» tabiiy bog‘i tashkil qilindi. Uni tashkil qilish to‘g‘risidagi 151-sonli qaror 29.08.2005 yilda Surxondaryo viloyati hokimi tomonidan qabul qilindi. Mazkur mahalliy ahamiyatdagi tabiiy bog‘ Oqtepa suv omborining g‘arbiy sohilida 1034 ga maydonda joylashgan. Hudud to‘qay o‘rmoni va qisman qumli sahro bilan qoplangan. Genofondni saqlash va tabiatga reintroduksiya qilish, shuningdek ekoturizm va sayohatlar uyushtirish maqsadida bog‘da yovvoyi noyob tuyoqlilar – xongul, Buxoro qo‘yi, jayron va morxo‘r ko‘paytirish rejalashtirilgan. Davlat qo‘riqxonalari – muhofaza etiladigan tabiiy ududlarning eng qat’iy tartibli turi bo‘lib, muayyan o‘simlik, hayvon turlari va ekotizimlarni himoyalash uchun tashkil qilingan doimiy amal qiladigan muhofaza etiladigan zonalar hisoblanadi. Ularda har qanday xo‘jalik faoliyati taqiqlangan (nazorat etiladigan ilmiy tadqiqotlar bundan mustasno). Ular Xalqaro tabiatni muhofaza qilish uyushmasi (IUCN) muhofaza etiladigan zonalari tasnifining I toifasiga to‘g‘ri keladi. Respublika qo‘riqxonalarida ko‘plab Qizil kitobga kirgan hayvon turlari: xongul, morxo‘r, seversov qo‘yi, ko‘k sug‘ur, Turkiston silovsini, yirik yirtqich qushlar, hasharotlar muhofaza qilinadi.
|